Hamid Turgʻunovich Rahmatullayev 1942-yil 28-yanvarda tavallud topgan. 1978-yil 17-yanvar kuni Toshkentda vafot etgan — sovet futbolchisi, hujumchi. SSSR sport ustasi. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan murabbiy (1972-yil).
Faoliyati 1960-yilda „Paxtakor“ (Toshkent) futbol maktabining uchinchi sonini tamomlagan. 1960-yil 1-oktabrda SSSR chempionatida debyut qilgan. 1963-yilni jarohat tufayli oʻtkazib yuborgan. Rahmatullayev faoliyati davomida 192 oʻyinda muvaffaqiyatli ishtirok etib, 20 ta gol urgan va jamoa sardori boʻlgan. 1970-yilda oʻz faoliyatini yakunlagan. 1972-yildan klubda jamoa rahbari va murabbiy sifatida ish boshlagan. 1967—1968-yilgi SSSR kubogi finalchisi. 1978-yilda avtohalokatga uchrab vafot etgan. 2011-yilda Vladimir Safarovning „Hamid Rahmatullayev — Oʻzbek Pelesi“ kitobi nashr etilgan.
Toshkentning Shayxontohur tumanida „Paxtakor“ stadionidan uncha uzoq boʻlmagan koʻchaga — uning nomi berilgan va yodgorlik lavhasi ochilgan.
Shaxsiy hayoti Oʻgʻli Sardor Rahmatullayev — Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi bosh kotibi, vitse-prezidenti lavozimlarida 2010—2017-yillarda ishlagan„PAXTAKOR“ Futbol klubi.
Manbalar
Havolalar Profil na sayte FootballFacts.ru
Turkum:28-yanvarda tugʻilganlar Turkum:1942-yilda tugʻilganlar Turkum:Toshkentda tugʻilganlar Turkum:17-aprelda vafot etganlar Turkum:1978-yilda vafot etganlar Turkum:Toshkentda vafot etganlar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbol murabbiylari Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:SSSR erkak futbolchilari Turkum:SSSR sport ustasi Turkum:Paxtakor jamoasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik futbol murabbiylari Turkum:SSSR futbol murabbiylari Turkum:Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan murabbiylar Turkum:Avtohalokatda vafot etganlar Turkum:Toshkentda dafn etilganlar