Andrey Akopovich Akopyants ( 27-avgust 1977-yil Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — Oʻzbek sobiq futbolchisi, yarim himoyachi pozitsiyasida oʻynagan. Oʻzbekiston terma jamoasida oʻynagan.
Karyera
Klub Oʻzbek futboli tarbiyalanuvchisi. U 4 yil davomida „Paxtakor“ safida toʻp surgan va Poytaxt jamoasi safida Oʻzbekiston chempioni boʻlgan hamda mamlakat kubogini qoʻlga kiritgan. 1999-yilda Oʻzbekistonning eng yaxshi futbolchisi deb eʼtirof etilgan. 2000-yilda Rossiya klubiga oʻtish imkoniyati paydo boʻlgan. Akopyans Rossiyada oʻz futbolchilik faoliyatini davom ettirish uchun bir nechta tanlovga ega boʻlgan. Futbolchinig agenti „Krilya Sovetov“ va „Zenit“ bilan muzokaralar olib borgan, ammo oxir-oqibat u „Rostselmash“ga yetib kelgan va u bilan mamlakat chempionati hamda kubogida 120 dan ortiq oʻyin oʻtkazgan. 2005-yil oxirida Rostov bilan shartnoma imzolagan. Mavsum oʻrtalarida Andreyga uni uzaytirish taklif qilingan, ammo futbolchining oʻzi jamoani oʻzgartirish kerak deb qaror qilgan. 2006-yilda u Chernomorets Novorossiyskga koʻchib oʻtgan va u yerda 15 ta gol urgan. 2007-yilda u dastlab Latviyaning „Daugava“, keyin esa „Darida“da jamoalarida toʻp surgan. 2008-yil yarim mavsumni oʻzining vatanining jamosi „Paxtakor“da oʻtkazgan va birinchi marta Oʻzbekiston chempionati kumush medali sovrindoriga aylangan. 2009-yil davomida u Samarqandning „Dinamo“ jamoasi tarkibida oʻynagan. 2010-yilda u Nijniy Novgorod jamoasi futbolchisiga aylangan. 2011-yilda „Luch-Energy“ klubiga oʻtgan. 2012/13-yilgi mavsumda u FNLga kirgan „Ximik Dzerjinskiy“ safida oʻynagan.
Terma jamoada 1998—2005-yillarda Oʻzbekiston milliy terma jamoasi safida 40 ta oʻyin oʻtkazib, 6ta gol muallifiga aylangan.
Faoliyat statistikasi № Sana Staion Raqib Hisob Natija Musoboqa 1. 03.12.1998 Chiang Mai, Tailand 3-3 Gʻalaba 1998-yilgi Osiyo oʻyinlari 2. 05.12.1998 Chiang Mai, Tailand 0-15 Gʻalaba 1998-yilgi Osiyo oʻyinlari 3. 07.12.1998 Rajamangala Stadium, Bangkok, Tailand 4-0 Gʻalaba 1998-yilgi Osiyo oʻyinlari 4. 03.05.2001 Amman International Stadium, Amman, Iordaniya 2-5 Gʻalaba 2002-yilgi Jahon chempionati saralash 5. 20.08.2003 Skonto Stadium, Riga, Latviya 0-3 Gʻalaba Oʻrtoqlik 6. 06.11.2003 Paxtakor markaziy stadioni, Toshkent, Oʻzbekiston 4-1 Gʻalaba 2004-yilgi Osiyo kubogi saralash2003 MATCHES ASIA2001 MATCHES ASIAUzbekistan International Matches — Details 1992–1999
Yutuqlar
Oʻzbekistonning eng yaxshi futbolchisi: 1999-yil Oʻzbekiston chempioni: 1998-yil Oʻzbekiston chempionati kumush medali sovrindori: 2008-yil Oʻzbekiston kubogi sohibi: 1997-yil Oʻzbekiston kubogi finalchisi: 2008-yil Rossiya Ikkinchi divizionining „Gʻarbiy“ zonasi gʻolibi : 2012/13
Manbalar
Havolalar
Andrey Akopyans Andrey Akopyans Andrey Akopyans Andrey Akopyans
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Toshkentlik futbolchilar Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Paxtakor jamoasi futbolchilari Turkum:Neftchi (Fargʻona) futbolchilari Turkum:Buxoro klubi futbolchilari Turkum:Dinamo Samarqand futbolchilari Turkum:FC Rostov futbolchilari Turkum:FC Chernomorets Novorossiysk futbolchilari Turkum:FC Daugava futbolchilari Turkum:FC Khimik Dzerzhinsk futbolchilari Turkum:FC Darida Minsk Raion futbolchilari Turkum:FC Luch Vladivostok futbolchilari Turkum:FC Nizhny Novgorod (2007) futbolchilari Turkum:FC Fakel Voronezh futbolchilari Turkum:Latviyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Rossiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Belarusdagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Oʻzbekistonlik muhojir erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Rossiya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonning Osiyo oʻyinlaridagi sportchilari Turkum:Osiyo oʻyinlari 1998 futbolchilari Turkum:Osiyo Kubogi 2000 futbolchilari Turkum:Osiyo Kubogi 2004 futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonda yilning eng yaxshi futbolchisi