Yuan XinyueframelessShaxsiy maʼlumotlarLaqabiBig Apple (大苹果)MillatixitoylikTugʻilishi (1996-12-21) 21-dekabr 1996 (age 25)Chongqingboʻyi2.01 m (6 ft 7 in)Vazni78 kg (172 lb)Voleyboldagi oʻrniPositsiyasioʻrta BlokerHozirgi jamoasiBayiraqami1 (NT) 8 (klub)FaoliyatiYillarJamoalar2013—2014-yil2014-hoziga qadarGuangdong EvergrandeBayiTerma jamoa2014-hozirga qadarXitoy terma jamoasi Mukofotlar VoleybollOlimpiada oʻyinlari center|80x80pxlink=|16x16px|Gold medal — first place2016-yil Rio de JaneyrojamoaviyJahon chempionatilink=|16x16px|Silver medal — second place2014-yil Italiyajamoaviylink=|16x16px|Bronze medal — third place2018-yil YaponiyajamoaviyJahon chempionati kubogilink=|16x16px|Gold medal — first place 2015-yi Yaponiyajamoaviylink=|16x16px|Gold medal — first place 2019-yil Yaponiya jamoaviyJahon chempionlari kubogi link=|16x16px|Gold medal — first place2017-yil Yaponiya jamoaviyVoleybol Millatlar Ligasi link=|16x16px|Bronze medal — third place2018-yil NanjingjamoaviyOsiyo oʻyinlarilink=|16x16px|Gold medal — first place2018-yil Jakarta-PalembangjamoaviyOsiyo chempionatilink=|16x16px|Gold medal — first place2015-yil Tianjinjamoaviy Yuan Xinyue (xitoycha: 袁心玥; oʻqilishi: Yuán Xīnyuè; 1996-yil 21-dekabrda tugʻilgan) — xitoylik ayol voleybolchi, oʻrta blocker sifatida oʻynaydi. U Xitoyning ayollar milliy voleybol jamoasi aʼzosi va 2014-yildan beri Bayi jamoasi safida oʻynaydi. 2,01 m lik boʻy bilan Yuan Xinyue Xitoy voleybol boʻyicha ayollar terma jamoasi tarixidagi eng baland boʻyli oʻyinchi hisoblanadi. Uning baland boʻyi unga voleybolda boshqalarga nisbatan yaxshiroq oʻynash imkonini beradi. U jamoadoshlari Chju Ting va Chjan Changning bilan birga jamoaning asosiy oʻyinchilaridan biri hisoblanadi.
Karyerasi Yuan Xinyue professional voleybolchi sifatida milliy musobaqalarda Xalq Ozodlik Armiyasi vakili boʻlgan Bayi jamoasida faoliyatini boshlagan. Uning 2013-yilgi 18 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatidagi ajoyib oʻyini tufayli, eng qimmat oʻyinchi sifatida eʼtirof etilgani Xitoy voleybol boʻyicha ayollar terma jamoasi bosh murabbiyi Lang Pingning eʼtiborini tortdi. Oʻsha yili u kattalar jamoasining tarkibiga qoʻshilish uchun tanlangan va 2014-yilda rasman kattalar jamoasi safiiga kiritilgan.
Yuan 2014-yilda Italiyada boʻlib oʻtgan FIVB voleybol boʻyicha ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatida Xitoy terma jamoasi tarkibida boʻlgan va u finalda Xitoy AQShga magʻlub boʻlganligi sababli, kumush medalni qoʻlga kiritgan. Jahon chempionatidagi ajoyib oʻyinini oʻtkazgan va shu oʻyini uchun Yuan Xinyue 2014-yilda CCTV Sports Personality Awards mukofotiga sazovor boʻldi. Keyingi yili u 2015-yilgi FIVB voleybol boʻyicha Jahon Gran-prisida hamda 2015-yilgi FIVB Jahon kubogida ishtirok etdi. Yuan Xinyue mazkur musobaqada oʻn yildan koʻproq vaqtdan soʻng jamoaga yirik jahon turnirida birinchi oltin medalini qoʻlga kiritishiga yordam berdi.
Yuan 2016-yilda Rio Olimpiadasida Xitoy sharafini himoya qilgan. Jamoa 1984 va 2004-yillardagi gʻalabalardan soʻng 3-oltin medalini qoʻlga kiritdi.
2017-yilda u FIVB voleybol boʻyicha Jahon Gran-prisida va FIVB Jahon Grand Chempionlar Kubogida Xitoy nufuzini himoya qildi va jamoaga ikkinchi musobaqada oltin medalni qoʻlga kiritishga yordam berdi. U Jahon Grand Chempionlar Kubogida eng yaxshi oʻrta bloker mukofotiga sazovor boʻldi.
