Chichester () — Angliyaning Gʻarbiy Sussexdagi sobor shahri va fuqarolik cherkovi joylashgan uncha katta boʻlmagan shaharchaOS Explorer map 120: Chichester, South Harting and Selsey Scale: 1:25 000.. Bu Gʻarbiy Sussex va uning okrugidagi yagona shahar. U Rim va Anglo-Saksonlarning asosiy aholi punkti va oʻsha davrlardan, oʻrta asrlardan to hozirgi kungacha boʻlgan yirik bozor shahri edi. Chichesterda XII asrga oid sobor va Angliyaning Chichester yeparxiyasi cherkovining qarorgohi joylashgan.
Shaharda ikkita asosiy suv oqimi bor: Chichester kanali va Lavant daryosi. Lavant daryosi shaharning janubiy tomon oqib oʻtadi, asosan shahar markaziga yaqin joyda suv maxsus oʻtkazgichlar oʻrnatilgan.
Tarixi
Rim davri
Chichesterga aylangan shahar rimliklarning bu yerga kelishidan oldin ham aholi punkti boʻlgani haqida hech qanday dalillar mavjud emas. Chichester atrofidagi hudud miloddan avvalgi 43-yilda Rim bosqini paytida muhim rol oʻynagan deb hisoblaniladi, buni yaqin atrofdagi Fishbourne Rim saroyi hududidan topilgan harbiy omborxonalarning qoldiqlari ham tasdiqlagan. Shahar markazi Civitas Reginorum poytaxti, Romano-Britaniyaning Noviomagus Reginorum shahri poydevori asosida tashkil topgan. Shaharni London bilan bogʻlaydigan Stane-streetning Rim yoʻli sharqiy darvozadan, Chichesterdan Silchestergacha boʻlgan yoʻl esa shimoliy darvozadan boshlangan. Shahar rejasi rimliklardan meros boʻlib qolgan: Shimoliy, Janub, Sharqiy va Gʻarbiy savdo koʻchalari oʻrta asrlarga oid markaziy bozor koʻchalaridan ajralib turadi.
Asl Rim shahar devori boʻylab lik tik ariq (keyinchalik u Lavant daryosini burish uchun ishlatilgan) qurilgan. U bir yarim ming yildan koʻproq vaqt davomida saqlanib qolgan, ammo keyin uning oʻrniga ensizroq gruzin devori qurilgan.
Shahar, shuningdek, yangi avtoturargoh qurilishini boshlaganda, Tower koʻchasidan baʼzi Rim hamomlarining qoldiqlari topilgan. 2012-yil 8-iyulda hamomlarni saqlaydigan Novium muzeyi ochilgan.
Amfiteatr shahar devorlari tashqarisida, Sharqiy darvoza yaqinida, taxminan miloddan avvalgi 80-yillarda qurilgan. Hudud hozir parkga aylantirilgan, ammo amfiteatr joylashgan joy taxminan oval shaklidagi qumloq qirgʻoq sifatida saqlanib qolingan. Parkda oʻrnatilgan eʼlonlar taxtasida qoʻshimcha maʼlumotlar berilgan.
2017-yil yanvar oyida yer osti radarlaridan foydalangan arxeologlar Rim shaharchasi va qoʻshimcha binoning nisbatan yaxshi saqlangan birinchi qavati topilgani haqida xabar berishgan. Priory Park monastirga tegishli boʻlgan va Rim davridan beri qayta qurilmagan. link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/3/3c/England_AR_penny_pointed_helmet_type_Canute_the_Great_Chichester_mint.jpg/300px-England_AR_penny_pointed_helmet_type_Canute_the_Great_Chichester_mint.jpg|thumb| AR penny, Chichesterda Buyuk Knut davrida 1024-va 1030-yillarda zarb qilingan.
