Viktor Igorevich Fayzulin ( 1986-yil 22-aprelda tugʻilgan) — yarim himoyachi sifatida oʻynagan sobiq Rossiyalik futbolchihttps://www.sports.ru/victor-faizullin/.

Faoliyati

Klub Oʻzining tugʻilib oʻsgan shahri Naxodkada joylashgan TYTU bitiruvchisi hisoblanadi, u professional faoliyatini Okean Naxodka jamosida boshlagan. Keyinchalik u SKA-Energiya va Nalchikning Spartak klublarida oʻynagan. 2007-yilning dekabrida u „Zenit“ jamoasi bilan 2010-yilning dekabrigacha shartnoma imzolagan. 2012-yilning fevralida u shartnomasini 2016-yilgacha uzaytirgan. 2017-18-yilgi mavsum oxirida Sankt-Peterburgning „Zenit“ klubi bilan shartnomasi tugagan, u jarohati tufayli 2,5 yil oʻtkazib yuborganidan keyin faoliyatini yakunlaganini eʼlon qilgan.

Xalqaro Rossiyaning oʻsmirlar terma jamoasi(2004) va Olimpiya(2006) terma jamoalariga jalb qilingan. 2007-yildan beri u Rossiya yoshlar terma jamoasida oʻynamoqda. Terma jamoa tarkibida 7 ta oʻyin oʻtkazib, 3 ta gol urgan. Rossiyaning ikkinchi terma jamoasida ham 2 ta oʻyin oʻtkazgan.

2012-yil 15-avgustda u Rossiya terma jamoasi uchun birinchi oʻyinini oʻtkazdi, u Kot-d’Ivuar terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida boshlab, butun oʻyinni oʻtkazgan. 2012-yil 7-sentabrda 2014-yilgi Jahon chempionati saralash turnirida Shimoliy Irlandiya terma jamoasiga qarshi oʻtkazilgan ikkinchi oʻyinda u oʻzining birinchi golini Aleksandr Kerjakovning passidan soʻng kiritigan. Toʻrt kundan soʻng, Isroil terma jamoasiga qarshi bahsda u Rossiya terma jamoasi uchun ikkinchi golini kiritgan va Aleksandr Kerjakovga ham golli uzatma bergan.

Faoliyat statistikasi

Klub right|thumb|350x350px| Fayzulin 2010-yil 2-may kuni Saturnga qarshi mehmonda 0:1 hisobida gʻalaba qozonishdan oldin mashgʻulot oʻyini KlubDivMavsumLigaKubokYevropaJamiOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOkean NakhodkaD320049020—110Jami902000110SKA-Energia KhabarovskD2200417620—196200514100—141200620110—211Jami5183000548Spartak NalchikD1200728300—283Jami2830000283Zenit Saint PetersburgD120082461011136720091602041221201014210502022011-12344211014662012-1324640813672013-1426310903632014-1514010802302015-16500010602016-17000000002017-1800000000Jami1572112156422526Karyerada jami2453217156431837

Xalqaro maydondagi gollar № Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa 1.07.09.2012 „Lokomotiv“ stadioni, Moskva 1 — 0 2-0 2014-yilgi jahon chempionati saralashi 2.11.09.2012 Ramat Gan stadioni, Ramat Gan 4 — 0 4-0 2014-yilgi jahon chempionati saralashi 3.25.03.2013 Stamford Bridj, London 1 — 0 1-1Oʻrtoqlik 4.11.10.2013 Stade Josy Barthel, Lyuksemburg Lyuksemburg 2 — 0 4-0 JCH-2014 saralashi

Karyera mukofotlari

Zenit Sankt-Peterburg

UEFA Superkubogi gʻolibi: 2008-yil UEFA kubogi gʻolibi: 2008-yil Rossiya chempioni (3): 2010, 2012, 2015 Rossiya kubogi sohibi (2): 2010, 2016 Rossiya Superkubogi sohibi (3): 2008, 2011, 2015 Rossiya chempionatining kumush medali sovrindori (2): 2013, 2014 Rossiya chempionatining bronza medali sovrindori (2): 2009, 2016

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Rossiyalik erkak futbolchilar