2000-yilgi OFK Osiyo kubogi finali 2000-yilgi Osiyo kubogi — gʻolibini aniqlash uchun oʻtkazilgan futbol oʻyini boʻlib, Osiyo Futbol Konfederatsiyasiga aʼzo assotsiatsiyalarning erkaklar terma jamoalari oʻrtasida toʻrt yilda bir marta oʻtkaziladigan musobaqa gʻolibini aniqlab beradi. Oʻyin 2000-yil 20-oktabrda Livanning Bayrut shahridagi Camille Chamoun Sports City stadionida boʻlib oʻtdi va unda Yaponiya va Saudiya Arabistoni oʻrtasida bahs boʻlib oʻtadi.
Yaponiya OFK Osiyo Kubogi finalida oʻzining yagona gʻalabasini 1992-yilgi turnirga mezbonlik qilgan paytda qoʻlga kiritgan boʻlsa, Saudiya Arabistoni esa ketma-ket besh marta ushbu kubokda gʻolib chiqqan. 1992-yilgi finalda Yaponiya Saudiya Arabistoni terma jamoasi ustidan 1:0 hisobida gʻalabaga erishgan. Yaponiya darvozaboni Yoshikatsu Kavaguchi Saudiya Arabistoni terma jamoasi futbolchilari tomonidan berilgan koʻplab zarbalarini qaytarib koʻrsatgan seyvlari uchun unga „Oʻyinning eng yaxshi futbolchisi“ sovrini taqdim etildi.
Stadion Livanning Bayrut shahrida joylashgan Camille Chamoun Sports City Stadium 2000-yilgi Osiyo Kubogi finaliga mezbonlik qildi. 49 500 oʻrinli stadion 1957-yilda qurilgan boʻlib, asosan Livan milliy futbol jamoasi tomonidan foydalaniladi. Bu 2000-yilgi Osiyo Kubogiga mezbonlik qilish uchun foydalanilgan asosiy stadion edi. Stadionda oltita oʻyin oʻtkazildi, shu jumladan ochilish oʻyini va final.
Oʻyin
Umumiy tavsif Uchrashuv mahalliy vaqt bilan 16:00 da Bayrutdagi Camille Chamoun Sports City stadionida 49 500 tomoshabinning tashrifida boshlandi. Oʻyinning 10-daqiqasida yaponiyalik yarim himoyachi Shigeyoshi Mochizuki raqib yarim himoyachisi Talal Al-Meshalga qarshi jarima maydonchasida qoʻpollik ishlatdi, ammo Saudiya Arabistoni hujumchisi Hamza Idris penaltini golga aylantira olmadi. Shunsuke Nakamuraning chap qanotdan jarima maydonchasiga uzatmasidan soʻng Mochizuki yaqin masofadan gol urdi. Yaponiya ikkinchi bor gol urishga yaqin keldi, hujumchi Naohiro Takahara yaxshi imkoniyatdan foydalana olmadi. 42-daqiqada Nakamuraning zarbasidan keyin toʻp darvoza toʻsiniga tegdi, ushbu vaziyatda Yaponiya dublga erishish imkoniyatiga ega boʻlgandi, ammo hisob oʻzgarmadi.
Oʻyinning ikkinchi boʻlimida Saudiya Arabistoni oʻzining hujumkor oʻyinlari bilan javob qaytardi va oʻyinni oʻz tarafiga ogʻdirdi. Zaxiradan maydonga tushgan Muhammad Al-Shalxub va yarim himoyachi Navaf Al-Temyat oʻyini sezilarli darajada oʻzgartirdi. Al-Shalxub hujumidan soʻng yaponiyalik darvozabon Yoshikatsu Kavaguchini 59-daqiqada ajoyib seyv namoyish etdi. Oradan 5 daqiqa oʻtib Al-Meshalning boshi bilan uzatgan toʻpini ham Kavaguchi qaytardi.
Yaponiyalik hujumchi Atsushi Yanagisava 80-daqiqadan soʻng oʻyinning tugashiga atigi 7 daqiqa qolganda maydonga tushdi. Kavaguchi 87-daqiqada Navaf Al-Temyatning 25 metrlik masofadan yoʻllagan zarbasini qaytardi va uchrashuvdagi eng yaxshi seyvni namoyish etdi. Uchrashuv 1:0 hisobida Yaponiya foydasiga yakunlandi va ushbu oʻyinda Kavaguchi „Eng yaxshi futbolchi“ sovrini bilan taqdirlandi.
Tafsilotlar
YaponiyaSaudiya Arabistoni GK1Yoshikatsu KawaguchiCB3Naoki MatsudaCB4Ryuzo Morioka (c)CB6Toshihiro HattoriRM8Shigeyoshi MochizukiCM24Tomokazu MyojinCM10Hiroshi NanamiLM12Hiroaki MorishimaAM14Shunsuke NakamuraCF9Naohiro TakaharaCF29Akinori NishizawaZaxira:FW13Atsushi YanagisawaMF15Daisuke OkuMF30Shinji OnoMurabbiy: Philippe TroussierGK1Mohamed Al-DeayeaCB3Mohammed Al-KhilaiwiCB12Ahmed DokhiCB13Saleh Al-SaqriRWB16Fouzi Al-ShehriLWB23Ahmed Khalil Al-Dosari (c)RM19Hamzah IdrisCM17Abdullah Al-WakedLM29Talal Al-MeshalAM18Nawaf Al-TemyatCF9Sami Al-JaberZaxira:MF20Mohammad Al-ShalhoubMF14Marzouk Al-OtaibiMurabbiy: Milan Máčala Uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi: Yoshikatsu Kavaguchi (Yaponiya)
Manbalar
Turkum:AFC Osiyo Kubogi finallari