Devid Kristal, OBE , FBA , FLSW , FCIL kabi ilmiy unvonlarga erishgan (1941-yil 6-iyulda tugʻilgan) — britaniyalik tilshunos, akademik va yozuvchi.
Oilasi Kristal 1941-yil 6-iyulda Shimoliy Irlandiyaning Lisbern shahrida onasi Blits paytida evakuatsiya qilinganidan keyin tugʻilgan. U bir yoshga toʻlmasdan, ota-onasi ajralishdi. U bolalik paytlarida otasidan uzoqda yashadi va otasi haqidagi ma'lumotlardan bexabar edi, lekin keyinchalik (ishidagi tanishlari va oʻgay akasi orqali) Londondagi doktor Samuel Kristalning hayoti va faoliyati, bundan tashqari uning yarim yahudiy merosi haqida bilib oldi. U onasi bilan Shimoliy Uelsning Xolihed va Angliyaning Liverpul shaharlarida oʻsgan va u yerda 1951-yildan Sent-Meri kollejida oʻqigan Kristal Rim-katolik dinidadir .
Hozir u sobiq nutq terapevti boʻlgan, hozir esa bolalar adabiyoti yozuvchisi boʻlgan rafiqasi Xilari bilan Xolihedda yashaydi. Uning toʻrt nafar voyaga yetgan farzandi bor. Uning oʻgʻli Ben Kristal ham yozuvchi boʻlib, otasi bilan birga toʻrtta kitob yozgan.
Karyera Kristal 1959-1962 yillarda London Universitet kollejida ingliz tilini mutaxassisligida oʻqigan va 1962-1963 yillarda Rendolf Kvirk qoʻl ostida tadqiqotchi sifatida, Ingliz tilidan foydalanish boʻyicha tadqiqot ustida ishlagan. Oʻshandan beri u Bangor universiteti va "Reading" nomli universitetda ma'ruzalar oʻqigan va Bangorda tilshunoslik boʻyicha faxriy professor hisoblanadi. Akademiyadan asosiy ishchi sifatida nafaqaga chiqqach, u yozuvchi, muharrir va maslahatchi boʻlib ishlaydi, shu orqali televideniye va radioeshittirishlarga hissa qoʻshadi. Uning Bi-bi-si bilan aloqasi juda keng. Ya'ni dastlab BBC Radio 4 -ning til masalalariga bagʻishlangan seriyasida hamkorlikni boshlagan boʻlsa, hozirgi kunda esa yaqinda tashkil qilingan ingliz tilini oʻrganayotganlar uchun BBC Jahon Xizmati veb-saytidagi podkastlarda ham ishtirok etadi.
Kristal 1995-yilda OBE (Britaniya Imperiyasi Ordeni) bilan taqdirlangan va 2000-yilda Britaniya akademiyasining a'zosi boʻlgan U, shuningdek , Uels Ta'lim jamiyati asoschisi va Uyushgan Tilshunoslar Institutining a'zosi hisoblanadi. Uning koʻplab ilmiy qiziqishlari sirasiga ingliz tilini oʻrganish va oʻqitish, klinik tilshunoslik, sud-tibbiy tilshunoslik, til oʻlimi (tilni muomaladan chiqishi), "ludik lingvistika" (til oʻyinini oʻrganish uchun Kristalning fanga kiritgan neologizmi), uslub, ingliz janri, Shekspir, indekslash va leksikografiya kiradi . U chet tili sifatida ingliz tili oʻqituvchilari xalqaro assotsiatsiyasining (IATEFL) homiysi, Chartered Institute of Editing and Proofreading (CIEP) faxriy prezidenti va Buyuk Britaniya Milliy Savodxonlik Assotsiatsiyasi homiysi. bundan tashqari u Babel - tilga bagʻishlangan jurnal uchun maslahatchi boʻlib, u uchun maqolalar ham yozib turadi.
Ish Kristal turli mavzularda 120 dan ortiq kitoblarning muallifi, hammuallifi va tahrirchisi hisoblanadi. Shuningdek u manbalarni tahrirlash boʻyicha ham ish olib borgan. Ular orasida taniqlilari: (muallif sifatida) Kembrij entsiklopediyasi (1987, 1997, 2010) va Kembrij entsiklopediyasi . Ingliz tili (1995, 2003, 2019) va (muharrir sifatida) Kembrij biografik lugʻati, Kembrij fakt topuvchisi, Kembrij entsiklopediyasi va Yangi pingvin ensiklopediyasi (2003) Bundan tashqari , u pyesalar va she'rlar yozgan.. U kitobxonlar uchun tilshunoslik va ingliz tiliga oid bir nechta kitoblarni nashr etdi, bu kitoblarning muvaffaqiyati shundaki ularda texnik materiallarni qulay tarzda etkazish uchun turli xil grafikalar va qisqa insholardan foydalanilgan. Kristal oʻzining "Standart ingliz tili nima" nomli maqolasida yozishicha global miqyosda ingliz tili ikkiga boʻlinadi va ular bir-biri bilan birlashadi, mahalliy shevalarda soʻzlashuvchilar bir-birini tushunishlari vaqt oʻtgani sari nisbatan qiyin boʻlib qoladi va shuning uchun u Jahon standartiga mos ogʻzaki ingliz tili deb ataydigan atamani muhumligini aytib oʻtadi (shuningdek, Xalqaro ingliz tiliga qarang).
