Médanos de Coro Milliy bogʻiMédanos de Coroclass=notpageimage|300x300px|Map showing the location of Médanos de Coro National Parklink=|alt=Map showing the location of Médanos de Coro National Park|class=notpageimage|8x8px|Médanos de Coro National ParkMedanos Milliy bogʻining joylashuvi JoylashuvVenesuelaYaqin shaharlarSanta Ana de CoroKordinatalar11°36′23″N 69°44′15″W / 11.60642°N 69.73763°W / 11.60642; −69.73763Coordinates: 11°36′23″N 69°44′15″W / 11.60642°N 69.73763°W / 11.60642; −69.73763Maydoni91 km2 (35 sq mi)Ochilgan sanasi6 February 1974Boshqaruv organiNacional de Parques instituti (INPARQUES) Médanos de Coro milliy bogʻi (Parque Nacional Los Médanos de Coro) — Paraguanaga olib boradigan yoʻlda Coro shahri yaqinida, Falcon shtatida joylashgan Venesueladagi eng mashhur milliy bogʻlardan biridir. Milliy bogʻ 1974-yilda tashkil etilgan. Parkga Coro shahridan avtobus yoki taksi bilan osongina yetib olish mumkin
Medanos bogʻi Paraguana xeric scrub ekomintaqasining bir qismini oʻz ichiga qamrab oladi. U Medanos Isthmusda joylashgan va lik hududdan iborat boʻlib, asosan, choʻl va qirgʻoqlar hududlarini, shu jumladan shoʻr botqoqliklardan tarkib topgan. U uchta zonadan tashkil topgan, bular: Mitare daryosi deltasi va baʼzi kichikroq oqimlardan hosil boʻlgan allyuvial tekislik; uch turdagi qumtepalardan tashkil topgan shamolli tekislik; va mangrov botqoqlari kamariga ega qirgʻoq tekisligi. Medanos deb nomlanuvchi ulkan qum tepalari taxminan 5 x 30 km (3,1 x 18,6 mil) gacha boʻlgan maydonni qamrab oladi. Ular ga balandlikka yetishi mumkin va doimiy shamol taʼsirida oʻzgarib turadi.
Yogʻingarchilik kam uchraydi. Biroq, 1999-yil dekabr oyida Venesuelada sodir boʻlgan kuchli toshqin paytida („Vargas fojiasi“, ayniqsa Vargas shtatida halokatloqibatlarga sabab boʻlgan) kuchli yomgʻir qumtepalarda toʻrtta kichik koʻlchalarni hosil qildi; park qoʻriqchilari ilgari hech qachon bunday holatga guvoh boʻlmagan edilar.
Oʻsimliklar va hayvonot dunyosi Mazkur hududda asosan buta oʻsimliklar koʻp uchraydi. Bogʻ 21 turdagi, shu jumladan Venesualening mashhur uy qushi sariq yelkali amazonni oʻz ichiga olgan muhim qushlar maskani hisoblanadiBirdLife International (2001). Important Bird Areas factsheet: Parque Nacional Médanos de Coro. Downloaded from http://www.birdlife.org on 03/02/2015. Boshqa fauna dunyosi vakillari deyarli uchramaydi; milliy bogʻda asosan kaltakesaklar, quyonlar, chumolixo'rlar va tulkilar yashaydi. Sayyohlar qumtepalar orasida tuyada sayr qilishlari mumkin (tuyalar koʻp yillar avval olib kelingan).
Manbalar
Havolalar
Medanos Los Medanos Aeol tadqiqotlari bibliografiyasi
Turkum:Choʻllar Turkum:Milliy bogʻlar