Heiko Herrlich (1971-yil 3-dekabrda tugʻilgan) — nemis futbol murabbiyi va sobiq futbolchisi, faoliyati davomida hujumchi sifatida oʻynagan. U oxirgi marta „Augsburg“ klubini boshqargan.

Faoliyati Herrlich Germaniya Bundesligasida 258 ta oʻyin oʻtkazib(1989-2004), „Bayer 04“, „Borussia Mönchengladbach“ va „Borussia Dortmund“ jamoalari tarkibida 75 ta gol urgan. Dortmundning „Borussiya“ jamoasi bilan 1996 va 2002-yillarda Germaniya chempioni, 1997-yilda Chempionlar Ligasi va Qitʼalararo kubogi gʻolibi, „Borussiya Myonxengladbax“ jamoasi bilan esa 1995-yilda DFB-Pokal gʻolibi boʻlgan.

2000-yil kuzida uning miyasida xavfli oʻsma borligi aniqlandi. U radiatsion nur terapiyasi bilan muvaffaqiyatli davolandi va 2001-yilda Bundesligaga qaytd. Ammo futbolchi sifatidagi mavqeyini qayta tiklay olmadi. U bir qancha jarohatlardan soʻng 2004-yilda professional faoliyatini yakunlaydi.

Xalqaro faoliyati 1995-yilda Herrlich Germaniya terma jamoasi safida UEFA Yevro-1996 saralash oʻyinlarida jami beshta oʻyin oʻtkazgan. U Uelsga qarshi oʻyinda gol uradi, ammo jarohati tufayli final turnirini oʻtkazib yuboradi.

Murabbiylik faoliyati Herrlich 2005-yilda murabbiylik litsenziyasini oldi va Borussiya Dortmundning yoshlar jamoasini boshqara boshladi. 2007-yil iyul oyida u Germaniya U-17 terma jamoasiga murabbiy etib tayinlandi va 2007-yilda Janubiy Koreyada boʻlib oʻtgan 17 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Jahon chempionatida uchinchi oʻrinni egalladi. 2009-yil 27-oktyabrda u Germaniya futbol assotsiatsiyasidan ozod qilinadi. Keyinchalik u 2009-yilning 27-oktyabridan 2010-yilning 29-apreliga qadar VfL Bochum bosh murabbiyi boʻladi. U Bochum jamoasidagi faoliyati davomida to‘rtta g‘alaba, sakkizta durang va 10ta mag‘lubiyat qayd etgan.

2011-2012-yilgi mavsum boshida u SpVgg Unterhachingga yangi murabbiy etib tayinlandi. U 2012-yilning 25-may kuni shaxsiy sabablarga koʻra klubni tark etdi. U SpVgg Unterhaching jamoasi bilan 13 gʻalaba, 8 durang va 19 magʻlubiyat qayd etgan.

2013-yilning 21-iyunida u „Bavariya“ U-17 jamoasining bosh murabbiyi bo‘ldi. 2015-yil iyun oyida Myunxenning „Bavariya“ yoshlar boʻlimi qayta tuzildi va Herrlich Myunxenni tark etdi.

2015-yil 20-dekabrda u Jan Regensburg jamoasiga murabbiy etib tayinlandi. Uning shartnomasi 2015-2016-yilgi mavsum oxirigacha tuzilgan boʻlib, agar Jahn 3-oʻringa koʻtarilsa, yana bir yilga uzaytirilishi rejalashtirilgan edi Regensburg klubi Herrlich hukmronligi davrida ketma-ket koʻtarilib, 2-oʻringa chiqib oladi.

2017-yilning 9-iyunida Herrlichning Bayer Leverkusenga yangi bosh murabbiy sifatida qaytishi malum boʻldi.

U 2020-yil 10-martda „Augsburg“ klubining yangi bosh murabbiyi etib tayinlangan va 2021-yil 26-aprelida jamoani tark etgan.

Faoliyat statistikasi

Klub +KlubMavsumLigaGermaniya kubogiYevropaBoshqaJamiLigaOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarBayer Leverkusen1989-90Bundesliga16010——1701990-911831031—2241991-9228352——3351992-9313000——130Jami756723100859Borussia Mönchengladbach1993-94Bundesliga23820——2581994-95322066——3826Jami55288600006334Borussia Dortmund1995-96Bundesliga1674161—2691996-972381193—33121997-9821732723134121998-9921620——2361999-20002261091103372000-0110723——12102001-021000031—1312002-03502020—90Jami128411573644118353Faoliyatida2587530153954133196

Xalqaro +Xayko Xerrlix tomonidan kiritilgan gol Yoʻq. Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa 1 1995-yil 26-aprel Rheinstadion, Dyusseldorf, Germaniya 1-1 1-1 UEFA Yevro-1996 saralashi

Yutuqlari

Oʻyinchi sifatida Bayer Leverkusen

DFB-Pokal : 1992-1993

Borussia Mönchengladbach

DFB-Pokal: 1994-1995

Borussiya Dortmund

Bundesliga : 1995-1996, 2001-2002 UEFA Chempionlar Ligasi : 1996-1997 Qitʼalararo kubok : 1997-yil UEFA kubogi sohibi: 2001-2002 UEFA Superkubogi sohibi : 1997-yil

Individual

Bundesliganing eng yaxshi toʻpurari : 1994-19995 (Mario Basler bilan birga)

Murabbiy sifatida Germaniya U17

FIFA U-17 Jahon chempionatida uchinchi oʻrin: 2007

Individual

17 yoshgacha boʻlgan eng yaxshi murabbiy: 2008-yil

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Germaniyalik erkak futbolchilar