Falastin milliy futbol terma jamoasi (arab. منتخب فلسطين لكرة القدم) — Falastin futbol assotsiatsiyasi tomonidan nazorat qilinadi. Xalqaro futbolda Falastin sharafini himoya qiladi. Jamoa qitʼada Osiyo Futbol Konfederatsiyasi (OFK) tomonidan boshqariladi va FIFA aʼzosi hisoblanadi.

Falastinda futbol assotsiatsiyasi 1928-yilda tashkil etilgan. Falastinning arab aholisidan iborat jamoa 1953-yilda oʻzining birinchi oʻyinini oʻtkazgan. Milliy terma jamoa 1998-yilda Falastin milliy maʼmuriyati tashkil etilgandan soʻng FIFA tomonidan tan olingan. Oʻsha yili Falastin oʻzining FIFA tomonidan tan olingan birinchi oʻyinini oʻtkazdi va oʻrtoqlik oʻyinida Livanga 3:1 hisobida magʻlub boʻldi. Jamoa 2014-yilgi OFK Chaqiruv kubogi finalida Filippin ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozonganligi evaziga musobaqa g‘olibi boʻldi. Terma jamoa musobaqadagi ushbu g‘alabasi tufayli 2015-yilgi Osiyo Kubogiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi va bu musobaqadagi ilk ishtiroki bo‘ldi. Keyinchalik Falastin 2019-yilgi Osiyo Kubogining navbatdagi bosqichiga yoʻllanma oldi. Ular hali jahon chempionatiga chiqa olishmagan.

Falastin terma jamoasi turli taxalluslar bilan tanilgan: „Kanʼon sherlari“ (arab. ạ̉swd knʿạn), „fedaiynlar“ (arab. ạlfdạḦywn) va „ritsarlar“ (arab. ạlfrsạn). Ularning asosiy ranglari — qizil va oq.

Tarix

1928-1998 yillar: Boshlanish

Makkabi yetakchisi Yosef Yekutieli 1925-yildayoq Makkabi assotsiatsiyasini Xalqaro futbol federatsiyasiga (FIFA) aʼzo bo‘lishiga harakat qilgan. Ariza rad etildi, chunki faqat davlatlar vakili boʻlgan uyushmalar aʼzo sifatida qabul qilinishi mumkin edi. Yekutieli shu tariqa Falastin futbol assotsiatsiyasini (PFA) tuzishga qaror qildi. „Makkabi“ rasmiylari arab jamoalarini kiritishlari shart edi. Assotsiatsiyaning birinchi sessiyasi 1928-yilning yozida boʻlib oʻtdi. Ilk sessiyada oʻn toʻrt yahudiy vakillaridan faqat bir arab delegati — Quddus arab sport klubining bir vakili ishtirok etdi.

Murabbiylar shtabi Lavozim Ism-sharif Bosh murabbiy Makram Daboub Yordamchi murabbiyh Fahed Attal

Terma jamoani boshqargan murabbiylar tarixi

Ricardo Carugati (1998) Azmi Nassar (1999-2000) Mansour Hamid El Bouri (2000) Mustafa Abdel-Ghali Yacoub (2001) Andrzej Wiśniewski (2002) Nicola Hadwa (2002-2004) Alfred Riedl (2004) Tamás Viczkó (2004) Azmi Nassar (2005-2007) Nelson Dekmak (2007) Ezzat Hamza (2008-2009) Jamal Daraghmeh (2009) Mousa Bezaz (2009-2011) Abdel Nasser Barakat (2011) Jamal Mahmoud (2011-2014) Saeb Jendeya (2014-2015) Ahmed Al-Hassan (2015) Abdel Nasser Barakat (2015-2017) Julio César Baldivieso (2017-2018) Noureddine Ould Ali (2018-2021) Makram Daboub (2021-2022)

Futbolchilar Hozirgi tarkib

Natijalar

+Terma jamoa safida eng koʻp maydonga tushgan futbolchilarDarajaFutbolchiIshtirokGollarKaryera 1Abdelatif Bahdari 82 9 2007-hozir 2Khader Yousef 69 2 2008-2016 3Ramzi Saleh 68 0 2000-2015 4Abdallah Jaber 59 2 2014-hozir 5Ashraf Nu'man 56 14 2009-20166Hussam Abu Saleh 53 3 2010-2015Musab Al-Battat 53 1 2013-hozirTamer Seyam 53 12 2014-hozir 9Saeb Jendeya 51 0 1999-2008 10Mohammed Darweesh 49 0 2015-hozir

+Eng yaxshi toʻpurarlarDarajaFutbolchiGollarIshtirokNisbatKaryera1Fahed Attal 14 40 2004-2012Ashraf Nu'man 14 56 2009-20163 Sameh Maraaba 12 42 2014-hozirTamer Seyam 12 53 2014-hozir 5Oday Dabbagh 11 27 2018-hozir6Jonathan Cantillana 10 27 2015-2018 Ziyad Al-Kord 10 28 1999-2006Khaled Salem 10 45 2011-hozir 9Abdelatif Bahdari 9 82 2007-hozir10Ahmad Maher Wridat 8 29 2011-2018Abdelhamid Abuhabib 8 37 2012-2015

Yutuqlar

2021-yil 2-sentabr holatiga ko‘ra, Falastin milliy terma jamoasining to‘liq rasmiy o‘yin rekordi 229 ta o‘yindan iborat: 66 g‘alaba, 57 durang va 106 mag‘lubiyat. Ushbu uchrashuvlar davomida jamoa 291 marta raqib darvozasini ishgʻol qilib, 357 ta gol oʻtkazib yuborgan. Falastinning eng katta gʻalabasi 2006-yilda Guamga qarshi oʻyinda erishilgan (11-0). Ularning eng uzoq gʻalabali seriyasi 7 ta gʻalaba, magʻlubiyatsiz rekordi esa ketma-ket 12 ta rasmiy oʻyin.

Umumiy natija Musobaqa 1-o'rin 2-o'rin 3-o'rin 4-o'rinFIFA Jahon chempionati 0 0 0 0 Osiyo Kubogi 0 0 0 0OFK Chaqiruv Kubogi1001WAFF chempionati 0 0 0 0Arab kubogi 0 0 0 0Pan Arab o'yinlari 0 0 1 2Osiyo oʻyinlari 0 0 0 0

Manbalar

Havolalar

FIFA team profile AFC team profile WAFF team profile ELO team records

Turkum:Falastin Davlati Turkum:Milliy futbol terma jamoalari Turkum:Osiyo milliy futbol terma jamoalari