Ubirajara Veiga da Silva (; 1955-yil 2-fevral, Porto-Alegri (Braziliya) – 2021-yil, 23-mart, Maseio (Braziliya) – Bira Veiga nomi bilan mashhur, braziliyalik futbolchi va murabbiy.
Murabbiylik faoliyati Portu-Alegridagi Oliy jismoniy tarbiya maktabini tugatgan.
Murabbiylik faoliyatini San-Paulu shtati jamoalarida boshlagan. Braziliyaning A2 va A3 seriyasidagi klublariga ustozlik qilgan. „Operario“ klubida ishlagan paytida eʼtirofga sazovor boʻldi. Uning qoʻl ostida mashhur „Palmeyras“ Braziliya kubogidagi ishtirokidan chetlatildi.
1997-yilning kuzida Toshkentning „Paxtakor“ jamoasiga taklif qilindi. U bosh murabbiy Aleksandr Ivankovning yordamchisi boʻldi. Eʼtiborlisi, klubda yordamchi boʻlgan Silva oʻsha yilning oktyabr oyi oxirida Oʻzbekiston milliy terma jamoasini boshqargan edi. Uning qoʻl ostida jamoa 1998-yilgi jahon chempionati saralash bosqichidagi soʻnggi ikki oʻyinni oʻtkazdi ( bilan – 4:0 va bilan – 0:0).
1998-yilning yanvarida Bira Veyga „Paxtakor“ga bosh murabbiy boʻldi. Uning rahbarligida toshkentliklar 1992-yildan buyon ilk bor Oʻzbekiston chempioni boʻlishdi. Bunga parallel ravishda Silva terma jamoa bilan ishlashda davom etdi. Tailandda boʻlib oʻtgan Osiyo oʻyinlarida Oʻzbekiston terma jamoasi yarim finalga chiqa olmadi. Bu Silvaning terma jamoadan chetlatilishiga sabab boʻldi. 1999-yil yanvar oyida „Paxtakor“ murabbiyligidan ham boʻshatildi.
Braziliyaga qaytib, shimoliy-sharqiy viloyatlardagi klublar bilan ishladi. Bundan tashqari, Trinidad va Tobagoning „Ma Pau“ klubi bilan ishlagan. Koʻp muvaffaqiyatga erishmadi.
Oʻlimi 2021-yil 23-martda, 66 yoshida COVID-19dan vafot etdiUBIRAJARA VEIGA TRAINADOR DE FUTEBOL.
Yutuqlar Oʻzbekiston chempioni: 1998-yil
Manbalar
Turkum:Alifbo boʻyicha futbol murabbiylari Turkum:Braziliyalik futbol murabbiylar Turkum:Paxtakor futbol klubi murabbiylari Turkum:Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi bosh murabbiylari