2018-yilda Yuan ilk Voleybol Millatlar ligasida ishtirok etdi, unda jamoa bronza medalini qoʻlga kiritdi. Avgust oyida Yuan Indoneziyaning Jakarta shahrida boʻlib oʻtgan 2018-yilgi Osiyo oʻyinlarida qatnashdi. Jamoa 8 ta oʻyin oʻtkazib, 3:0 hisobida gʻalaba qozondi va musobaqada ustunlik qildi. Jamoa birorta ham set qoldirmay chempionlik unvonini qoʻlga kiritdi. Oktabr oyida Yuan Yaponiyada oʻtkazilgan FIVB voleybol boʻyicha ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatida Xitoy nufuzini himoya qildi. Besh set davom etgan shiddatli oʻyin oʻtkazgan holda, yarim finalda Italiyaga magʻlub boʻldi va jamoa bronza medalini qoʻlga kiritdi.
2019-yilda Yuan 2-Voleybol Millatlar Ligasida ishtirok etdi. Gonkongda boʻlib oʻtgan guruh bosqichida Xitoy 2018-yilgi jahon chempionatida ularni magʻlub etgan Italiya terma jamoasi bilan toʻqnash keldi. 0:2 hisobida magʻlub boʻlgan Xitoy ketma-ket uchta setda gʻalaba qozondi va natijada Italiyaga qarshi 3:2 hisobida ajablantiradigan gʻalabani taʼminladi. Bu gʻalabada Yuan hal qiluvchi rol oʻynadi. Xususan, uchinchi setda uning blokirovkasi Xitoyga oʻyinda qolishga yordam berdi.
2019-yil sentabr oyida Yuan yana FIVB ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatida Xitoy shaʼnini himoya qildi, unda Xitoy ketma-ket oʻn bitta gʻalabadan keyingi yana bir jahon chempionligini qoʻlga kiritdi. Turnir davomida Xitoy raqiblariga atigi uchta setda magʻlub boʻldi. Yuan ushbu yirik gʻalabada asosiy vazifani bajargan oʻyinchi boʻldi.
Klublar
Guangdong Evergrande (2013—2014) Bayi (2014—2017) Jiangsu (2018) Bayi (2018- hozirga qadar)
Mukofotlar
Milliy terma jamoa
Yoshlar jamoasi
2012-yilgi voleybol boʻyicha qizlar oʻrtasidagi Osiyo chempionati -Fayl:Med_2.png Kumush medal 2013-yil U18 jahon chempionati -Fayl:Med_1.png Oltin medal
Kattalar jamoasi
2014-yilgi Jahon chempionati Fayl:Med_2.png Kumush medal 2015-yilgi Osiyo chempionati Fayl:Med_1.png Oltin medal Jahon chempionati kubogi 2015-yil Fayl:Med_1.png Oltin medal 2016-yilgi Olimpiya oʻyinlari Fayl:Med_1.png Oltin medal 2017-yilgi Jahon chempionlari kubogi Fayl:Med_1.png Oltin medal 2018-yil Voleybol Millatlar Ligasi Fayl:Med_3.pngBronza medali 2018-yilgi Osiyo oʻyinlari Fayl:Med_1.png Oltin medal 2018-yilgi jahon chempionati Fayl:Med_3.png Bronza medali Jahon chempionati 2019 Fayl:Med_1.png Oltin medal
Klublar
2014—2015-yil Xitoy voleybol ligasi Fayl:Med_1.png Oltin medal, Bayi jamoasi bilan 2017—2018-yil Xitoy voleybol ligasi Fayl:Med_3.png Bronza medali, Jiangsu jamoasi bilan
Jaxsiy gʻalabalar
2012-yilgi voleybol boʻyicha qizlar oʻrtasidagi Osiyo chempionati „Eng yaxshi bloker“ 2013-yil FIVB U18 Jahon chempionati „Eng qimmat oʻyinchi“ 2013-yil FIVB U18 Jahon chempionati „Eng yaxshi oʻrta bloker“ 2017-yilgi Jahon chempionlar kubogi „Eng yaxshi oʻrta bloker“ 2017—2018-yillar Xitoy voleybol ligasi „Eng yaxshi oʻrta bloker“
Manbalar
Havolalar
http://italy2014.fivb.org/en/competition/teams/chn-china/players/xinyue-yuan?id=41336 http://worldgrandprix.2016.fivb.com/en/group1/competition/teams/chn-china/players/xinyue-yuan?id=50839 http://www.fivb.com/en/about/news/yuan-xinyue-leads-chinas-block-party-to?id=63363 http://www.gettyimages.com/photos/yuan-xinyue?excludenudity=true&sort=mostpopular&mediatype=photography&phrase=yuan%20xinyue&family=editorial
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1996-yilda tugʻilganlar Turkum:Ayol voleybolchilar Turkum:WikiAyollar