Yusufxon o‘g‘li Qosimxon jome masjidi — Namangan viloyati Namangan shahrida 20 ming kvadrat metr joyda qurilgan. Uning hovlisining umumiy maydoni 4 gektarni tashkil etadi. Shundan 2 gektari 700 o‘rinli avtoturargoh uchun mo‘ljallangan. Bir vaqtning o‘zida 15 ming namozxon ibodat qilishi mumkin. Xonaqohning o‘ziga 4,5 ming kishi sig‘adi. Shuningdek, 100 kishiga xizmat qiladigan tahoratxona ham mavjudhttps://kun.uz/uz/13514546.

Turkiyalik tajribali arxitektorlar tomonidan yaratilgan loyiha asosida bunyod etilgan. Masjid qurilishi 2017-yilda boshlanib 2021-yilda yakunlanganhttps://daryo.uz/2022/07/09/ozbekiston-masjidlarida-qurbon-hayiti-namozi-oqildi-foto-va-video/.

Tarixiy ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu joyda X asrlarda Buyuk ipak yo‘lida katta karvonsaroy bo‘lganhttp://old.muslim.uz/index.php/rus/yangiliklar-2016/uzbekistan/item/30211. Uning ichida masjid ham bo‘lgani qayd etilgan. Imom-xatib: Maqsudali Qosimov Musoxon Abbasiddinov

Galereya

Manbalar

Turkum:Namangan viloyatidagi masjidlar