Dota 2 — bu Valve korporatsiyasi tomonidan ishlab chiqarilgan MOBA (Multiplayer Online Battle Arena) janridagi oʻyin. Dota 2 DotAning davomi boʻlib, Warcraft III: Reign of Chaos va uning qoʻshimcha qismi Warcraft III: The Frozen Throne uchun maxsus xarita hisoblanadi. Har bir oʻyinda besh oʻyinchidan iborat ikkita jamoa ishtirok etadi, har bir ishtirokchi bittadan „qahramon“ni boshqariadi. Bir jamoa yaxshilik tomon uchun oʻynaydi (The Radiant), ikkinchisi — yovuzlar uchun (The Dire). Uchrashuvda gʻalaba qozonish uchun jamoa maxsus obyektni — dushman tomonga tegishli „Tron“ (Qadimiy kristall) vayron qilishi va oʻz „Tron“nini vayronagarchilikdan himoya qilishi kerak. Dota 2 free-to-play modelida ishlaydi. Defense of the Ancients singari, Dota 2 real vaqtda boshqariluvchi strategiya (RTS) hisoblanib, sichqoncha va klaviatura boshqaruvlaridan va izometrik koʻrinishni imitatsiya qiluvchi masofaviy koʻrinishdan foydalanadi. Oʻyinda onlayn-xaridlar amalga oshirish imkoni mavjud. Dota 2 qahramonlar uchun maxsus oʻyin rejimlari, turli xarita turlari va personajlar uchun maxsus narsalar yaratish hamda Steam ustaxonasi yordamida ularni Dota 2 ga qoʻshish imkoniyatini beradi. Dota 2 Steamdagi eng mashhur oʻyinlardan biri boʻlib, oʻzining takrorlanmasligi, ishlab chiqarish sifati va oʻzidan oldingi oʻyindan (DotA) ham qiziqarliroq bo'lganligi uchun tanqidchilardan ijobiy baho olgan. Oʻyinning asosiy kamchiliklari orasida oʻrganish qiyinligi hisoblanadi. Dota 2 — bu butun dunyo boʻylab professional jamoalar turli ligalar va turnirlarda raqobatlashadigan faol kibersport yo'nalishi hisoblanadi. Dota 2 o'yinidagi eng mashhur turnirlarining mukofot jamgʻarmasi millionlab dollarni tashkil etadi, bu musobaqalar bir necha marta kibersport tarixida eng katta jamgʻarmaga ega turnirlar qatoriga kirgan. Oʻyindagi eng yirik musobaqa har yili Valve tomonidan oʻtkaziladigan The International hisoblanadi. 2017/2018 yilgi mavsumdan boshlab, Valve professional liga — Dota Pro Circuit ni ham tashkil qiladi. Dota 2 ning katta turnirlari video striming xizmatlarida efirga uzatiladi, baʼzan bir vaqtning oʻzida milliondan ortiq tomoshabinni qamrab oladi.

Oʻyinning ishlab chiqarilishi

+ Microsoft Windows uchun minimum tizim talablariOperatsion tizim Windows 7 Markaziy protsessor Intel Pentium Dual-core, AMD 2.8 gers RAM hajmi 4 GBOvoz DirectX 9.0Videokarta nVidia GeForce 8600/9600GT, ATI/AMD Radeon HD2600/3600 Qattiq diskdagi boʻsh joy hajmi 15 GBTarmoq Internet

