Lee Joon Gi (; 1982-yil 17-aprel, Pusan) — Janubiy Koreyalik aktyor, qoʻshiqchi va model. U birinchi marta „Qirol va saroy masxarabozi“ („왕의 남자“) (2005) filmidagi roli uchun shuhrat qozongan.

Faoliyati Lee Joon Gi oʻzining birinchi yirik aktyorlik rolida 2005-yilda „Qirol va saroy masxarabozi“ filmida suratga tushgan, filmda u Choson sulolasidan boʻlgan goʻzal masxaraboz Gong Gil obrazida rol ijro etgan. Ham tanqidiy, ham tijoriy muvaffaqiyatga erishgan film oʻsha paytda nomaʼlum boʻlgan aktyorni butun Osiyoda yulduzlikka olib chiqdi. U Korean Film Awards, Grand Bell Awards va Baeksang Art Awards taqdirlash marosimlarida „Eng yaxshi yangi boshlovchi“ sifatida mukofotlarni qoʻlga kiritgan.

Joon Gi Lee Da He va Lee Dong Wook bilan birga „Mening qiz doʻstim“ („내 여자“) dramasida ishtirok etgan. Romantik komediya seriali mamlakat ichida ham, butun Osiyoda ham xit boʻlib Lee Joon Koreya toʻlqinining bir qismiga aylangan.

2007-yilda Lee Joon Gi Aoi Miyadzaki bilan „Birinchi qor“ koreys-yapon filmida rol ijro etdi, filmda u koreys talaba rolini oʻynaydi. Film muvaffaqiyatli boʻlgan, Yaponiyada ishlab chiqarilgan koreys filmining chiptalar sotuvi yangi rekord oʻrnatgan. Lee 27-Gavayi xalqaro kinofestivalida „Koʻtarilayotgan yulduz“ mukofotini olgan . Oʻsha yili u 1980-yildagi Kvanju qoʻzgʻoloni bilan bogʻliq „18-may“ („화려한 휴가“) filmida ishtirok etgan. „18-may“ tijoriy jihatdan yaxshi natija ko‘rsatgan va keyinchalik 2007-yilda „Eng yaxshi badiiy film“ sifatida Oltin orxideya mukofotiga sazovor bo‘lgan. link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/6/6b/Lee_Jun_Ki_2009_JapanFM_Press_Conference.jpg/220px-Lee_Jun_Ki_2009_JapanFM_Press_Conference.jpg|thumb| Lee Joon Gi 2009-yil 2009-yil 5-avgustda Lee Koreya turizm tashkilotining reklama elchisi etib tayinlandi. Xuddi shu yili u „Hero“ komediya dramasida muxbir rolida suratga tushdi.

2013-yilda u „Ikki hafta“ („2주“) filmida qotillikda ayblanib, qizini leykemiyadan qutqarishga urinayotgan ota rolini ijro etgan. U roli uchun 2-APAN Star mukofotiga sazovor boʻlgan. link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/9/99/%22Moon_Lovers_-_Scarlet_Heart_Ryeo%22_press_conference%2C_24_August_2016_02.jpg/220px-%22Moon_Lovers_-_Scarlet_Heart_Ryeo%22_press_conference%2C_24_August_2016_02.jpg|thumb| Lee Joon Gee va IU „Moon Lovers“ matbuot anjumanida 2016-yil yanvar oyida Lee „Scarlet Heart“ xitoy teleserialining koreyscha talqini bo‘lgan „Moon Lovers: Scarlet Heart Ryeo“ filmida bosh rolni ijro etgan. Byudjeti 13 million dollar boʻlgan 20-qismli drama premyerasi 2016-yil 29-avgustda boʻlib oʻtdi. Film Koreyada yaxshi qabul qilinmadi, lekin Xitoyda shuhrat qozondi. Drama Lee Joon Gining Xitoydagi mashhurligining oshishiga olib keldi. 1-noyabr kuni Lee „Mening sevgim Li Jun Gi“ (내사랑 이준기) nomli bepul muxlislar uchrashuvini o‘tkazdi, uchrashuvda muxlislar u bilan „Moon Lovers“ filmining so‘nggi qismini tomosha qilishlari mumkin boʻlgan.

