Farhod Faxritdinovich Tojiev (9-aprel 1986-yil Toshkent) — Oʻzbek futbolchisi, hujumchi ampulasida harakat qilgan. Oʻzbekiston terma jamoasida oʻynaganhttps://int.soccerway.com/players/farhod-tadjiyev/26648/.

Klubdagi faoliyati Farhod Tojiyev professional faoliyatini 2003-yilda Toshkentning "Paxtakor" klubida boshlagan, Oʻzbekiston chempionatidagi ilk oʻyinini 2005-yilda oʻtkazgan. 2006-yilda Qozogʻistonning „Taraz“ klubi tarkibida oʻynagan, 2007-yilda „Paxtakor“ga qaytgan.

Tojiyev „Paxtakor“ tarkibida 2007-2009-yillarda bir marta Oʻzbekiston chempioni, ikki marta Oʻzbekiston vitse-chempioni, ikki marta Oʻzbekiston kubogi sohibi va bir marta Oʻzbekiston kubogi kumush medali sohibi boʻlgan. Bu davrda Tojiev oʻttiz yetti uchrashuvda maydonga tushib, oʻn toʻqqizta gol urgan. Aynan „Paxtakor“ tarkibida Tojiev terma jamoa murabbiylari eʼtiborini oʻziga qarata olgan va 2009-yilda Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosiga aylangan.

2010-yilning bahorida Farhod Tojiyev Xitoyga koʻchib oʻtdi va „Tyanjin Teda“ klubi bilan shartnoma imzoladi泰达证实签约两外籍锋将 海归于大宝自由身加盟. Umuman olganda, Xitoy klubi uchun yarim mavsumda u yettita oʻyinda maydonga tushib, bor-yoʻgʻi bitta gol urgan.

2010-yilning yozida Tojiev Xitoy klubi bilan shartnomasini bekor qilgan va Oʻzbekistonga qaytgan. Oradan koʻp oʻtmay, uni yana „Paxtakor“ safiga taklif qilishgan. „Paxtakor“ tarkibida u yana unvonlar yutishni boshladi va „Paxtakor“da oʻtkazgan bir yarim mavsum davomida Tojiyev Oʻzbekiston chempionatining bronza medali sohibi va Oʻzbekiston kubogi sohibiga aylandi. Bu vaqt ichida u toʻqqizta oʻyinda maydonga tushib, bitta gol urdi urgan.

2012-yilning yozida uni "Shoʻrtan"ning oʻsha paytdagi bosh murabbiyi Edgar Gess jamoasiga taklif qilgan va u Gʻuzor klubi bilan shartnoma imzolagan. Tojiyev „Shoʻrtan“ tarkibida oʻn beshta uchrashuvda maydonga tushib, oltita gol urgan.

2013-yilning bahorida u Toshkentning „ Lokomotiv“ klubi bilan shartnoma imzolagan. „Lokomotiv“ tarkibida Tojiyev jamoaning asosiy oʻyinchisiga aylangan. 2013-yilgi mavsumda Farhod birinchi davrada 13 ta oʻyinda 17 ta gol urgan va uzoq vaqt toʻpurarlar bahsida peshqadamlik qilgan. Biroq ikkinchi bosqichni oʻtkazib yuborib toʻpurarlik unvonini Aleksandr Pishchurga boy bergan. Keyingi mavsumda u 22 ta oʻyinda 13 ta gol urib, kuchli beshta toʻpurardan biriga aylangan.

U 2014-yil 24-noyabrda Malayziya T-Team klubi bilan shartnoma imzoladi. 2015-yil 28-fevralda Malayziyada liga kubogi 32-raundida ATM Tojiyevga qarshi o‘yinning 101 va 113-daqiqalarida ikkita gol urib, 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. 2016-yilning 28-sentabr kuni Farhod Eronning Fors ko‘rfazi Pro ligasida o‘z faoliyatidagi yangi sahifani boshlash uchun „Machine Sazi“ klubi bilan shartnoma imzoladi.

Terma jamoadagi faoliyati Tojiyev futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida 2010-yilgi Jahon chempionati saralash bosqichida beshta o‘yinda maydonga tushgan.

U 2013-yil 26-mart kuni Livanga qarshi JCh—2014 saralash bosqichi doirasidagi o‘yinda ishtirok etish uchun O‘zbekiston terma jamoasiga chaqirilgan edi.

Farhodning 2009-yilgi Jahon chempionati saralash bosqichida Qatarga qarshi o‘yinda erishgan xet-triki uning o‘zbek futbol muxlislari orasida shuhratini oshirdi va Osiyoning xalqaro maydonlarida obro‘-eʼtibor qozondi.

Terma jamoa statistikasi № Sana Joy Raqib Natija Hisob Musobaqa1 22.03.2008 Toshkent, Oʻzbekiston 4-1 Gʻalaba Oʻrtoqlik2 28.01.2009 Sharja, BAA 1-0 Gʻalaba 2011-yil Osiyo kubogi saralashi3-5 28.03.2009 Toshkent, Oʻzbekiston 4-0 Gʻalaba 2010 FIFA jahon chempionati saralashi

Yutuqlari

Paxtakor

Oʻzbekiston chempioni : 2007-yil Oʻzbekiston vice-chempioni: 2008, 2009 Oʻzbekiston chempionatining bronza medali sovrindori: 2011-yil Oʻzbekiston kubogi sohibi: 2009, 2011 Oʻzbekiston kubogi finalchisi: 2008-yil MDH Hamdoʻstlik kubogi gʻolibi: 2007-yil

Lokomotiv

Oʻzbekiston vitse-chempioni 2013, 2014 Oʻzbekiston kubogi sohibi: 2014

Tianjin Teda

Xitoy vitse-chempioni : 2010

Shaxsiy mukofotlar

„Lokomotiv“ mavsumning eng yaxshi toʻpurari: 2013, 2014 Gennadiy Krasnitskiy klubi aʼzosi

Manbalar

Havolalar

Transfermarkt (igrok) Soccerway National Football Teams.com Kooora footballfacts.ru

Turkum:9-aprelda tugʻilganlar Turkum:1986-yilda tugʻilganlar Turkum:Toshkentda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Oʻzbekiston musulmonlari Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Soʻgʻdiyona Jizzax futbolchilari Turkum:Paxtakor jamoasi futbolchilari Turkum:Dinamo Samarqand futbolchilari Turkum:Shoʻrtan klubi futbolchilari Turkum:Lokomotiv Toshkent futbol klubi futbolchilari Turkum:AGMK futbolchilari Turkum:Surxon klubi futbolchilari Turkum:Taraz klubi futbolchilari Turkum:Machine Sazi F.C. futbolchilari Turkum:Terengganu F.C. II futbolchilari Turkum:Tianjin Jinmen Tiger F.C. futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik muhojir erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston 21 yoshgacha boʻlgan terma jamoasi futbolchilari Turkum:Xitoydagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Malayziyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Qozogʻistondagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Erondagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Xitoy Superligasi futbolchilari Turkum:Malayziya Superligasi futbolchilari Turkum:Qozogʻiston Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Pro ligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari