Emre Ali Akbaba () (1992-yil 4-oktyabrda tugʻilgan) — turkiyalik professional futbolchiTurkiyaning Superligadagi „Galatasaroy“ klubida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.
Jamoalardagi faoliyati
Galatasaroy
2018\2019-yilgi mavsum 2018-yilning 18-avgust kuni Galatasaroy tomonidan berilgan bayonotda Emre Akbaba va uning klubi Alanyaspor bilan futbolchining transferi borasida kelishuvga erishilgan. Shunga koʻra, futbolchining sobiq klubiga 4 000 000 yevro transfer narxi toʻlangan. Futbolchining oʻzi bilan 2018\19-yilgi futbol mavsumidan boshlab 3 mavsum uchun kelishuvga erishilgan. Shunga koʻra, har bir futbol mavsumi uchun futbolchiga 1,750,000 yevro miqdorida aniq transfer toʻlovi toʻlanishi belgilangan.
2019\2020-yilgi mavsum 2019-yil 11-may kuni Superliganing 32-haftasida „Galatasaroy“ „Chaykur Rizespor“ mehmoni boʻlgan, oʻyinning ikkinchi yarmida Akbaba jarohat olgan.
61-daqiqada Rayan Donk oʻrniga maydonga tushgan Akbaba 67-daqiqada Brayan Samudioning qoʻplligidan keyin yiqilgan. Futbolchining oʻng oyogʻi singanligi sababli maydonni tark etgan.
2020\2021-yilgi mavsum 2020-yil 15-yanvarda Galatasaroy texnik direktori Fotih Terim 8 oydan keyin maydonga qaytgan Akbabani Chaykur Rizespor oʻyinida sardor sifatida maydonga olib chiqgan. Turk milliy futbolchisi oʻyinning 39-daqiqasida urgan goli bilan hisobni 1:1 koʻrinishiga olib kelgan.
2021\2022-yilgi mavsum Shartnomasi 2021-yil 4-iyulda yakuniga yetgan Akbaba va Galatasaroy oʻrtasida yangi 2 yillik shartnoma imzolangan.
Alanyaspor (ijara) 2021-yilning 4-iyulida Galatasaroy Akbabaning 2021\22-yilgi mavsum oxirigacha „Alanyaspor“ bilan vaqtincha transferi boʻyicha kelishuvga erishilgani eʼlon qilingan.
Xalqaro faoliyati Emre Montfermeyl shahrida turk millatiga mansub fransuz oilasida tugʻilgan. Emre Turkiya milliy futbol B jamoasi tarkibida Italiya U21 terma jamoasi ustidan 2:2 (3:5) hisobida gʻalaba qozongan.
Faoliyat statistikasi
Klub KlubMavsumLigaLigaKubokYevropaBoshqaJamiOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGol1920 Maraşspor2012—2013TFF Uchinchi Liga15100——151Jami151000000151Alanyaspor2013—2014TFF IkkinchiLiga371520——39152014—2015TFF Birinchi Liga241121——26122015—2016TFF Birinchi Liga17800——1782016—2017Süper Lig33610——3462017—2018Süper Lig321420——34142018—2019Süper Lig1000——10Jami1445471000015155Antalyaspor2015—2016Süper Lig8072——152Jami80720000152Galatasaray2018—2019Süper Lig1623120002132019—2020Süper Lig1742200001962020—2021Süper Lig234300000264Jami56108320006613Karyerada jami22365226200024771
Xalqaro Turkiya terma jamoasi YilOʻyin Gol 2017 1 1 2018 5 2 2019 0 0 2020 0 0 2021 0 0 Jami 6 3
Xalqaro maydondagi gollar № Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa 1.13.11.2017 Yangi Antaliya stadioni, Antaliya, Turkiya 2 — 3 2-3Oʻrtoqlik 2.10.09.2019 Doʻstlar Arena, Solna, Shvetsiya 2 — 2 3-2 2018—2019 UEFA Millatlar ligasi B 3. 3 — 2
Yutuqlar ; Galatasaroy
Superliga : 2018—2019 Turkiya Kubogi : 2018—2019 Super Kubok : 2019
Shaxsiy hayoti Akbaba 2016-yil noyabr oyida Yasemin Injen bilan oila qurgan.
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Fransiyalik erkak futbolchilar Turkum:Turkiyalik erkak futbolchilar
Turkum:Eyupspor futbolchilari Turkum:Sportchilar