Lyndsy Marie Fonseca (1987-yil 7-yanvarda tugʻilgan)—amerikalik aktrisa. U oʻz karerasini 2001 va 2005-yillar oraligʻida suratga olingan CBS seriali "The Young and the Restlesd " serialida Kollin Karlton rolini oʻynashdan boshlagan. Shundan soʻng u bir qator filmlarda rol oʻynagan jumladan, CBS telekanalidagi „ Men onang bilan qanday tanishdim“ serialida Penni Mosbi, HBO telekanalining " Big Love " serialidagi Donna va ABC " Desperate Housewives " serialining toʻrtinchi mavsumida Dilan Meyfeyr rollari kiradi.

Yoshligi Fonseca Kaliforniyaning Oklend shahrida Lima Linning va Jeyms Viktor Fonseca oilasida tugʻilgan„Lyndsy Fonseca“. TV Guide. Archived from the original on July 13, 2015. Retrieved January 5, 2017.. Keyinchalik uning onasi advokat Reid Dvorkinga turmushga chiqdi Fonseca San-Fransiskodagi Barbizon modellashtirish va aktyorlik maktabida kursni tugatgan. va 12 yoshida Los-Anjelesga koʻchib oʻtgan. Koʻp oʻtmay "The Young and the Restless" serialida suratga tushgan

Faoliyati 2005-yilda Fonseca „ How I Met Your Mother“ filmida va HBO telekanalining " Big Lovr " serialida rol oʻynagan. U 2005-yilgi Hallmark „ Ordinary Miracles „ filmida 16 yoshli jinoyatchi qiz rolini oʻynagan.. 2007-yil oxirida Fonseca “Remember the Dazlr“ filmida Dawn rolini oʻynagan.

U ABC telekanalining " Desperate Housewives " serialining toʻrtinchi mavsumida Ketrin Meyfeyrning (Dana Delani) qizi Dylan Meyfeyr rolini ijro etgan. 2008-yilda u " Desperate Housewives " komediya serialidagi ansamblning ajoyib ijrosi uchun Screen Actors Guild Awards mukofotiga nomzod boʻlgan.

Fonseca 2010-yilda „ Kick-Ass “ super qahramon haqidagi filmda Keti Deauxma rolini oʻynagan. 2010-yilda Fonseca CW Nikita teleserialida yangi ishga qabul qilingan Aleks roli uchun tanlangan. serialda Nikita aktyorlari tarkibiga uning Kick-Ass filmidagi hamkasbi Xander Berkli va uning boʻlajak turmush oʻrtogʻi, hamkasbi Noa Bin ham rol oʻynagan.

Shaxsiy hayoti Fonseca 2009-yil aprel oyida Metyu Smayliga turmushga chiqgan. Er-xotin 2012-yil iyul oyida ajralishgan.

2016-yil fevral oyida Fonseca oʻzining Nikita serialidagi hamkasbi, aktyor Noa Bin bilan unashtirilganini eʼlon qildi. U va Bin 2016-yil 2-oktabrda Konnektikutda turmush qurishdi. Fonseca va Binning 2018-yil fevral oyida tugʻilgan qizi bor. 2022-yil iyun oyida er-xotinning ikkinchi qizi dunyoga keldi.

Fonseca 2010-yilda "MaximHot 100 " roʻyxatida 62-oʻrinda, 2011-yilda esa 88-oʻrinda qayd etilgan.

Filmografiyasi

Film Yil Sarlavha Rol Izohlar 2006-yilIntellectual Property Jenni 2007-yilRemember the Daze Tong 2010-yilKick-Ass Keti Deauxma 2010-yilHot Tub Timr Machine Jenni 2010-yilThe Ward Iris 2011-yil Fort Makkoy Anna Gerki 2013-yil Kick-Ass 2 Keti Deauxma 2015-yilThe Escort Natali 2016-yilMoments of Clarity Danielle 2017-yilCurvature Helen TBASpinning Gold Joys Biavits Post-ishlab chiqarish

Televideniye YilSarlavhaRolEslatma2001-2005The Young and the RestlessColleen CarltonDoimiy rol2003Boston PublicJenn Cardell2004Malcolm in the MiddleOlivia2004NYPD BlueMadison Bernstein2004Switched!Herself2005I Do, They DonʼtSandy BarberTelevizion film2005Ordinary MiraclesSally Anne PowellTelevizion film2005Cyber Seduction: His Secret LifeAmyTelevizion film2005-2014How I Met Your MotherPenny MosbyDoimiy rol2006WaterfrontAnnabelle Marks2006-2009Big LoveDonna2006Phil of the FutureKristy2007Close to HomeJessica Conlon2007CSI: Crime Scene InvestigationMegan Cooper2007HouseAddie2007HeroesApril2007-2009Desperate HousewivesDylan Mayfair2010-2013NikitaAlex UdinovBosh rol2011FiveCheyanneTelevizion film2015-2016Marvel’s Agent CarterAngie Martinelli2015-2016GrandfatheredFrankie2016RePlayAllison2016The World’s Biggest AssholeSarah2016PitchCara2017The HauntedJuno Bradley20209-1-1: Lone StarIris Blake2020You Canʼt Take My DaughterAmy ThompsonTelevizion film2021Turner & HoochLaura TurnerBosh rol2021Next Stop, ChristmasAngieTelevizion film2022North to HomePosyTelevizion film Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Amerikalik televideniye aktrisalari Turkum:1987-yilda tugʻilganlar Turkum:Amerikalik aktrisalar Turkum:Amerikalik bola aktrisalar