Beruniy Sultonovich Alimov (1973-yil 4-sentyabr, Xorazm viloyati) — taniqli oʻzbek jurnalisti, tarjimon, fan doktori.
Hayoti va faoliyati Beruniy Alimov ziyoli oilasida tugʻilgan. 1995-yilda Oʻzbekiston milliy universitetini jurnalistika mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan. 1993—1994-yillarda Hindiston ommaviy kommunikatsiya institutida tahsil olgan. 2018-yildan filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori, PhD, 2021-yildan filologiya fanlari doktori, DSc ilmiy darajalariga ega. BBC Akademiyasining ToT-trenerlar uchun trening kursini (2017) tamomlagan. Texas Universitetining Kommunikatsiya fakultetida mamlakat media imiji mavzusida ilmiy tadqiqot (2019) olib borgan.
Mehnat faoliyati Mehnat faoliyatini Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi „Axborot“ direksiyasida boshlagan. 1994—1996-yillar MTRK „Axborot“ direksiyasi tarjimoni, muxbiri, sharhlovchisi, 1996-1997-yillar Oʻzbekiston Respublikasining Buyuk Britaniyadagi elchixonasi 3-kotibi — press-attashesi, 1998—2000-yillar Oʻzbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi matbuot kotibi, 2001—2005-yillar Oʻzbekiston Respublikasining Yaponiyadagi elchixonasi 2-kotibi, 2005—2008-yillar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni bosh konsultanti, 2008—2009-yillar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot kotibi vazifasini bajaruvchi, 2009—2011-yillar Oʻzbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi elchixonasi 1-kotibi, 2011—2012-yillar Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligining Axborot xizmati rahbari, 2012—2015-yillar Oʻzbekiston milliy universiteti Oliy jurnalistika kurslari rahbari vazifasini bajargan. 2014-yildan hozirgi vaqtga qadar Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Xalqaro jurnalistika fakulteti dotsenti. 2021-yildan Yangi media taʼlim markazi NNT direktori hisoblanadi.
Bundan tashqari, oʻrindoshlik faoliyati asosida Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati gazetasi musahhihi (1993), Oila va jamiyat gazetasi muxbiri (1994), International House Tashkent akademik litseyi oʻqituvchisi (1999), Jurnalistlarni qayta tayyorlash markazi treneri (2015—2021), Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti katta oʻqituvchisi (2018—2020), Facebook mintaqaviy tahlilchisi (2019—2020), Texas (AQSH) universiteti kommunikasiya fakulteti stajer-tadqiqotchisi (2019), YeXHT/DIIHB (Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari boʻyicha byurosi) missiyasi tarkibida Respublikasida parlament saylovlari (2019) va 2021-yilgi Prezident saylovlarida media monitor, AQSH Global media agentligining Oʻzbekistondagi loyihalari koordinatori (2020—2021), Toshkentdagi Vebster universiteti ad’yunkt professor assistenti (2020-yildan hozirga qadar), „Yangi media taʼlim markazi“ nodavlat notijorat tashkiloti direktori (2021-yildan hozirga qadar) vazifasida faoliyat yuritib kelmoqda.
Ilmiy faoliyati Beruniy Alimovning ilmiy tadqiqotlari yuzasidan 100 dan ziyod ilmiy maqolalari mahalliy va chet el ilmiy jurnallarida, xususan, Google Scholar va Scopus ilmiy maqolalar bazasida indekslanadigan jurnallarda nashr etilgan. Doktorlik ishini „XXI asr media muhitida Oʻzbekiston imijini shakllantirishning nazariy-kognitiv aspektlari (AQSH, Buyuk Britaniya, Rossiya va Oʻzbekiston OAV materiallari misolida)“ mavzusida yoqlagan.
