Afgʻoniston milliy futbol terma jamoasi (fors. تیم ملی فوتبال افغانستان Tīm-e Millī-e Fūtbāl-e Afghanestān) Afgʻoniston futbol federatsiyasi tomonidan nazorat qilinadi. Afgʻoniston milliy terma jamoasi 1922-yilda tashkil etilgan boʻlib, ular Hindistonga qarshi birinchi xalqaro oʻyinini 1941-yilda Kobulda oʻtkazdilar. Keyin Afgʻoniston 1948-yilda FIFAga, 1954-yilda esa AFCga asoschi aʼzolardan biri sifatida qoʻshildi. Ular uy oʻyinlarini Afgʻoniston poytaxti Kobuldagi Ghazi milliy olimpiya stadionida oʻtkazishadi. 2013-yilda Afgʻoniston 2013-yilgi SAFF chempionatida gʻolib chiqdi va „FIFA Fair Play mukofoti“ ni qoʻlga kiritdi„Afghanistan National Football Team“ by Afghan-web.com (Afghan-web).
Tarix Dastlabki davr
Mamlakatda tashkil etilgan ilk futbol klubi „Mahmoudiyeh F.C.“ 1934-yilda tashkil topgan. Uch yildan so‘ng jamoa Hindistonga borib, 18 ta o‘yinda qatnashib, 8 ta g‘alaba, 9 ta mag‘lubiyat va 1 ta durang qayd etgan. Ikkinchi tashkil etilgan futbol klubi 1941-yilda asos solingan Ariana Kabul F.C. bo‘ldi. Bu jamoa taklif bilan Eronning Tehron shahriga borib, 3 ta oʻyin oʻtkazib, bitta oʻyinda gʻalaba qozonib, ikkitasida magʻlub boʻlgan.
Afgʻonistonning birinchi rasmiy oʻyinini 1948-yil 26-iyulda Lyuksemburg qarshi o'tkazgan va 6:0 hisobida magʻlub boʻlgan.
2001-2010 Tolibon rejimi barham topgach, Afg‘oniston milliy terma jamoasi 2002-yili Osiyo o‘yinlarida Janubiy Koreya bilan o‘ynab, 2:0 hisobida mag‘lub bo‘lgan.
Afgʻoniston Premer-ligasi Afg‘oniston futboli tarixida ilk bor AFF 8 ta jamoa o‘zaro bahslashadigan ligani eʼlon qildi. Liga 2012-yilda tashkil etilgan boʻlib, birinchi mavsum oʻsha yilning sentyabr va oktyabr oylarigacha davom etadi. Har bir viloyatdan bittadan 18 nafar futbolchidan iborat sakkizta jamoa tuzildiAfghan Football League Heads to First Semi-Final by Rezwan Natiq and Mir Sayed (Tolo News, 10 October 2012).
Afg‘oniston Oliy Tinchlik Kengashi Liganing yaratilishi va rivojlanishini Afg‘onistonda „tinchlik va barqarorlik o‘rnatish imkoniyati“ sifatida yuqori baholadi.
2013 SAFF chempionati gʻoliblari
2013-yil 20-avgust kuni 2013-yilgi SAFF chempionati oldidan Afg‘oniston 36 yil ichida birinchi marta FIFA tomonidan tasdiqlangan o‘rtoqlik o‘yini doirasida Pokiston bilan o‘ynadi.
Uy stadioni
Afgʻonistondagi asosiy futbol oʻyinlari Kobuldagi Afgʻoniston futbol federatsiyasi stadionida (xalq orasida Ghazi stadioni nomi bilan mashhur) oʻtkaziladi. Yangi milliy stadion qurilishi 2013—2014-yilgi mavsumda nihoyasiga yetdi, uning narxi 25 million yevroga teng edi. 2015-yilda FIFA AFFga yangi yoshlar jamoalarini qayta tashkil etish va milliy terma jamoa uchun ayollar futbolini rivojlantirishda yordam berdiFIFA programmes boost Afghan football by FIFA (FIFA, 8 April 2015).
Jamoa imiji Toʻplam 2002-yildan 2004-yilgacha Yaponiyaning ASICS sport brendi terma jamoa homiysi boʻlgan.
DavrIshlab chiqaruvchiLibos homiysi2009-2020Hummel InternationalAGC (Alokozay kompaniyalar guruhi)2020-hozir JakoAGC (Alokozay kompaniyalar guruhi)
Homiylar Alokozay, MOBY Group, Lemar & TOLO kompaniyalari terma jamoa homiylari hisoblanadi.
Natijalar
Oxirgi 12 oydagi oʻyinlar va kelajakda rejalashtirilgan oʻyinlar
2022
Murabbiylar shtabi thumb|Anoush Dastgir, futbol boʻyicha Afgʻoniston milliy terma jamoasining hozirgi bosh murabbiyi. LavozimIsm-sharif Bosh murabbiy Anoush Dastgir Yordamchi murabbiy Shabir Isoufi Milliy terma jamoa menejeri Mustafa Mehrzad Koordinator Sayed Ali Kazemi Darvozabonlar murabbiyi Mansur Faqiryar Darvozabonlar murabbiyi Farooz Arif Fizioterapevt Sadeq Morfez Fizioterapevt Mortaz Ashgar Sport - massajchi Danish Hosseini Mashg'ulotlar murabbiyi Siyar Kabiri Uskunalar menejeri Sharif Sarwari OAV Shams Amini OAV Firooz Mashoof
Murabbiylik tarixi
Aniq emas (1941–75) Vladimir Salenko (1975–1976) Sergei Salnikov (1976–1977) Nikolai Yefimov (1977–1978) Islam Gul (1978–1979) Sayed Ahmad Zia Muzafari (1979–1981) Khwaja Aziz (1981–1987) Gennadi Sarychev (1987–1988) Oʻyinlar oʻtkazilmagan (1988–2003) Mir Ali Asghar Akbarzada (2003–2004) Mohammad Yousef Kargar (2004–2005) Klaus Stärk (2005–2008) Mohammad Yousef Kargar (2008–2014) Erich Rutemöller (2014–2015) Hossein Saleh (2015) Slaven Skeledžić (2015) Petar Segrt (2015–2016) Anoush Dastgir (2016–2017) Otto Pfister (2017–2018) Anoush Dastgir (2018–hozir)
Futbolchilar Hozirgi tarkib
Eng ko'p o'yin o'tkazgan futbolchilar
DarajaFutbolchiIshtirokGollarDavr1Zohib Islam Amiri6562005–hozir2Faysal Shayesteh54102014–hozir3Abassin Alikhil4102011–hozir4Ovays Azizi3802015–hozirDjelaludin Sharityar3812007–20155Mustafa Hadid3612009–20187Ahmad Hatifi3442011–2016Omid Popalzay3452015–hozir9Zubayr Amiri3352011–hozir10Norlla Amiri3142015–hozir
Eng yaxshi to'purarlar
DarajaFutbolchiGollarIshtirokNisbatDavr1Faysal Shayesteh10542014–hozir2Balal Arezou9262011–20173Khaibar Amani7212015–hozir4Sandjar Ahmadi6222011–2015Zohib Islam Amiri6652006–hozir6Hashmatullah Barakzai5272007–2014Zubayr Amiri5332011–hozirOmid Popalzay5342015–hozir9Amredin Sharifi4242013–hozirNorlla Amiri4312015–hozirAhmad Hatifi4342011–2016
Manbalar
Havolalar Official website ELORATINGS
Turkum:Afgʻonistonda futbol Turkum:Milliy futbol terma jamoalari Turkum:Osiyo milliy futbol terma jamoalari