Dota seriyali oʻyinlar tarixi 2003-yilda Eul taxallusiga ega ishlab chiquvchi tomonidan yaratilgan Warcraft III: Reign of Chaos oʻyinining maxsus modifikatsiyasi boʻlgan Defence of Ancients (DotA) bilan boshlandi. Warcraft III uchun The Frozen Throne deb nomlangan qoʻshimcha qism oʻsha yilning oxirida chiqdi. Oʻyinning keyingi rivojlanishida DotA seriyasidagi modlar mashhurlik uchun raqobatlasha boshlashdi. Eng muvaffaqiyatli Guinsoo taxallusiga ega ishlab chiqaruvchi Steve Feak tomonidan ishlab chiqilgan DotA: Allstars boʻldi va u oʻzining doʻsti Steve Mescon bilan DotA hamjamiyatining rasmiy veb-saytini va DotA-Allstars, LLCni yaratishda hamkorlik qildi. 2005-yilda Feak DotA: Allstars ustida ishlashni toʻxtatgach, uning doʻsti IceFrog shu oʻyinning dizayneriga aylandi. DotA mashhurligi sezilarli darajada oshdi, modifikatsiya dunyodagi eng mashhur modifikatsiyalaridan biri bo'ldi va 2008-yilga kelib u kibersport turiga aylandi. 2009-yil may oyida Mescon bilan kelishmovchilik natijasida IceFrog playdota.com nomli yangi sayt ochdi. Valvening DotAga boʻlgan qiziqishi kompaniyaning bir qancha faxriy ishchilari, jumladan, Team Fortress dizayneri Robin Walker modning muxlislariga aylanib, uni faol oʻynashni boshlashganlarida paydo bo'ldi. Valve IceFrog bilan elektron pochta orqali DotA boʻyicha kelajakdagi rejalari haqida soʻrash niyatida bogʻlanadi va keyinchalik uni DotA ning davomini ishlab chiqishga rahbarlik qilish uchun yollaydi. IceFrog bu haqda birinchi marta 2009-yil oktyabr oyida oʻz blogida eʼlon qilgan edi. Valve 2010-yilning yozida Dota 2 tovar belgisiga ariza topshiradi. 2010-yil 13-oktyabrda Game Informer oʻyin portalida Dota 2 oʻyini 2011-yilda chiqarilishi eʼlon qilindi. Yaqinlashib kelayotgan oʻyinning eʼlon qilinishi oʻyinga qiziqishning ortishiga olib keladi va shu sababli Game Informer serverlari haddan tashqari ko'p foydalanuvchilari sababli ishdan chiqadi. 2011-yil 15-avgustda Dota 2ning rasmiy blogida oʻyinining treyleri eʼlon qilindi. Dota 2 avvaliga ikki yil davomida beta-test rejimida boʻlganidan soʻng 2013-yil iyul oyida rasman Steam platformasiga joylashtirildi. Dastlab, Dota 2 "Source" oʻyin dvigatelida chiqarildi, shundan soʻng u 2015-yilda "Source 2" dvigateliga koʻchirildi va Dota 2 ushbu dvigatelda ishlaydigan birinchi oʻyin boʻldi.

"Dota" nomi dastlab franchayzing nomi sifatida sotib olinganida ko'pchilik unga modifikatsiyaning qisqartmasi sifatida qaralgan edi. Kompaniya xodimi Erik Johnsonning taʼkidlashicha, bu nom qisqartma emas, balki oʻyinning oʻziga ishora qiladi, chunki u kundalik nutqda qoʻllanadi. Dota 2 eʼlon qilinganidan koʻp oʻtmay, Valve Dota nomli savdo belgisi uchun ariza berdi. 2011-yilda Gamescomda Valve bosh direktori Gabe Newell bu haqida izoh berib, allaqachon mashhur boʻlgan DotAning davomini ishlab chiqish uchun savdo belgisi kerakligini tushuntirdi. Dota nomini ommaviy domenga aylantirgandan soʻng, Feak va Mescon qarama-qarshi savdo belgisi DotA-Allstars, LLC nomidan „DOTA“ belgisini roʻyxatdan oʻtkazishdi. Blizzard Entertainment vitse-prezidenti Rob Pardo xuddi shunday tarzda DotA nomi modning oʻyinchilar hamjamiyatiga tegishli ekanligini aytdi. Blizzard DotA-Allstars, LLCni Riot Gamesdan sotib oldi va 2011-yil noyabr oyida Valvega qarshi eʼtiroz bildirdi, chunki Blizzardning Warcraft III World Editor va DotA-Allstars, LLCga egaligi butun franshizaga egalik huquqini daʼvo qilish uchun yetarli asos edi. Mojaro 2012-yil may oyida hal qilindi; "Dota" savdo belgisidan tijorat maqsadlarida foydalanish Valve tomonidan saqlanib qolindi, uchinchi shaxslar tomonidan nomdan notijorat maqsadlarda foydalanishga ruxsat berildi.

