Zhang Chengdong () (1989-yil 9-fevralda tugʻilgan) — xitoylik futbolchi, hozir Xitoy Superligasida „Beijing Guoan“ jamoasida oʻynaydi.

Klubdagi faoliyati Zhang Chengdong futbolchilik faoliyatini Liaoning Whowinning yoshlar akademiyasida oʻynashdan boshlagan. Toki 2004-yilda A Seriya vakili "Milan" uni mashgʻulotlarga chaqirgunicha bu hol davom etgan edi. Klubdagi qisqa muddatlisinovdan soʻng u Liaoningga qaytgan va klubning asosiy jamoasiga koʻtarilgan, 2006-yilning 21-mayida „Shandong Luneng“ga qarshi oʻyinda (5:0) klub uchun debyut qilgan. 2008-yilgi mavsumda klub quyi ligaga tushib ketganida, Zhanning shartnomasi oʻz yakuniga yetgan.

Zhang Portugaliya uchinchi divizon jamoasi Mafra bilan 2009-yil 23-sentyabrda shartnoma imzolagan. U oʻzining birinchi xet-trikini 2010-yilning 21-yanvarida 2009/2010-yilgi Tasa de Portugaliyadagi „Sporting CP“ga qarshi oʻyinda (4:3) amalga oshirgan.

Zhang 2010-yil iyul oyida Primeiraning „União Leiria“ klubiga o‘tgan. U klubdagi debyutini 2010-yilning 16-avgustida „Beira-Mar“ga qarshi o‘yinda (0:0) o‘tkazgan va Primeirada o‘ynagan birinchi xitoylik futbolchiga aylangan. Zhang Beira-Mardagi faoliyati davomida 26ta oʻyinda 6ta gol urdi.

2013-yilning 22-iyulida Zhang Xitoy Superligasi vakili Beijing Guoanga oʻtgan. U klubdagi debyutini 2013-yilning 25-avgustida Dalian Aerbinga qarshi o‘yinda (4:0) o‘tkazgan. Zhang klubdagi ilk golini 2014-yilning 17-mayida „Shanghai Shenhin“ga qarshi o‘yinda (2:1) kiritgan. 2015-yilning 21-iyulida Zhang 2015/2016-yilgi mavsum uchun La Liga vakili „Rayo Vallecano“ga ijaraga berilgan. U klubdagi debyutini 2015-yilning 5-dekabrida Ispaniya Kubogining 2015/2016-yilgi mavsumida „Getafe“ga qarshi o‘yinda (2:0) o‘tkazgan. U 2015-yilning 30-dekabrida "Atletiko Madrid" ga qarshi o‘yinda (2:0) ligadagi debyutini o‘tkazgan va La Ligada o‘ynagan birinchi xitoylik futbolchiga aylangan.

2017-yilning 13-yanvarida Zhang rekord darajadagi ichki transfer narxi evaziga „Hebei China Fortune“ jamoasiga o‘tgan. U klubdagi debyutini 2017-yilning 5-martida Henan Jianyega qarshi o‘yinda (0:0) o‘tkazgan. U klubdagi ilk golini 2017-yilning 29-aprelida „Tianjin Teda“ga qarshi o‘yinda (4:0) kiritgan.

2022-yil 30-yanvarda Zhang Beijing Guoanga qaytgan.

Xalqaro faoliyati Zhang Xitoy terma jamoasidagi debyutini 2010-yilning 3-martida Portugaliyaga qarshi oʻyinda (2:0) oʻtkazgan. Biroq, oʻyin FIFA tomonidan tan olinmagan. U 2011-yilning 6-oktyabrida Birlashgan Arab Amirliklariga qarshi oʻyinda (2:1) Xitoy terma jamoasi safida debyut qilgan.

Faoliyat statistikasi

Klub statistikasi +KlubMavsumLigaMamlakat KubogiLiga KubogiQitʼaJamiDivizionOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolLiaoning Whowin2006Xitoy Super Ligasi4100 - -41200720 - - -20200831 - - -31Jami9200000092Mafra2009—2010Liga de Honra2841300 -297União Leiria (Ijara)2010—2011Primeira Liga1420020 -162Beira-Mar (Ijara)2011—20122660000 -266Eintracht Braunschweig (Ijara)2012—20132. Bundesliga12000 - -120Beijing Guoan2013Xitoy Super Ligasi8030 -00110201424230 -4031220158010 -60150Jami4027000100572Rayo Vallecano (Ijara)2015—2016La Liga1030 - -40Beijing Guoan2016Xitoy Super Ligasi22000 - -220Hebei China Fortune201728320 - -303201824421 - -265201929000 - -290202013100 - -131Jami948410000989Karyerada jami246241740010026328

Xalqaro faoliyati Milliy terma jamoa YilOʻyin Gol 2011 4 0 2012 0 0 2013 0 0 2014 9 0 2015 8 0 2016 2 0 2017 0 0 2018 6 0 2019 3 0 Jami 32 0

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Xitoylik erkak futbolchilar