2020-yilda u „Yovuzlik guli“ („악의 꽃“) triller-melodramasida rol ijro etgan.

Diskografiyasi

Yakkaxon YilNomi2006My Jun, My StyleNam Hyun-joon — One & Only2009J Style2012Deucer2013CBC / Case by CaseMy Dear2014Exhale2016Thank You2018Delight

Video kliplarda

„Drunk In Melody“ Eun Ji Won (2004) „Precious Story“ Kang Sung Hoon (2004) „Sweety“ Clazziquai (2004) „Grace“ (Grace I & II) Lee Soo Young (2006) „Secret“ (Part III of the trilogy from Grace I & Grace II) Lee Soo Young (2006) „Anystar“ Lee Hyori (2006) „Pinky Finger“ Kim Sori (2009) „J Style“ Lee Joon Gi (2009) „Soliloquy“ Lee Joon Gi (2009)

Mukofotlar va nominatsiyalari YilTaqdirlash marosimiKategoriyaIshiNatijaHavl.200627- Blue Dragon Film AwardsEng yaxshi yangi aktyorQirol va saroy masxaraboziMashhur yulduzEkrandagi eng yaxshi juftlik (Kam U Son bilan)8- Mnet KM Music FestivalKlipdagi eng yaxshi aktyorGrace (Lee Soo Yon)5- Korean Film AwardsEng yaxshi yangi aktyorQirol va saroy masxarabozi43- Grand Bell AwardsEng yaxshi yangi aktyorMashhurlik mukofotiKorean Wave Popularity Award42- Baeksang Arts AwardsEng yaxshi yangi aktyorInStyle Fashionista Awardrowspan=3 11- Busan International Film FestivalKoʻtarilayotgan yulduz6- Korea Youth Film FestivalEng yaxshi yangi aktyor14- Chunsa Film Art AwardsEng yaxshi yangi aktyorQirol va saroy masxarabozi29- Golden Cinema Film festivalEng yaxshi yangi aktyor3- Max Movie AwardsEng yaxshi aktyor200945-Baeksang Arts AwardsEng yaxshi aktyor (televideniye)NominatsiyaTourism Authority of ThailandMaxsus mashhurlik nishoniKorean Martial Arts FederationJang sanʼati aktyoriVremya psa i volka, Il Chji Me20125- Skapa AwardsGrand PrizeLee Joon-gi’s JG Style31- MBC Drama AwardsKoreyaning taniqli aktyoriAran i magistratEng yaxshi juftlik (Shin Min bilan)20138- Seoul International Drama AwardsKoreyaning taniqli aktyori2-APAN Star AwardsKoreyaning taniqli aktyoriDve nedeli32-MBC Drama AwardsKoreyaning taniqli aktyori201624-SBS Drama AwardsKoreyaning taniqli aktyoriMoon Lovers: Scarlet Heart RyeoHallyu yulduziTop 10 ta yulduzEng yaxshi juftlik (IU bilan)2016 Taiwanʼs KKTV AwardsYilning eng yaxshi aktyori2018StarHub’s Night of Stars AwardsEng yaxshi Osiyo erkak yulduziOutlaw lawyer13-Soompi Annual AwardsYilning eng yaxshi aktyoriThink like a criminal

Manbalar

Havolalar

Rasmiy sayt Li Jun-ki IMDb -da Li Jun Ki Koreya kinosi maʼlumotlar bazasida Li Jun Ki HanCinemada.

Turkum:17-aprelda tugʻilganlar Turkum:1982-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Janubiy Koreyalik erkak aktyorlar Turkum:Janubiy Koreyalik erkak qoʻshiqchilar Turkum:Alifbo boʻyicha aktyorlar Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqchilar