Bahrom Ro‘zimuhammad — 1961-yilda Xorazm viloyatining Shovot tumanida tug‘ilgan. ToshDUning jurnalistika fakultetini tamomlagan (1984)https://n.ziyouz.com/portal-haqida/xarita/uzbek-sheriyati/zamonaviy-o-zbek-she-riyati/bahrom-ro-zimuhammad-1961. Shoirning „Tovushsiz qadam“ (1987), „Terakka yaqin yulduz“ (1989), „Ikki nur“ (1994), „Davsaman“ (1995), „Tinch gullaydigan daraxt“ (1997), „Kunduz sarhadlari“ (1999), „Soyalar suhbati“ (2006) kabi sheʼriy to‘plamlar muallifi. Tarjimon sifatida XX-asr nemis shoirlarining ijodidan namunalar tarjima qilgan. (X. M. Entsensberger va boshqa). Uning „Cho‘lpon — tong yulduzi demak“ risolasi chop etilgan. Bahrom Ro‘zimuhammad „Oʻzbek modern sheʼriyati“ kitobining tuzuvchilaridan biri.

Manbalar

Turkum:Shovot tumanida tugʻilganlar Turkum:Oʻzbekiston Milliy universiteti bitiruvchilari