Andrea Consigli (1987-yil 27-yanvarda tugʻilgan) — italiyalik professional futbolchi, „Sassuolo“da darvozabon sifatida oʻynaydi.

Klublardagi faoliyati Cormano shahrida tugʻilgan Consigli, Atalantanıng yoshlar jamoasi faoliyatini boshlagan. Birinchi jamoada tajriba orttirish uchun yosh darvozabon 2006-07-yilgi mavsumda C1 Seriya vakili Sambenedettesega ijaraga berildi. Keyingi mavsumda u B Seriyaning Rimini jamoasiga ijaraga berildi. Ijaralardan soʻng Atalanta jamoasiga qaytib keladi va 1-raqam ostida oʻynay boshlaydi.

2014-yil 1-sentyabrda Consigli 3 million yevro evaziga A Seriyaning „Sassuolo“ jamoasiga oʻtdiCalciomercato: arrivano Consigli e Taider. Kurtic alla Fiorentina . sassuolocalcio.itU.S. Sassuolo Calcio S.r.l. bilancio (financial report and accounts) on 31 December 2014 (in Italian), PDF purchased from Italian C.C.I.A.A..

Xalqaro faoliyati Konsigli Italiya U21 terma jamoasi bilan 2006-yilning 15-avgustida Xorvatiyaga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida debyut qilgan. Keyin u bosh murabbiy Pyerluiji Kasiragi tomonidan 2007-yilgi U-21 chempionati uchun tarkibda uchinchi darvozabon sifatida tanlandi. Oʻsha musobaqadan soʻng u Italiya U-21 terma jamoasida 2009-yilgi U-21 chempionatiga qadar asosiy darvozabon boʻldi.

2008-yilda u Italiya olimpiya terma jamoasi bilan 2008-yilgi Yozgi Olimpiya oʻyinlarida Emiliano Vivianodan keyingi asosiy darvozabon sifatida ishtirok etdi.

U 2012-yilning 15-avgust kuni Bernda boʻlib oʻtgan Angliyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyiniga bosh murabbiy Chezare Prandelli tomonidan Italiya terma jamoasiga ilk chaqiruvini oldi.

Oʻyin uslubi Tajribali va ishonchli darvozabon. Consigli yoshligida mahoratli darvozabon sanalgan va oʻzining darvozabonlik texnikasi, tezkor reflekslari, zarbani toʻxtatish va yakkama-yakka vaziyatlardagi qobiliyati bilan mashhur boʻlgan. U shuningdek, butun faoliyati davomida penaltilarni qaytarish boʻyicha qobiliyati bilan ajralib turadi. 2009-yildan buyon 364 oʻyinda 19 ta penaltini qaytarib A Seriya tarixidagi eng koʻp penaltilarni qaytargan darvozabonlar orasida uchinchi oʻrinni egalladi. Darvozabon sifatida uning kumiri — Janluiji Buffon.

Faoliyat statistikasi +Klub, mavsum va musobaqalar bo‘yicha ishtiroki va gollarKlubMavsumLigaMilliy kubokKontinentalBoshqaJamiDivizionOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarSambenedettese (ijara)2006-07Serie C32000——320Rimini (ijara)2007-08Serie B35020——370Atalanta2008-09Serie A17010——1802009-1031010——3202010-11Serie B40010——4102011-12Serie A35010——3602012-1335020——3702013-1435010——3602014-150010——10Jami19308000002010Sassuolo2014-15Serie A35000——3502015-1637010——3802016-173700090—4602017-1837010——3802018-1936010——3702019-2031010——3202020-2137000——3702021-2237000——3702022-232010——30Jami28905090003030Faoliyatidagi jami549015090005730

Yutuqlari

Klub Atalanta

Campionato Jovanissimi Nazionali: 2001-02 B seriya : 2001-02, 2010-11

Italiya U21

21 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Yevropa chempionati bronza medali: 2009

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1987-yilda tugʻilganlar Turkum:Italiyalik erkak futbolchilari