Oʻzining 2004-yilda nashr etilgan ingliz tilining umumiy tarixi haqida hikoya qiladigan "Ingliz tilining hikoyalari" kitobida u til xilma-xilligi va odatda "nostandart" deb hisoblangan ingliz tilining navlariga nisbatan paydo boʻlgan muhimlilikni tasvirlaydi. 2009-yilda u oʻzining avtobiografik memuarini 'Routledge' nashriyoti tomonidan nashr etdi va uni"Just a Phrase I'm Going Through: My Life in Language" deb nomladi. Bu uning uchta ma'ruzasi jamlangan kitob boʻlib, kitobning DVD shakli bilan bir vaqtda chiqarilgan. Uning “ Spell It Out: The Curious, Enthralling and Extraordinary Story of English Spelling” (2013) nomli kitobida ingliz tilidagi ba’zi soʻzlarni talaffuz qilish nima uchun qiyinligi tushuntirilgan. Uning mantiqiy davomi boʻlgan kitobi “Makking a Point: The Pernickety Story of English Punctuation ” 2015-yilda 'Profile Books' (Buyuk Britaniya) va 'St. Martin’s Press' (AQSh) nashrlarida chop etilgan.
Kristalning hozirgi kundagi yangi tadqiqot sohasi - Internet tilshunosligi boʻlib, bu mavzu boʻyicha "Til va Internet" (2001) nomli kitobni nashr etdi. Crystalning Txtng: The Gr8 Db8 (2008) kitobi matn tili va uning jamiyatga koʻrsatadigan ta'siriga qaratilganGr8 db8r takes on linguistic luddites, The Guardian..
2001-yildan 2006-yilgacha Kristal "Crystal Reference Systems Limited" kompaniyasi raisi boʻlib ishlagan, bu kompaniya esa manba kontenti, Internet qidiruvi va reklama texnologiyalari ta'minotchisi sifatida faoliyat olib boradi.. Kompaniyaning iSense va Sitescreen mahsulotlari patentlangan Global Data Modeliga asoslangan boʻlib, Kristal 1980-yillarning boshida ishlab chiqqan va 1990-yillarning oʻrtalarida Internetda foydalanish uchun moslashtirilgan murakkab semantik tarmoq boʻlgan . Bularga semantik maqsad texnologiyasi ('Add pepper media' (online marketing kompaniyasi) tomonidan iSense sifatida sotuvga olib chiqilgan) va brendni himoya qilish texnologiyasi ('Emediate ApS' tomonidan SiteScreen sifatida sotiladi) kiradi. iSense texnologiyasi Buyuk Britaniya va Qoʻshma Shtatlarda patent borasida kun mavzusi hisoblanadi. Kompaniya Ad Pepper Media NV tomonidan sotib olinganidan soʻng ham, u 2009-yilgacha kompaniyaning ilmiy-tadqiqot ishlari boʻyicha direktori lavozimida ishladi
Kristal Holyhead monastirini vayron boʻlishdan qutqarish namoyishida muvaffaqiyatli qatnashib, Ucheldre markazining yaratilishiga sabab boʻldi.
Shekspir asarlari bilan bogʻliqlik Ingliz tilining evolyutsiyasi boʻyicha mutaxassis sifatida u 2004- va 2005-yillarda Shakespeare's Globe(teatr) Shekspir spektaklini yaratishda ishtirok etgan, sababi oʻsha paytda u Shekspir davridagi talaffuzga asoslangan " Asl talaffuz " nomli kitob ustida ishlayotgan edi va oʻsha orqali aktyorlarga tegishli talaffuzni oʻrgatgan. Oʻsha vaqtdan beri OPda ijro etilgan bir qancha boshqa Shekspir pyesalari, jumladan, "Yoz oqshomidagi tush", " Gamlet ", " Makbet ", " Perikl ", "Venetsiyalik savdogar" va " Genri V " kabi sahna asarlarida maslahatchi boʻlganRobert Siegel, "Shakespeare's Tongue, Heard at the Globe", All Things Considered (NPR), 19 July 2005. Retrieved 13 September 2013..