Ilmiy ishlar roʻyxati Alimov B. S. Internet elchixona. 3D shaklidagi diplomatik missiya, u qanday faoliyat yuritadi? // Oʻzbekiston matbuoti, — T:, 2012. — № 1-2. — B. 42-45 (10.00.00; № 5). Alimov B. S. Axborot sohasidagi yangi islohotlar // Oʻzbekiston matbuoti, — T:, 2012. — № 3. — B. 14-18 (10.00.00; № 5). Alimov B. S. Muxbir — AKT dizayneri // Oʻzbekiston matbuoti, — T:, 2012. — № 4-6. — B. 28-30 (10.00.00; № 5). Alimov B. S. Jahon media makonida Oʻzbekiston imiji // Oʻzbekiston matbuoti. — T:, 2013. — № 1. — B. 28-31 (10.00.00; № 5). Alimov B. S. Ommaviy axborot vositalarining milliy domendagi shakllanishi // Oʻzbekiston Milliy universiteti xabarlari, — T:, 2013. — № 1. — B. 32-35 (10.00.00; № 15). Alimov B. S. Axborot xizmatida press-relizning tutgan oʻrni va roli // Oʻzbekiston matbuoti. — T:, 2013. — № 3. — B. 47-51 (10.00.00; № 5). Alimov B. S. Xalqaro axborot makoni: ommaga tezkor, xolis va haqqoniy xabarlar yetkazishda jurnalist ixtisoslashuvining dolzarb masalalari // Oʻzbekiston Milliy universiteti xabarlari, — T:, 2013. — № 4/1. -B. 222-226 (10.00.00; № 15). Alimov B. S. Teleradiokanallar va Internetda oʻzbek tili targʻiboti // Til va adabiyot taʼlimi, — T:, 2013. — № 12. — B. 47-48 (10.00.00; № 9). Alimov B. S. Globallashuv jarayonida yosh muxbirlarning oʻquv-amaliyot koʻnikmalari // Oʻzbekiston matbuoti, — T:, 2013. — № 5. — B. 24-25 (10.00.00; № 5). Alimov B. S. Zamonaviy jurnalistikaning birinchi talabi // Oʻzbekiston matbuoti, — T:, 2013. — № 6. — B. 5-6 (10.00.00; № 5). Alimov B. S. Portrayals of Uzbekistanʼs image in the global media space // Oʻzbekistonda xorijiy tillar, fledu.uz. — T:, 2014. — № 1 (1). (10.00.00; № 17). Alimov B. S. Axborot globallashuvida janr, til, tasvir mahorati // Til va adabiyot taʼlimi, — T:, 2014 yil, — № 5. — B. 39-41 (10.00.00; № 9) Alimov B. S. Xalqaro imijni oshirishda professional etika normalarining oʻrni va roli // Oʻzbekiston matbuoti, — T:, 2014 yil. — № 2. 18-20 b., — № 3. — B. 68-69 (10.00.00; № 5). Alimov B. S. Jahon media makonida mamlakat media imijini mustahkamlashning iqtisodiy-tashkiliy asoslari // Oʻzbekistonda xorijiy tillar, fledu.uz. — T:, 2014 yil. — № 4. — B. 108-117 (10.00.00; № 17). Alimov B. S. Portrayal of Uzbekistanʼs Image in the Global Media Space // Sontemporary Sentral Asia, volume XVIII. May-December, New Delhi, 2014. Jawaharlal Nehru University, India. ISSN: 0973-5690. — P. 25-31 (10.00.00; № 12). Alimov B. S. Jahon media makonida mamlakat imijini oshirishda milliy jurnalistikaning oʻrni // Oʻzbekiston matbuoti, — T:, 2015. — № 2. — B. 60-63 (10.00.00; № 5). Alimov B. S. Davlatchilik va unga rahnamolik haqidagi qarashlar silsilasi // Qaraqalpaq davlat universiteti xabarshisi, QQDU, Nukus, 2015. — № 2. — B. 61-66 (10.00.00; № 12). Alimov B. S. Jahon media makonida mamlakat media