Boshqaruvi link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/6/6f/The_Council_House_on_North_Street_%28geograph_6465134%29.jpg/220px-The_Council_House_on_North_Street_%28geograph_6465134%29.jpg|alt=red brick building, colonaded at ground level with white pillars at the front above|thumb| Kengash uyi, Shimoliy koʻcha, shahar kengashining shtab-kvartirasi link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/7/73/County_Hall%2C_Chichester_%28geograph_4025876%29.jpg/220px-County_Hall%2C_Chichester_%28geograph_4025876%29.jpg|alt=three and four storey Georgian-style red brick building with eleven central bays and two wings, with trees and lawns in the foreground|thumb| County Hall, Chichester, Gʻarbiy Sussex okrug kengashining bosh qarorgohi Tarixiy jihatdan, Chichester shahri erkin boʻlgan, shuning uchun, shahar asosan oʻzini-oʻzi boshqargan. Garchi u oʻzining shahar maqomini saqlab qolgan boʻlsa-da, 1888-yilda u baʼzi vakolatlarni Gʻarbiy Sussex maʼmuriy okrugiga oʻtkazib, munitsipal tumanga aylantirilgan. 1974-yilda munitsipalitet okrugi ancha katta Chichester tumanining bir qismiga aylangan. Shahar kengashi bor, lekin u faqat cherkov kengashi vakolatlariga ega. Xizmatlarni nazorat qilish asosan Chichester tuman kengashi va Gʻarbiy Sussex okrugi kengashi tomonidan amalga oshiriladi.
Shahar Kengashi yigirmata saylangan aʼzodan iborat boʻlib, shaharning toʻrtta boʻlimiga — Shimoliy, Janub, Sharqiy va Gʻarbiy boʻlimlarga boʻlingan.
Shimoliy koʻchadagi Kengash uyi 1731-yildan buyon faoliyat yuritadi, bundan oldin City Corporation jamiyati Chichester Guildhallda faoliyat olib borgan. Oʻzining kengash idoralaridan tashqari, Chichester okrugi va Gʻarbiy Sussex okrugi kengashi ham shahar hududida joylashgan.
Shahar erkinligi Quyidagi odamlar va tashkilotlar Chichester shahri erkinligga masʼul boʻlishgan:
1951-yil — Qirollik Sussex polki 1960-yil — R.A.F. Tangmere 1981-yil — Qirollik harbiy politsiyasi 2000-yil — Gʻarbiy Sussex oʻt oʻchirish brigadasi 2008-yil — 47-polk qirollik artilleriyasi 2008-yil — Rahmatli Richmond gertsogi 2013-yil — Muhtaram Nicholas Frayling 2018-yil — Mayor Tim Peake CMG 2021-yil — Philipp Jackson CVO DL 2023-yil – Rodney Duggua 2023-yil – Roger Gibson
Iqtisodiyoti link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/c/c1/View_Across_Chichester_Marina_-_geograph.org.uk_-_405351.jpg/220px-View_Across_Chichester_Marina_-_geograph.org.uk_-_405351.jpg|thumb|Chichester Marina Shaharda sayyohlik sanoati mavjud. Bu hududda tegishli sanoat korxonalari bilan bir qatorda bir nechta qayiqlar turargohlari ham joylashgan. Hukumat tomonidan yaqinda oʻtkazilgan tadqiqot shuni koʻrsatdiki, bu hududda davlat sektorida (shuningdek, turizm va dam olish sohalarida) koʻplab ish oʻrinlari mavjud boʻlib, yakka tartibdagi tadbirkorlar soni ortib bormoqda.
Davlat xizmatlari Chichesterdagi hududiy politsiyani Sussex politsiyasi boshqarib boradi. Politsiya va jinoyat boʻyicha komissari Katy Bourne. Qonuniy favqulodda yongʻin va qutqaruv xizmati Northgateda oʻz stantsiyaga ega boʻlgan Gʻarbiy Sussex yongʻin va qutqaruv xizmati tomonidan amalga oshiriladi.
Spitalfield yoʻlidagi Saint-Richard kasalxonasi oʻrta oʻlchamdagi NHS kasalxonasi boʻlib, universitet kasalxonalari Sussex NHS Foundation Trust tomonidan boshqariladi. Janubi-Sharqiy qirgʻoq tez tibbiy yordam xizmati ushbu muassasaga qarashli va tez tibbiy yordamda keltiriladigan bemorlarni ayni shu yerga eltish bilan shugʻullanadi. Nuffield Health shahardagi xususiy shifoxonani boshqaradi.
Chichesterning elektr energiyasini taqsimlash tarmogʻi operatori Scottish and Southern Electricity Networks boshqarmasi, gaz uchun esa SGN maʻsul hisoblanadi. Portsmouth suvi Chichesterni ichimlik suvi bilan taʼminlaydi, Southern Water boshqarmasi esa shahar oqava suvlarini nazorat qiladi.
Manbalar
Adabiyotlar
Havolalar
Chichester tuman kengashi Britaniya tarixi onlayn — Chichester shahri — Tarixiy kirish
Turkum:Angliya Turkum:Buyuk Britaniya shaharlari Turkum:Alifbo boʻyicha shaharlar