Pei Shuai (1993-yil 14-yanvarda tugʻilgan) — xitoylik professional futbolchi, hozirda Xitoy Superligasining Shenzhen FC klubida oʻynaydihttps://www.transfermarkt.com/shuai-pei/profil/spieler/211424.

Pei 2007-yilda 14 yoshida Changchun Yataiga qoʻshilgan. U 2011-yilda bosh murabbiy Shen Xiangfu tomonidan Changchun Yataining birinchi jamoasiga chaqirilgan. Pei Yatai uchun debyutini 2011-yilning 11-mayida Xitoy FA kubogining ikkinchi bosqichida „Tianjin Runyulong“ga qarshi oʻyinda oʻtkazgan, bu uchrashuvda Yatai 4:0 hisobida gʻalaba qozongan va Pei oʻyinda Van Dongga uchinchi golga assistentlik qilgan. U Xitoy Superligasidagi debyutini 4 kundan soʻng „Jiangsu Sainty“ga qarshi oʻtkazgan. 2011-yil 18-sentabrda u „Chanchun“ safida „Guangzhou Evergrand“ga qarshi oʻyinda (2:1) oʻzining birinchi golini kiritgan. U uchrashuvning 84-daqiqasida gʻalaba toʻpini kiritgan va bu bilan Guangzhouning ligadagi magʻlubiyatsiz seriyasiga chek qoʻygan.

2017-yilning 1-iyulida Pei Superliga vakili boʻlgan "Tianjin Quanjian "ga oʻtgan. U klubdagi debyutini bir kundan keyin Guangzhou Evergrandga qarshi 4:3 hisobida gʻalaba qozonib, 89-daqiqada Vang Yongponing oʻrniga zahiradan maydonga tushgan. 2018-yilning 24-aprelida u klub safidagi ilk golini 2018-yilgi Xitoy FA kubogi doirasidagi „Dalian Boyoung“ga qarshi oʻyinda (3:0) kiritgan.

2020-yil 24-fevralda Pei Xitoy Superligasi klubi Shenzhen FCga qoʻshilgan. U Shenzhen uchun 2020-yil 26-iyulda liganing ochilish oʻyinida Guangzhou R&Fga qarshi maydonga tushib klubdagi debyutni oʻtkazgan.

Xalqaro faoliyati 2017-yilning 14-yanvarida Pei Xorvatiyaga qarshi 2017-yilgi Xitoy kubogi uchinchi oʻrin uchun pley-off oʻyinida Xitoy terma jamoasi safida debyut qilgan.

Faoliyat statistikasi +KlubMavsumLigaMamlakat KubogiQitʼaBoshqaJamiDivizionOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolChangchun Yatai2011Xitoy Super Ligasi19120 - -211201220120 - -221201318010 - -190201420010 - -210201526200 - -262201624200 - -24220179000 - -90Jami13666000001426Tianjin Tianhai2017Xitoy Super Ligasi11020 - -13020181602160 -241201921010 - -220Jami480516000591Shenzhen F.C.2020Xitoy Super Ligasi16000 - -1602021Xitoy Super Ligasi10140 - -141Jami261400000301Karyerada jami210715160002318

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Xitoylik erkak futbolchilar