Dota 2 ni ishlab chiqish guruhining dastlabki maqsadi DotAning badiiy uslubini Source oʻyin dvigateliga moslashtirish edi. Tomonlarning nomlari "The Sentinel" va "The Scourge" — boshqa nomga bilan oʻzgartirildi: yorugʻ tomon "The Radiant" va qorongʻu tomon "The Dire". Moddagi qahramon nomlari, qobiliyatlari, artefaktlari va xarita dizayni asosan Blizzardga tegishli savdo belgilari tufayli baʼzi oʻzgarishlar bilan Dota 2 da saqlanib qoldi. Dota 2 dagi birinchi savol-javob sessiyasida IceFrog oʻyin modga asoslangan boʻlishi va avvalgisidan katta oʻzgarishlarga ega boʻlmasligi kerakligini tushuntirdi. Yangi oʻyinni yaratishga yordam berish uchun Valve DoTA hamjamiyatidan muhim hissa qoʻshuvchilarni, jumladan Eul va rassom Kendrik Limni yolladi. Dota 2 -da oʻyinchilar hamjamiyatining ishtirokida DotAni rivojlantirish anʼanasini davom ettirish uchun vaqti-vaqti bilan Valvedan tashqari manbalardan qoʻshimcha hissalar qoʻllangan. Warcraft III: Reign of Chaos ning bastakorlaridan biri Jason Hayes, shuningdek, Tim Larkin Dota 2 saundtrekini birgalikda yaratish uchun yollangan. Oʻyin Half-Life yozuvchisi Marc Laidlaw, fantast yozuvchi Ted Kosmatka va Steam vakili Kris Katz tomonidan ishlab chiqilgan boʻlib, ular artefaktlarning yangi nomlarini yaratishgan. Nolan North, Dave Fennoy, Jon St. John, Ellen McLain, Fred Tatasciore, Merle Dandridge, Jen Taylor Dota 2 ning ingliz tilidagi dublyajida ishtirok etishdi.

Oʻyinning taqdim etilishi Valve ishlab chiquvchilari tomonidan oʻyin keng qamrovli sinovdan oʻtkazilganidan soʻng, Dota 2 birinchi boʻlib 2011-yilda Gamescom taqdimotida oʻtkazilgan musobaqa The Internationalda ommaga taqdim etildi. Shu bilan birga, Valve oʻyinning yopiq beta-sinoviga taklifnomalar berishni boshladi, ularning birinchisi Gamescomda koʻp oʻtmay berildi. Tadbir davomida Gabe Newell Dota 2 2012-yilda chiqarilishini mumkinligini aytdi. 2011-yil sentabr oyida Valve oʻyinni ishlab chiqarish rejalarini vaqtinchalik to'xtatdi, shundan soʻng oʻyin bir yildan ortiq vaqt davomida beta-test bosqichida yana sinovdan oʻtkazildi. IceFrog tomonidan eʼlon qilingan yangi rejalarda oʻyinning beta-versiyasini imkon qadar tezroq boshlash va DotAdagi qoʻshimcha qahramonlarni Dota 2 ga qoʻshish edi . Shu baqtda, Valve oshkor qilmaslik toʻgʻrisidagi kelishuvni bekor qildi, beta-test ishtirokchilariga muammolarni oʻzaro muhokama qilish va oʻyin haqidagi taassurotlarini aytishga ruxsat berildi. Taxminan ikki yillik beta-sinovdan soʻng Dota 2 rasmiy ravishda 9-iyulda Windows uchun Steam va macOSda, Linux uchun esa 2013-yilning 18-iyulida chiqarildi.

