Frances Elizabeth Bavier (1902-yil 14-dekabr — 1989-yil 6-dekabr) marhum amerikalik sahna va televidenie aktrisasi. Dastavval, New York teatrida, keyinchalik, 1950-yillardan 1970-yillargacha kino va televideniyeda ishlagan. U 1960-yildan 1970-yilgacha The Andy Griffith Show va Mayberry R.F.D filmidagi Bee xola roli bilan mashhur. U 1967-yilda ushbu roli uchun ikkinchi darajali komediya aktrisasi uchun Emmy mukofotiga sazovor boʻlgan. Bavier qoʻshimcha ravishda „Itʼs a Great Life“ (1954—1956) serialida Amy Morgan rolini ijro etishi bilan mashhur boʻlgan.

Yoshligi va faoliyati Bavier New York shahrida Gramercy bogʻidagi jigarrang toshda statsionar muhandis Charles S. Bavier va Mary S. (qizlik familyasi: Birmingham) Bavier oilasida tugʻilgan. U dastlab Columbia universitetida oʻqiganidan keyin oʻqituvchi boʻlishni rejalashtirgan. U dastlab vodevilda paydo boʻladi, keyinroq Broadway sahnalarida rol ijro etishga oʻtadi.

Andy Griffith Show produserlari Bavier bilan muloqot qilishda ehtiyotkorona munosabatda boʻlishardi, chunki u sal narsaga xafa boʻladigan koʻngilchan ayol edi. Serial yulduzi Andy Griffith bir paytlar serial davomida ikkalasi orasidan ola mushuk oʻtganini tan olgandi. Larri King Live (2003-yil 27-noyabr) koʻrsatuvida Griffitning aytishicha, Bavier oʻlimidan toʻrt oy oldin unga qoʻngʻiroq qilgan va serial davomida „unga qiyinchilik tugʻdirgani“ uchun uzr soʻragan. Bavier Bill Ballard bilan Carolina Camera uchun bergan intervyusida „Aktrisa uchun rol yaratish va oʻzini namoyon qilish juda qiyin“ ekanligini tan olganCarolina Camera: Aunt Bee Retires. Ballard, Bill. www.youtube.com.

Bavier 1967-yilda komediyada ikkinchi darajali roldagi aktrisaning ajoyib ijrosi uchun Primetime Emmy mukofotiga sazovor boʻlgan.

Keyingi yillar 1972-yilda Bavier aktyorlik faoliyatini yakunlaydi va Shimoliy Karolina shtatining Siler City shahridan oʻziga uy sotib oladi. Oʻzining tugʻilgan joyi Nyu-York oʻrniga Shimoliy Karolinada yashashni tanlagan Bavier shunday dedi: „Men Shimoliy Karolinani, barcha goʻzal yoʻllar va daraxtlarni sevib qoldim“. Bavier oʻz karyerasi ilk davrlarida Rassell Carpenterga turmushga chiqqan, lekin hech qachon farzand koʻrmagan. The Courier Tribune xodimi Chip Vomickning 1981-yildagi maqolasiga koʻra, Bavier oʻzining Siler shahridagi uyidan Rojdestvo va Pasxa muhrlari jamiyatlarini ishtiyoq bilan targʻib qilgan hamda koʻpincha dastxat soʻragan muxlislarga ilhomlantiruvchi maktublar yozgan. Bundan tashqari u Shimoliy Karolina shtati Siler City politsiyasi uchun 100 000 dollarlik ishonchli jamgʻarma qoldiradi. Uning foizlari har dekabr oyida bonus sifatida taxminan 20 nafar xodim oʻrtasida taqsimlanardi.

Vafoti 1989-yil 22-noyabrda u Chatham kasalxonasiga yotqiziladi va u yerda ikki hafta davomida koronar davolash boʻlimida saqlanadi. U 1989-yil 4-dekabrda, 87 yoshga toʻlishidan sakkiz kun oldin oʻz uyida vafot etganFrances Bavier death certificate, autopsyfiles.org; accessed September 28, 2016..

Filmografiyasi YilSarlavhaRolIzohlar1931Girls About TownJoyakncedited1943O, My Darling ClementineMrs. Asbury1951The Day the Earth Stood StillMrs. Barley1951Mrs. Rogers1952The Lady Says NoAlice Hatch xola1952Bend of the RiverMrs. PrentissYana bir nomi: Where the River Bends1952Sally and Saint AnneMrs. Kitty „Mom“ OʻMoyne1952My Wifeʼs Best FriendMrs. Chamberlain1952Horizons WestMartha Hammond1953Man in the AtticHelen Harley1956Woman in dinner party sceneankredited1958A Nice Little Bank That Should Be RobbedMrs. SolitaireYana bir nomi: How to Rob a Bank1959It Started with a KissMrs. Tappe1974BenjiLady with cat(filmlardagi oxirgi roli)

Televizion shartnomalari YilSarlavhaRolIzohlar1952Racket SquadMartha Carver1ta epizod1952-1953Gruen Guild PlayhouseSarah Cummings2ta epizod1953Hallmark Hall of FameLou Bloor1ta epizod1953-1954City DetectiveHar xil rollar3ta epizod1953-1954Letter to LorettaHar xil rollar3ta epizod1953-1955DragnetHazel Howard3ta epizod1954Thelma2ta epizod1954-1955WaterfrontMarthaAmy2ta epizod1954-1956Itʼs a Great LifeMrs. Amy Morgan62ta epizod1955Maggie Sawtelle xola1ta epizod1955Soldiers of FortuneAmelia Lilly1ta epizod1955Damon Runyon Theater1ta epizod1955Alfred Hitchcock Presents: RevengeMrs. Fergusen1ta epizod1956Lux Video Theatre1ta epizod1956Cavalcade of AmericaMrs. Hayes1ta epizod1957Jane Wyman Presents The Fireside Theatre1ta epizod1957General Electric TheaterMiss Trimingham1ta epizod1957Perry MasonLouise Marlow1ta epizod1957-1958Mrs. Nora Martin5ta epizod1958Colgate Theatre1ta epizod1959Mrs. Wallace1ta epizod19591ta epizod1959SugarfootNancy Thomas xola1ta epizod1959Wagon TrainSister Joseph1ta epizod- „The Sister Rita Story“195977 Sunset StripGrandma Fenwick1ta epizod1960Henrietta Perkins1ta epizod1960RawhideEllen Ferguson1ta epizod1960-1968Beatrice „Bee“ xola Taylor175ta epizodPrimetime Emmy Award for Outstanding Supporting Actress — Comedy Series (1967)1967Gomer Pyle, U.S.M.C.Bee xola Taylor1ta epizod1968-1970Mayberry R.F.D.Bee xola Taylor24ta epizod

Manbalar

Havolalar

Frances Bavier Papers, 1930—1990-yillar

Turkum:Amerikalik televideniye aktrisalari Turkum:1989-yilda vafot etganlar Turkum:1902-yilda tugʻilganlar Turkum:Amerikalik aktrisalar Turkum:Alifbo boʻyicha aktrisalar