right|upright|thumb|230px|„My Game is Fair Play“ FIFA shiori yozilgan sardorlik bogʻichi Futbolda jamoa sardori jamoa aʼzolari uchun rasmiy yetakchi hisoblanadi. Odatda sardor jamoadagi yoshi katta yoki tajribali, shuningdek, oʻyin natijasiga katta taʼsir koʻrsata oladigan futbolchilardan tanlanadi. Oʻyin qoidalariga koʻra jamoa sardori chap qoʻlidagi sardorlik bogʻichi bilan boshqa oʻyinchilardan ajralib turadi.
thumb|Franchesko Totti „Roma“ jamoasi sardorlik bogʻichi bilan Oʻyin qoidalariga koʻra, sardorning rasmiy vazifalari oʻyin boshlanishidan (tomonlar va futbol toʻpini oʻyinga kiritadigan jamoaning maqsadini aniqlash maqsadida) va oʻyindagi penaltilar seriyasidan oldin qur’a tashlashda ishtirok etishdan iborat. Oʻyin vaqtida jamoa sardori hakamning qarorlariga eʼtiroz bildirishga imkon beruvchi maxsus huquq va imtiyozlarga ega emas, biroq ayni paytda, oʻz jamoadoshlarining xatti-harakatlari uchun javobgardir. Aynan shu holat hakamga sardor bilan jamoa futbolchilarining xatti-harakati xususida suhbatlashish imkonini beradi.
Yoshlar yoki havaskor futbolda jamoa sardori koʻpincha professional futboldagi jamoa murabbiyiga yuklatilgan vazifalarni bajaradi. Sardor jamoadagi ruhiy holat uchun javob beradi. Agar jamoada ruhiy holat past boʻlsa, u oʻyinchilarni har tomonlama ragʻbatlantirib, guruh ruhiyatini oshirishi talab etiladi.
Jamoa sardori odatda rahbariyat tomonidan tayinlanadi yoki mavsum boshida jamoa futbolchilari tomonidan tanlanadi. Jamoa sardorini tayinlash murabbiy uchun juda muhim tanlovdir, chunki sardor maydondagi yordamchi murabbiy hisoblanadi. Baʼzi jamoalarda jamoa uchun eng koʻp oʻyin oʻtkazgan oʻyinchi avtomatik ravishda sardorga aylanadi. Agar biron sababga koʻra u maʼlum bir uchrashuvda ishtirok eta olmasa, sardorlik vazifasi tayinlangan vitse-sardorga yoki jamoaning boshqa oʻyinchisiga yuklanadi. Sardor koʻpincha jamoaning ommaviy axborot vositalari bilan muloqotida alohida rol oʻynaydi va jamoa tomonidan qoʻlga kiritilgan sovrinni koʻtaruvchi birinchi futbolchi hisoblanadi. Sardor koʻngilochar va ruhiyatni koʻtaruvchi tadbirlarni tashkil etish, yosh futbolchilarga yordam berish kabi muayyan mas’uliyatni oʻz zimmasiga olishi mumkin.
Vitse-sardor Vitse-sardor — baʼzi sabablarga koʻra asosiy tarkibga kiritilmagan yoki jamoa sardorini almashtiradigan oʻyinchi. Umuman olganda, vitse-sardor jamoa sardori vazifalarini toʻliq oʻz zimmasiga oladi. Vitse-sardor haqiqiy jamoa sardori maydonda boʻlmagan vaqtdagina kerak boʻlib qolmasdan, u ham jamoa sardori kabi futbolchilarni boshqarish va yosh futbolchilarga tajriba orttirishga yordam berish huquqiga ega.
Odatda tajribali yoki nomdor futbolchilar ham vitse-sardor etib tayinlanadi. Murabbiy mavsum boshlanishidan oldin vitse-sardor va sardorni tayinlaydi, baʼzi jamoalarda ular oʻyinchilar tomonidan tanlanadi.
Jamoa sardorlari qayd etgan rekordlar
Futbol tarixida faqat 3 nafar futbolchi oʻz jamoasi sardori boʻlgan davrda Jahon kubogi va Yevropa chempionligini qoʻlga kiritgan. Bular: Frans Bekkenbauer 1974-yilgi Jahon kubogi va 1972-yilgi Yevropa chempioni; Dide Desham 1998-yilgi Jahon kubogi va 2000-yilgi Yevropa chempioni; Iker Kasilyas 2010-yilgi jahon chempionati va ketma-ket 2 marta, 2008- va 2012-yilgi Yevropa chempionati gʻolibi.
Jahon chempioni boʻlgan jamoa sardorlari
1930 — Xose Nasassi, Urugvay 1934 — Janpero Kombi, Italiya 1938 — Juzeppe Meatsa, Italiya 1950 — Obdulio Varela, Urugvay 1954 — Frits Valter, GFR 1958 — Ideraldu Bellini, Braziliya 1962 — Mauro Ramos, Braziliya 1966 — Bobbi Mur, Angliya 1970 — Karlos Alberto Torres, Braziliya 1974 — Frans Bekkenbauer, GFR 1978 — Daniel Passarella, Argentina 1982 — Dino Dzoff, Italiya 1986 — Diego Maradona, Argentina 1990 — Lotar Matteus, GFR 1994 — Dunga, Braziliya 1998 — Dide Desham, Fransiya 2002 — Kafu, Braziliya 2006 — Fabio Kannavaro, Italiya 2010 — Iker Kasilyas, Ispaniya 2014 — Filipp Lam, Germaniya 2018 — Ugo Loris, Fransiya
Yevropa chempionligini qoʻlga kiritgan sardorlar 1960 — Igor Netto, SSSR 1964 — Ferran Olivelya, Ispaniya 1968 — Jachinto Fakketti, Italiya 1972 — Frans Bekkenbauer, GFR 1976 — Anton Ondrush, Chexoslovakiya 1980 — Bernard Dits, GFR 1984 — Mishel Platini, Fransiya 1988 — Ruud Gullit, Niderlandiya 1992 — Lars Olsen, Daniya 1996 — Yurgen Klinsman, Germaniya 2000 — Dide Desham, Fransiya 2004 — Teodoros Zagorakis, Gretsiya 2008 — Iker Kasilyas, Ispaniya 2012 — Iker Kasilyas, Ispaniya 2016 — Krishtiano Ronaldo, Portugaliya 2020 — Jorjo Kellini, Italiya
Manbalar
Turkum:Futbol terminologiyasi