Oʻyin jarayoni Uchrashuvning oʻnta ishtirokchisining har biri qahramon deb ataladigan bitta personajni boshqaradi; oʻyinchilar 123 ta qahramondan birini tanlaydilar, ularning har biri oʻziga xos koʻrinishga, zaif va kuchli tomonlarga, shuningdek noyob qobiliyatlar toʻplamiga, shu jumladan ularning eng kuchlisi — Ultimatega (yakuniy qobiliyat) egalar. Oʻyin davomida oʻyinchi maʼlum bir rolni bajaradi, masalan, „Carry“ yoki „Support“ .Oʻyin qahramonlari oʻz qobiliyatlaridan kelib chiqib maʼlum bir rolga koʻproq mos kelishi mumkin. Oʻyin davomida qahramon tajriba ballarini toʻplashi (EXP), oltin tangalarni yigʻishi, uni kuchaytiradigan yoki unga qoʻshimcha qobiliyat beradigan narsalarni sotib olishi mumkin. Carry koʻpincha oʻyin boshida nisbatan kuchsiz boʻladi, lekin tajriba ochkolariga ega boʻlgach, ular kuchayib boradilar va dushmanlarni osongina magʻlub etish va oxir-oqibat butun jamoa uchun gʻalaba qozonish imkonini beradigan qobiliyatlarga ega boʻlishadi. Support qobiliyatlariga ega qahramonlar jamoadoshlariga yordam koʻrsatishga imkon beradi — masalan, ularning mudofaasini oshirish yoki yoʻqolgan sogʻliq parametrlarini tiklash. Agar qahramonning sogʻliq ballari nolga tushirilsa, masalan, u dushman qahramoni tomonidan jangda magʻlub boʻlsa — qahramon qisqa vaqt ichida „oʻlgan“ deb hisoblanadi; bu vaqt oxirida qahramon oʻz qal’asi yonidagi favvora yonida yana paydo boʻladi va uni boshqaradigan oʻyinchi oʻyinni davom ettirishi mumkin. Dushman qahramonini yoʻq qilish uni yoʻq qilgan oʻyinchiga katta miqdordagi oltin tangalar va tajriba ballini beradi.

Har bir oʻyin oʻziga xos turdagi kvadrat xaritada boʻlib oʻtadi, u yerda ikkala jamoaning qal’alari qarama-qarshi burchaklarda joylashgan va oʻyinchilar ushbu qal’alarni bogʻlaydigan yoʻllar — „lane“lar (chiziqlar) boʻylab tarqalib ketishadi. Oʻyinchilarning oʻzlariga qoʻshimcha ravishda, oʻyinda kompyuter tomonidan boshqariladigan mavjudotlar — „creep“lar va qoʻzgʻalmaydigan obyektlar — „Tower“ (minoralar) mavjuddir. Kompyuter tomonidan boshqariladigan obyektlar ikki tomonda ham mavjud, ular ham jangda qatnashadilar, dushman qahramonlari va creeplariga hujum qiladilar va shu bilan oʻz jamoasiga yordam beradilar. Xaritaning koʻp qismini qoplagan urush tumanlari oʻyinchilarga dushman harakatlarini kuzatishga toʻsqinlik qiladi.

Qahramonlarning pozitsiyalari (rollari). "Rol" tushunchasi oltin va tajribani jamoadagi qahramonlar oʻrtasida taqsimlash bilan bogʻliq. Xaritadagi resurslar miqdori cheklanganligi sababli, DotA birinchi marta ishlab chiqilgan kunlaridayoq qahramonlar oʻrtasida oltin va tajribani teng taqsimlash maqbul yoʻl emasligi maʼlum boʻldi: raqib jamoasiga maksimal zarar yetkazuvchi qahramon eng koʻp oltinga ega bo'lsa, jamoa koʻproq ustunlikka ega boʻladi, ularga yordam beruvchi rollar esa faqatgina kerakli kam sonli artefaktlar bilan cheklanishadi.Quyida oltinga ehtiyoj darajasiga ko'ra rollar keltirilgan: