Bai Jiajun (1991-yil 20-martda tugʻilgan) — xitoylik futbolchi, hozirda Xitoy Superligasining „Shanghai Shenhua“ klubida chap qanot himoyachisi sifatida oʻynaydi.

Klubdagi faoliyati Shanghaida tugʻilgan Bai 2000-yilda Genbao futbol akademiyasiga qoʻshilgan va akademiyaning bosh murabbiyi Xu Genbao uni kelajak porloq futbolchi sifatida oʻzi uchun kashf etgan. Bai 2007-yilda Xitoyning Ikkinchi liga jamoasi Shanghai East Asia jamoasiga qoʻshilgan. 2008-yil 31-oktyabrda u oʻzining birinchi golini „Jiangsu Sainty“ga qarshi safarda kiritgan.

2012-yilning 4-iyulida Bai Xitoy Superligasi vakili „Shanghai Shenhua“ga 4 oylik ijara shartnomasi asosida qoʻshilgan. U Superligadagi debyutini 14-iyul kuni oʻz maydonida „Beijing Guoan“ga qarshi oʻyinda (3:1) oʻtkazgan. Shundan soʻng u tezda jamoada oʻzini namoyon qilgan va chap qanot himoyachisiga aylangan. Uning Superligadagi birinchi goli 15-sentabr kuni „Liaoning Whowin“ jamoasi darvozasiga kiritgan. Bai 2013-yil fevral oyida Shanghai Shenhuaga doimiy transfer qilingan. U 2017-yilning 19-noyabrida klub bilan shartnomasini besh yilga uzaytirgan. 2019-yil 7-mart kuni Bay Shanghai derbisida „Shanghai SIPG“ futbolchisi Oskarning boshiga tirsagi bilan zarba bergani uchun beshta oʻyinga diskvalifikatsiya qilingan.

Xalqaro faoliyati Bai Xitoy U-17 terma jamoasiga ilk bor 2005-yilda chaqirilgan. U 2006-yil sentyabr oyida 17 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida ishtirok eta olmagan. 2010-yil yanvar oyida Bai Su Maozhen tomonidan Xitoy U-20 terma jamoasiga chaqiruv olgan. Bai 2012-yil aprel oyida Xitoy U-22 terma jamoasidan chaqiruv olgan va 2012-yil iyun oyida Laos davlatida oʻtkaziladigan 2013-yilgi OFK U-22 Osiyo Kubogi saralashi uchun tarkibga kiritilgan.

2017-yilning 10-yanvarida Bai Xitoy milliy terma jamoasi safida Islandiyaga qarshi 2017-yilgi Xitoy kubogida debyut qilgan va 65-daqiqada Deng Xanven oʻrniga maydonga tushgan.

Faoliyat statistikasi +KlubMavsumLigaMamlakat KubogiQitʼaBoshqaJamiDivizionOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolShanghai East Asia2007Xitoy Ikkinchi Ligasi0 - - -02008Xitoy Birinchi Ligasi201 - - -2012009210 - - -2102010140 - - -140201123020 - -250201212000 - -120Jami901200000921Shanghai Shenhua (Ijara)2012Xitoy Super Ligasi12110 - -131Shanghai Shenhua201323000 - -230201421040 - -250201526170 - -331201626030 - -29020171513010 -1912018250003000280201915020 - -1702020600010 -70Jami157219050001812Karyerada jami259422050002864

Yutuqlar

Klub Shanghai Shenhua

Xitoy FA kubogi : 2017 2019

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Xitoylik erkak futbolchilar