„Hadra“ sport sogʻlomlashtirish majmuasi – 1996-yilda 12-qurilish tresti OAJ tasarrufida qurib bitkazilgan. Maydoni 0,5 gektar.
Tuzilishi Tarkibida qishki tennis zali (2 ta kort), yozgi tennis maydoni mavjud (Hard qoplamali 2 ta kort), mashq zali, sauna, 80 tomoshabinga moʻljallangan tribuna mavjud. Asosan, tennis seksiyasi ishlaydi. Seksiyada 200 kishi shugʻullanadi. Majmuada yosh tennischilar oʻrtasida shahar va respublika musobaqalari oʻtkaziladi. Yaqinida „Gʻafur Gʻulom“ va „Chorsu“ metro bekatllari joylashgan.
Manbalar
Adabiyotlar
Turkum:Toshkentdagi sport komplekslari Turkum:Chorsu Turkum:Tennis kortlari