Mixael Gregoritsch (1994-yil 18-aprelda tugʻilgan) — avstriyalik professional futbolchi, Bundesliga klubi SC Freiburg va Avstriya terma jamoasida hujumchi sifatida oʻynaydi.

Faoliyati

Kapfenberger SV 2008-yilda Gregoritsch oʻz faoliyatini Kapfenberger SV yoshlar jamoalarida boshladi va 2010-yil yanvar oyida Avstriya Bundesliga jamoasiga koʻtarildi. U 2010-yilning 14-aprelida Avstriya -Venga qarshi oʻyinda 82-daqiqada zaxiradan maydonga tushib debyut qildi va tushganidan keyin uch daqiqa oʻtmay, birinchi ligadagi golini urdi. Bu golni urganda u salkam 16 yosh edi va bu orqali Avstriya Bundesligasi tarixidagi eng yosh toʻpurar futbolchiga aylandi. U 2009—2010-yilgi mavsumni toʻrtta oʻyinda 1 ta gol bilan yakunlagan.

1899 Hoffenheim Gregoritsch 2011-yil 28-iyunda nomaʼlum toʻlov evaziga 4 yillik shartnoma imzolab „1899 Hoffenheim“ klubiga oʻtadi. Lekin 2012-yil iyunigacha Kapfenberger SVga ijaraga berildi. Keyin u faqat „1899 Hoffenheim“ning ikkinchi jamoasida oʻynadi va u yerda 28 oʻyinda 11 ta gol urdi.

FC St. Pauli 2013-yilda u „St. Pauli“ jamoasiga ijaraga beriladi va u yerda ham birinchi, ham ikkinchi jamoada oʻynaydi.

VfL Bochum U VfL Bochumga 2014—2015-yilgi mavsumda ijara asosida qoʻshildi va u yerda 27 oʻyinda 7 ta gol urdi.

Hamburger SV U 2015-2016 va 2016-2017 mavsumlarida Hamburger SVda oʻynaydi. U 2015—2016-yilgi mavsumda 26 oʻyinda 6 ta gol va 2016—2017-yilgi mavsumda 32 oʻyinda 5 ta gol uradi.

FK Augsburg Gregoritsch 2017—2018-yilgi mavsumda „Augsburg“ jamoasiga oʻtadi. U 2017—2018-yilgi mavsumni 33 ta oʻyinda 13 ta gol bilan yakunlaydi.

„Schalke 04“ (ijara) 2019-yilning 23-dekabrida Gregoritsch „Schalke-04“ga mavsum oxirigacha ijaraga berildi. 2020-yilning 17-yanvarida „Schalke“ safidagi debyut uchrashuvida u Myonxengladbaxning „Borussiya“siga qarshi oʻyinda 1 ta gol va golli uzatma muallifiga aylandi.

SC Freiburg 2022-yil 8-iyul kuni SC Freiburg 2022—2023-yilgi Bundesliga mavsumi oldidan Gregoritsch bilan shartnoma imzolaganini eʼlon qildi.

Shaxsiy hayoti 2021-yil iyunidan boshlab uning otasi Verner Gregoritsch Avstriyaning 21 yoshgacha boʻlgan terma jamoasi bosh murabbiyi hisoblanadi.

Faoliyati statistikasi

Klub +KlubMavsumLigaKubokJamiDivizionOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarKapfenberger SV II2009-10Landesliga Steiermark175—1752010-11Landesliga Steiermark135—135Kapfenberger SV II (ijara)2011-12Austrian Regionalliga Central71—71Jami3711—3711Kapfenberger SV2009-10Austrian Bundesliga4100412010-11Austrian Bundesliga24250292Kapfenberger SV (ijara)2011-12Austrian Bundesliga16100161Jami444504941899 Hoffenheim II2012-13Regionalliga Südwest2811—2811FC St. Pauli II (ijara)2013-14Regionalliga Nord51—51FC St. Pauli (ijara)2013-142. Bundesliga15110161VfL Bochum (ijara)2014-152. Bundesliga25720277Hamburger SV2015-16Bundesliga255112662016-17Bundesliga30520325Jami5510315811FC Augsburg2017-18Bundesliga32131033132018-19Bundesliga326423682019-20Bundesliga6010702020-21Bundesliga241202612021-22Bundesliga24820268Jami1182810212830Schalke 04 (ijara)2019-20Bundesliga14120161Faoliyatidagi jami3357322335776

Xalqaro + Milliy terma jamoa Yil Oʻyinlar Gollar Avstriya 2016 1 0 2017 4 0 2018 6 1 2019 6 1 2020 6 2 2021 10 1 2022 6 2 Jami 39 7 +Maykl Gregoritsch tomonidan kiritilgan xalqaro gollar roʻyxati Yoʻq. Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa 1 2018-yil 27-mart Stade Josy Barthel, Lyuksemburg shahri, Lyuksemburg 3-0 4-0 Oʻrtoqlik uchrashuvi 2 2019-yil 6-sentyabr Stadion Vals-Siezenxaym, Vals-Siezenxaym, Avstriya 6-0 6-0 UEFA Yevro-2020 saralashi 3 2020-yil 4-sentyabr Ullevaal Stadion, Oslo, Norvegiya 1-0 2-1 2020-2021 UEFA Millatlar ligasi B 4 2020-yil 11-oktyabr Windsor Park, Belfast, Shimoliy Irlandiya 1-0 1-0 5 2021-yil 13-iyun Arena Nationale, Buxarest, Ruminiya 2-1 3-1 UEFA Yevro 2020 6 2022-yil 29-mart Ernst-Happel-Stadion, Vena, Avstriya 1-2 2-2 Oʻrtoqlik uchrashuvi 7 2022-yil 3-iyun Gradski Vrt stadioni, Osiyek, Xorvatiya 2-0 3-0 2022-23 UEFA Millatlar ligasi A

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1994-yilda tugʻilganlar