Kerry Lynne Bishé (; 1984-yil 1-mayda tugʻilgan) — Yangi Zelandiyada tavallud topgan amerikalik aktrisa. AMC kanalida uzatilgan Halt and Catch Fire teleserialidagi Donna Clark roli bilan tanilgan. Bishé ABC telekanalida efir yuzini koʻrgan tibbiyotga aloqador Scrubs televizion serialining soʻnggi mavsumida bosh/hikoyachi rolini ijro etadi. Aktrisa, shuningdek, 2012-yilda „Argo“ dramatik filmida ham rol oʻynagan.

Yoshligi Bishé Yangi Zelandiyada tavallud topgan. U tugʻilgandan koʻp oʻtmay, oila AQShning New Jersey shtatidagi Glen Ridge shahri koʻchib oʻtadi„Kerry Bishé Continues Her Journey In Argo“, The Star Ledger, September 28, 2012. Accessed January 7, 2018. „Bishé, 28, who grew up in Glen Ridge, plays a diplomat who poses as a set designer in the film based on the true story of the 1979 Iran hostage crisis, in which the CIA concocted a fake movie shoot to smuggle six American diplomats out of the country…. Bishé attended the Montclair Kimberley Academy, where her now-retired father was a beloved history teacher.“. Boʻlajak aktrisaning otasi Kenneth Bishé Montclair Kimberley akademiyasini tamomlagan hamda ijtimoiy fanlardan dars bergan„Founder’s Cup“ , The Montclair Kimberley Academy website. Bishé Northwestern universitetida tahsil olgan.

Faoliyati Bishé 2004-yilning yoz oyida Montana Shakespeare bilan professional gastrol safarida boʻlib, „Romeo va Juletta“ tragediyasida Julietta rolini ijro etadi. U, shuningdek, 2006-yilda Eugene OʻNeilning The Hairy ApeNeil Genzlinger. Top-Deck Visitor Unnerves 'Beastʼ in the Belly of a Ship. The New York Times. va Roundabout spektakllarida hamda George Bernard Shawning „Pygmalion“ning sahna asarlarida ham ishtirok etganClaire Danes Is Fair Lady in `Pygmalionʼ: John Simon by John Simon. Bloomberg.

Bishé ekrandagi debyutini 2007-yilda The Half Life of Mason Lake nomli kam byutjetli filmda Sarah Rosen rolida amalga oshirgan. Sex and the City va The Lucky Ones filmlarining birinchi moslashuvida qoʻshimcha rolni gavdalantiradi. Soʻngra, Understudy (2008) filmidagi kichik rolda, keyinchalik, Scrubs yulduzi Zach Braff rejissorligidagi Night Life telefilmida rol oʻynaydi. Ushbu asar Bishéni mashhur qilmaydi, ammo, uni Braff bilan tanishtiradi. Keyinchalik, aktrisa Zach bilan Scrubs filmida hamkorlikfa faoliyat olib boradi.

2009-yilda Bishé bir qator televizion rollarni oʻynagan: Life on Mars hamda „Royal Pains“ kabi teleseriallarning epizolarida turli tafsifdagi rollarni ijro etgan..

2014-yildan 2017-yilgacha Bishé AMC teleseriali " Halt and Catch Fireda Donna Clark rolini oʻynagan. Tasodifan, „Argo“ (2012) filmida u tasvirlagan obrazning turmush oʻrtogʻi rolini oʻzining hayotdagi turmush oʻrtogʻi Scoot McNairy tasvirlangan.

Shaxsiy hayoti Bishé, hozirda, aktyor Chris Lowell bilan yaqin munosabatda. Er-xotinning bir nafar qiz farzandi borhttps://www.instagram.com/p/CRrKvGQtWNN/.

Filmografiyasi +FilmlardaYilSarlavhaRolIzohlar2007The Half Life of Mason LakeSarah Rosen2008The Lucky OnesCollege Girl2008Sex and the CityTwenty-Something Girl Dreaming2008The UnderstudyApril2009MotherhoodGood Sharing Mom2010Nice Guy JohnnyBrooke2010MeskadaEmily Cordin2011Red StateCheyenne2011Turkey BowlKerry2011NewlywedsLinda2012ArgoKathy StaffordScreen Actors Guild Award for Outstanding Performance by a Cast in a Motion Picture Hollywood Film Festival Award for Best Ensemble of the Year Nominatsiya—Phoenix Film Critics Society Award for Best Cast Nominatsiya—San Diego Film Critics Society Award for Best Performance by an Ensemble2012The Fitzgerald Family ChristmasSharon2013Goodbye WorldLily Palmer2013Grand PianoEmma Selznick2013Blue HighwayKerry2016Max RoseAnnie Rose2016The TicketJessica2016RuptureDianne2018How It EndsMeg2020The Evening HourLacy Cooper2021HappilyJanet +Televizion rollariYilSarlavhaRolIzohlar2008Night LifeVioletTV Film2009Life on MarsEve FlanneryEpizod: „The Simple Secret of the Note of in Us All“2009Royal PainsEmma NewbergEpizod: „Strategic Planning“2009VirtualityBillie Kashmiri2009-2010ScrubsLucy BennettBosh rol (9-mavsum) 13ta epizod2011IcelandMackenzie2014-2017Halt and Catch FireDonna ClarkBosh rol40ta epizod2015Public MoralsSarah2ta epizod2016BillionsEliseEpizod: „Short Squeeze“2017NarcosCristina Jurado5ta epizod2018The RomanoffsShelly RomanoffEpizod: „The Royal We“2020Amazing StoriesMary Ann Whitaker1ta epizod (Epizod 05: „The.Rift“)2020Penny Dreadful: City of AngelsSister MollyBosh rol10ta epizod2022Super Pumped: The Battle for UberAustin GeidtBosh rol (1-mavsum) 7ta epizod

Manbalar

Havolalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Amerikalik televideniye aktrisalari Turkum:1984-yilda tugʻilganlar Turkum:Amerikalik aktrisalar Turkum:Alifbo boʻyicha aktrisalar