Laura Elizabeth Carmichae (16-iyul, 1986-yil, Londonda tugʻilgan) britaniyalik kino va televideniye aktrisasi. U ITV (Buyuk Britaniya) va PBS (AQSh) kanallarida efirga uzatilgan teleserial Downton Abbey nomli dramadagi Lady Edith Crawley roli bilan mashhur. Uning boshqa shartnomalari orasiga Marcella (2016) teleseriali va A United Kingdom (2016) badiiy filmi kiradi.
Yoshligi Carmichael Angliyaning Southampton shahrida tugʻilgan. U oilasidagi uch nafar qizning oʻrtanchasidir. Lauraning opasi Amy dasturiy taʼminotni ishlab chiqaruvchi kompaniyada ishlaydi, singlisi Olivia esa NHS bilan xayriya jamgʻarmasi tashkilotchisidir.
Aktrisa Shirley Junior School, The Mountbatten School, va Peter Symonds College kabi taʼlim dargohlarida tahsil olgan. Carmichael Bristoldagi Bristol Old Vic Theatre Schoolda oʻqigan va uni 2007-yilda tamomlagan. U Ikki yil davomida turli xil ishlarda, jumladan, oʻqituvchi yordamchisi, qabulxona xodimi va enaga boʻlib, chekka teatrlarda kichik suhbatlardan oʻtgan.
Faoliyati
Uning televideniye rollari orasida Tohe Heart of Thomas Hardy va End of Our Street kabi kartinalar kiradi. 2011-yilda u Tinker Tailor Soldier Spy filmida paydo boʻladi va shu bilan birga, 2014-yilda Madam Bovary filmida Henriette rolini gavdalantiradi.
2016-yilda Carmichael ITVning yangi televizion kriminal drama seriali Marcellada Maddy Stevenson rolini oʻynagan. Marsella Britaniya Metropolitan politsiyasi detektivi va yolgʻiz onaning qotillik guruhiga qaytishiga eʼtibor qaratadi, bu skandinaviyancha teleserial The Bridgeni yaratgan shved ssenariychisi Xans Rozenfeldtning birinchi inglizcha shousi boʻlgan. 2016-yilda aktrisaning Jamie Lloydning (Uzo Aduba bilan birgalikda) Londonning West Enddagi Trafalgar Studiosda The Maids spektaklida Madam rolini ijro etgan.
Carmichaelning oldingi muhim roli 2011-yilda David Harening Sheffild Crucible teatrida Anna Friel (Yelena) va Ken Stott (Vanya) bilan birgalikda ijro etgan. U 2009-yilda Battersea Arts Centre oʻtkazilgan Scratch festivalining bir qismi sifatida "Reasons for Living filmida Laura rolini oʻynadi. 2009-yil oxirida aktrisa Shakespeare tomonidan yozilgan The Tempest nomli gastrol spektaklida Miranda rolini ijro etdi.
Shaxsiy hayoti Carmichael Londonning Camden shahrida istiqomat qiladi. Aktrisa 2014-yildan beri Downton Abbey kartinasidagi hamkasbi Michael C. Fox bilan munosabatda boʻlib, 2016-yilda rasman turmush qurishgan. Ularning 2021-yil mart oyida tugʻilgan Luca ismli oʻgʻil farzandlari bor.
Filmografiyasi YilSarlavhaRolIzohlar2009House at the End of Our StreetYvonne2010The Heart of Thomas HardyHardyning xizmatkori2010-2015Downton AbbeyLady Edith CrawleyAsosiy tarkib; 52ta epizod2011Tinker Tailor Soldier SpySal2014Madame BovaryHenrietta2015Burn Burn BurnSeph2016A United KingdomMuriel Williams2016MarcellaMaddy StevensonTakroriy rol; 4ta epizod2017Man in an Orange ShirtDaphne TalbotTakroriy rol; 1ta epizod2019-2020The Spanish PrincessMargaret Pole, Countess of SalisburyAsosiy tarkib; 16ta epizod2019Downton AbbeyEdith Pelham, Marchioness of Hexham2020The Secrets She KeepsAgathaAsosiy tarkib; 6ta epizod2022Downton Abbey: A New EraEdith Pelham, Marchioness of Hexham
Teatr sahnalarida YilSarlavhaRolIzohlar2009Reasons for LivingLauraBAC2009The TempestMiranda/ArielBuyuk Britaniya boʻylab gastrol2011PlentyLouise/DorcasSheffield Crucible Theatre2012Uncle VanyaSonyaVaudeville Theatre2013The Fitzrovia Radio HourArabellaUnderglobe Theatre2016The MaidsMadamTrafalgar Studios2017ApologiaTrudiTrafalgar Studios
Manbalar
Havolalar
January, 2016, NYTimes interview
Turkum:Angliyalik televideniye aktrisalari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1986-yilda tugʻilganlar Turkum:Angliyalik aktrisalar Turkum:Alifbo boʻyicha aktrisalar