Bibliografiya
Kitoblar
Crystal, David and Quirk, Randolph (1964). Systems of Prosodic and Paralinguistic Features in English. The Hague: Mouton. Crystal, David (1965). Linguistics, Language and Religion. London: Burns & Oates. Crystal, David (1968). What is Linguistics?. London: Edward Arnold. Crystal, David and Davy, Derek (1969). Investigating English Style. London: Longman. Crystal, David and Boulton, W.F. (eds.) (1969). The English Language: Essays by Linguists and Men of Letters, Vol. 2 1858-1964. Cambridge: Cambridge University Press. Crystal, David (1969). Prosodic Systems and Intonation in English. Cambridge: Cambridge University Press. Crystal, David (1971). Linguistics. Harmondsworth: Penguin. Crystal, David and Davy, Derek (1975). Advanced Conversational English. London: Longman. Crystal, David (1975). The English Tone of Voice: Essays in Intonation, Prosody and Paralanguage. London: Edward Arnold. Crystal, David, Fletcher, Paul and Garman, Michael (1976). The Grammatical Analysis of Language Disability: A Procedure for Assessment and Remediation. London: Edward Arnold. Crystal, David (1976). Child Language, Learning and Linguistics. London: Edward Arnold. Crystal, David (1979). Working with LARSP. London: Edward Arnold. Crystal, David (ed.) (1980). Eric Partridge in His Own Words. London: Deutsch. Crystal, David (1980). Introduction to Language Pathology. London: Edward Arnold. Crystal, David (1981). Clinical Linguistics. Vienna & New York: Springer. Crystal, David (1981). Directions in Applied Linguistics. Academic Press. Crystal, David (ed.) (1982). Linguistic Controversies. London: Edward Arnold. Crystal, David (1982). Profiling Linguistic Disability. London: Edward Arnold. Crystal, David (1984). Who Cares About English Usage?. Harmondsworth: Penguin. Crystal, David (1984). Linguistic Encounters with Language Handicap. Oxford: Blackwell. Crystal, David (1986). Listen to Your Child: A Parent's Guide to Children's Language. Harmondsworth: Penguin. Crystal, David (1988). The English Language. Harmondsworth: Penguin. Crystal, David (1991). Making Sense of English Usage. Edinburgh: Chambers Crystal, David (1991). Language A to Z with David Crystal: Key Stage 3: Pupil's Book 1. London: Longman. Crystal, David (1991). Language A to Z with David Crystal: Key Stage 4: Pupil's Book 2. London: Longman. Crystal, David (1991). Language A to Z with David Crystal: Teacher's Book for Stages 3 and 4. London: Longman. Crystal, David (1992). Introducing Linguistics. Harmondsworth: Penguin. Crystal, David (ed.) (1992). Nineties Knowledge. Edinburgh: Chambers. Crystal, David (1997). English as a Global Language. Cambridge: Cambridge University Press. Crystal, David (1998). Language Play. Harmondsworth: Penguin. Crystal, David and Crystal, Hilary (2000). Words On Words: Quotations About Language and Languages. Harmondsworth: Penguin. Crystal, David (2000). Language Death. Cambridge University Press. Crystal, David (2001). Language and the Internet. Cambridge University Press. Crystal, David (2004). The Language Revolution. Cambridge: Polity Press Crystal, David (2004). The Stories of English. London: Penguin / New York: Overlook Press. Crystal, David and Crystal, Ben (2005). The Shakespeare Miscellany. London: Penguin. Crystal, David (2005). Pronouncing Shakespeare: The Globe Experiment. Cambridge: Cambridge University Press. Crystal, David (2006). Words Words Words. Oxford: Oxford University Press. Crystal, David (2006). By Hook or by Crook; A Journey in Search of English. London: HarperCollins. (Published in the US in 2009 as Walking English: A Journey in Search of Language) Crystal, David (2006). As They Say in Zanzibar: Proverbial Wisdom from Around the World. London: HarperCollins. Crystal, David (2006). The Fight for English. Oxford: Oxford University Press. Crystal, David (2006). How Language Works: How Babies Babble, Words Change Meaning, and Languages Live or Die. London: Penguin. Crystal, David (2008). Txtng: The Gr8 Db8. Oxford: Oxford University Press. Crystal, David (2008). Think on my Words: Exploring Shakespeare's Language. Cambridge: Cambridge University Press. Crystal, David (2009). Just a Phrase I'm Going Through: My Life in Language. London and New York: Routledge. Crystal, David (2009). John Bradburne on Love. Holyhead: Holy Island Press Crystal, David (2010). A Little Book of Language. New Haven and London: Yale University Press. Crystal, David (2010). Begat: The King James Bible and the English Language. Oxford: Oxford University Press. Facchinetti, Roberta, Crystal, Crystal and Seidlhofer, Barbara (eds.) (2010). From International to Local English – And Back Again. Bern: Peter Lang. Crystal, David (2010). Evolving English: One Language, Many Voices. An Illustrated History of the English Language. London: British Library.