Igor Olegovich Kalinin (1995-yil 11-noyabrda tugʻilgan) — rossiyalik futbolchi, „Rostov“ klubida chap qanot himoyachisi sifatida oʻynaydi.
Faoliyati U Sevastopol № 5 sport maktabi va Mariupol FK Illichivets sport maktablari tarbiyalanuvchisidir.
2014-yilda Qrimning Kerch shahri Rossiyaga qoʻshib olinganidan soʻng, Kalinin ham Rossiya pasportini oladi.
U 2014-yil 2-aprelda Ukraina Premer-ligasi doirasida „Sevastopol“ ga qarshi oʻyinda „Illichivets Mariupol“ safida debyut qilgan.
2015-yilning yanvar oyidan boshlab u Ukraina Premer-ligasining „Zorya Lugansk“ jamoasiga qoʻshiladi. 2015-yil dekabr oyida u aniqlangan tergov natijalaridan soʻng yoshlar terma jamoasi oʻyinlari natijalarini manipulyatsiya qilish boʻyicha tadbirlar tashkilotchisi deb topildi va klubni tark etdi.
2018-yilning 2-fevralida u „Krasnodar“ klubi bilan 4,5 yillik shartnoma imzoladi. 2018-yil 3-avgustda u oʻzaro kelishuvga koʻra „Krasnodar“ bilan shartnomasini muddatidan oldin tugatadi.
2018-yilning 20-sentyabrida u Qozonning „Rubin“ klubi bilan 3 yillik shartnoma imzoladi.
2019-yil 14-iyun kuni u Moskvaning „Dinamo“ klubi bilan 3 yillik shartnoma imzoladi. U 2019/20 yilgi mavsumning birinchi yarmida Rossiya kubogida bor yoʻgʻi bir marta maydonga tushadi. 2020-yil fevral oyida u Tambov FC qarshi oʻyinda 2020 FNL kubogidagi oʻyinlarini boshladi. 2020-yil 21-fevraliga kelib esa sotib olish sharti bilan „Ural Yekaterinburg“ klubiga ijara asosida oʻtadi. Ijara muddati 2020-yil 28-iyulda uzaytiriladi. 2020—2021-yilgi mavsum oxirida ijara shartnomasini sotib olish shartnomasiga almashtirishadi.
2021-yil 12-iyunda u „Rostov“ klubi bilan 5 yillik shartnoma imzolaydi.
Faoliyati statistikasi KlubMavsumLigaKubokKontinentalBoshqaJamiDivzionOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolIllichivets Mariupol2013-14UPL10---102014-153010--40Jami4010000050Zorya Luhansk2014-15UPL0000--002015-16100000-10Jami1000000010Zirka Kropyvnytskyi2016-17UPL50---50Volgar Astrakhan2016-17FNL110--411512017-1824200--242Jami352000041393Krasnodar2017-18RPL20---202018-1900---00Jami2000000020Krasnodar-22017-18FNL 210---10Rubin Kazan2018-19RPL6120--81Dynamo Moscow2019-20RPL0010--10Tambov (loan)2019-20RPL---2020Ural Yekaterinburg (loan)2019-20RPL6020-201002020-2122120--241Jami281400020341Rostov2021-22RPL15000--150Faoliyatida jami9748000811135
Manbalar
Turkum:Rossiyalik erkak futbolchilar Turkum:Ukrainalik erkak futbolchilar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1995-yilda tugʻilganlar