imijini mustahkamlashning iqtisodiy-tashkiliy asoslari // Oʻzbekistonda xorijiy tillar, fledu.uz, — T:, 2015. - № 4 (maxsus son). — B. 138-148 (10.00.00; № 17). Alimov B. S. Rol sosialnix setey v povishenii imidja strani v mirovom media prostranstve // Oʻzbekiston matbuoti, — T:, 2015. — № 4. — B. 48-51 (10.00.00; № 5). Alimov B. S. Ijtimoiy tarmoqlar va ularning mamlakat imijini shakllantirishdagi oʻrni // Oʻzbekiston Milliy universiteti xabarlari, — T:, 2015. — № 3. — B. 286-290 (10.00.00; № 15). Alimov B. S. Xorijiy OAVda Oʻzbekistonda kechayotgan islohotlarga munosabatlarning xilma-xilligi muammosi // Qaraqalpaq davlat universiteti xabarshisi, QQDU, Nukus. — T:, 2015. — № 3. — B. 106-111 (10.00.00; № 12). Alimov B. S. On the Diversity of Attitudes in the Foreign Mass Media towards the Reforms in Uzbekistan // Oʻzbekistonda xorijiy tillar, fledu.uz, — T:, 2015. — № 4 (8). — B. 138-147 (10.00.00; № 17). Alimov B. S. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini taʼminlashda sosial tarmoqlar aspekti // Oʻzbekiston matbuoti, — T:, 2015. — № 5-6. — B.10-11 (10.00.00; № 5). Alimov B. S. Theoretical foundations of shaping the media image of the newly independent states and the problem of disputable cases // International Journal of Multidisciplinary Research and Development. New Delhi, 2015, № 7. Volume: 2, Issue: 7, — P. 433-437. www.allsubjectjournal.com, ISSN: 2349-4182. (5) Global Impact Factor. 0.543. Alimov B. S. Rol imidja strani v mejdunarodnom mediaprostranstve // Oʻzbekistonda xorijiy tillar, fledu.uz, — T:, 2016. - № 4. — B. 151-157 (10.00.00; № 17). Alimov B. S. Znacheniye SMI Uzbekistana v formirovanii imidja gosudarstva na mirovoy arene // Oʻzbekiston matbuoti, — T:, 2016. — № 3. — B. 48-51 (10.00.00; № 5). Alimov B. S. Mahalliy matbuot nashrlari: „ha“mi yoki „yoʻq“ // Oʻzbekiston matbuoti, — T:, 2016. — № 4. -B. 10-11 (10.00.00; № 5). Alimov B. S. Jurnalistika taʼlimi: xalqaro hamkorlikning yangi bosqichi // Oʻzbekistonda xorijiy tillar, fledu.uz, — T:, 2016. — № 5. - B. 246-250 (10.00.00; № 17). Alimov B. S., Wontai S. Uzbekistanʼs Image Portrayed by World Media. // Oʻzbekistonda xorijiy tillar, fledu.uz, — T:, 2017. — № 2. - B. 151-166 (10.00.00; № 17). Alimov B. S. Oʻzbekiston jurnalistikasi tarixiy bosqichlar kesimida // Oʻzbekiston matbuoti, — T:, 2017. № 2-3 con. -B. 10-15 (10.00.00; № 5). Alimov B. S. Axborot — yangi neft // Oʻzbekiston matbuoti, — T:, 2017. № 4-6 con. -B. 30-34 (10.00.00; № 5). Alimov B. S. Jahon media makonida mamlakat imijini rivojlantirish imkoniyatlari va jurnalistikada mahorat masalalari. Axborot xizmatlari xodimlari, OAV vakillari, jurnalistika fakultetlarida tahsil olayotgan talabalar uchun nazariy-uslubiy qoʻllanma. — T., 2015. — B. 136. Alimov B. S. Mamlakat media imijini rivojlantirishda milliy ommaviy kommunikasiya vositalarining oʻrni: nazariy va amaliy aspektlar. Jurnalistika fakultetlarida tahsil olayotgan talabalar, OAV vakillari, axborot xizmatlari xodimlari va tadqiqotchilar uchun ilmiy-nazariy qoʻllanma. — T., 2015. — B. 108. Alimov B. S. Uzbek culture and superstitions. Indian Institute of Mass Communications // „Echo“ magazine. New Delhi, 1994. — P. 16-17. Alimov B. S. Uzbekistan is a country of original traditions and culture // Uzbekistan at the doorstep of the third millennium. Budapest, 1998. — P 277-287. Alimov B. S. „Uzbekskaya model“ v ocherednoy raz podtverdila svoyu jiznesposobnost i effektivnost // 18 let Gosudarstvennoy Nezavisimosti Respubliki Uzbekistan. Moskva, 2009 g. Izdatel — „Parallel“. — S. 40-41. Alimov B. S. Impuls razvitiyu SHOS // Islam Karimov o 19-letii Nezavisimosti. Moskva, 2010. Izdatel — „Parallel“. — S. 19-20. Alimov B. S. Uzbekistan: shag k shirokim vozmojnostyam // Respublika Uzbekistan. Moskva, 2011. Izdatel — „Parallel“. — S. 8-15. Alimov B. S. Uzbekistan-Rossiya: uglubleniye strategicheskogo razvitiya // Respublika Uzbekistan. Moskva, 2012. Izdatel — „Parallel“. — S 16-19. Alimov B. S. Oliy jurnalistika kurslarida oʻquv-amaliyot koʻnikmalari // „Oliy jurnalistika kurslarida ixtisoslashuv masalalari“ mavzusida I ilmiy-amaliy seminar materiallari toʻplami. „Oʻzbekiston“ nashriyoti. — T:, 2012, 11 dekabr. — B. 24-26. Alimov B. S. Oʻzbek tilidagi audiovizual materiallarning dunyo media maydoniga tarqatilishida Internetning oʻrni // Telejurnalistika masalalari boʻyicha ilmiy anjuman materiallar toʻplami. — T:, 2013, aprel. „Sharq“ nashriyoti. — B. 54-60. Alimov B. S. Jamoatchilik aloqalarini boshqarish vositalari. Press-reliz, anons, sharh hamda maʼlumotlarni yozish qoidalari // Toshkent davlat yuridik institutining „Davlat tili: muammo va yechimlar“ nomli ilmiy maqolalar toʻplami, — T:, 2013 yil, may. — № 3. — B. 218-225. Alimov B. S. Jahon media makonida Oʻzbekiston imijini yaratish masalalari // XXI asrda media-tadqiqotlar. Ilmiy maqolalar toʻplami. — T:, 2013, 12 iyun. „Oʻzbekiston“ nashriyoti. — B. 221-226. Alimov B. S. Problemi imidja Uzbekistana v mirovom media-prostranstve // Sbornik tezisov mejdunarodnoy konferensii „Sovremenniye sosialniye kommunikasii v sisteme sivilizasii i kulturi“. Sankt-Peterburgskiy institut vneshneekonomicheskix svyazey, ekonomiki i prava.18-19 noyabrya 2013g. — S. 9. Alimov B. S. Globallashuv jarayonida yosh jurnalistlarning oʻquv-amaliyot koʻnikmalari // „Oliy jurnalistika kurslarida ixtisoslashuv masalalari“ mavzusida II ilmiy-amaliy seminar materiallari toʻplami. Toshkent. Gʻafur Gʻulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi. — T:, 2013, 27 noyabr. — B. 36-40. Alimov B. S. Das image Usbekistans im globalen informationsraum // „Wostok“ magazine. Berlin, 2013, Issue № 4. — P. 48-50.