Lee Hyun-woo (1993- yil 23-martda tugʻilgan) — janubiy koreyalik aktyor va qoʻshiqchi. U toʻqqiz yoshida aktyorlik faoliyatini boshlagan, keyinchalik The Return of Iljimae⠀ (2009) va „Queen Seondeok“ (2009) teleseriallarida suratga tushgan. U, shuningdek, „Magistr of Study“ (2010) va „To the Beautiful You“ (2012) filmlarida ham rol ijro etgan. Lee 2013-yilning „Secrely, Greatly“ filmidagi shimoliy koreyalik josus roli, shuningdek, 2014-yilning „The Con Artists“ filmidagi daho xaker obrazlari uchun tan olingan. Keyin u „Moorim School“ (2016) va „The Liar and His Lover“ (2017) filmlarida bosh rollarni ijro etgan.
Faoliyati Lee oʻz faoliyatini bolakay aktyor sifatida boshlagan va „The Legend“, „King Sejong the Great“, „The Return of Iljimae“ „Queen Seondeok“ kabi bir qator yirik spektakllarda rol ijro etgan.
U „Dragon Zakura“ Yaponiya mangasining Koreya zangori ekraniga moslashtirilgan „Master of Study“ filmidagi roli tufayli shuhrat qozongan. Xuddi shu yili Lee 2010-yilgi „Footloose“ musiqiy spektakli uchun sahnaga chiqqan va sahnada Ren obrazining bosh rolini oʻynagan.
Lee 2015-yilgi Yeonpyeongning ikkinchi jangi haqida „Northern Limit Line“ dengiz trillerida rol ijro etgan. Film 6 024 894 ta chipta sotgan (), bu 2015-yilda eng koʻp tomosha qilingan koreys filmiga ayl
2016-yilda u „Moorim School“ fantastik yoshlar dramasida rol ijeo etgan. Dastlab 20 qismga moʻljallangan drama past reytinglar tufayli 16 qismgacha suratga olingan.
2017-yilda Lee „Red Velvet“ aʼzosi Joy bilan bir qatorda yapon mangasi „Kanojo wa Uso o Aishisugiteru“ning koreyscha talqini „The Liar and His Love“ dramasida rol ijro etgan.
Lee armiyaga qoʻshilishdan oldin 2018-yilda „Twenty-Six“ nomli raqamli singlni chiqardi.
Besh yildan soʻng 2022-yilda Lee „Money Heist: Korea — Joint Economic Area“ Netflix dramasida suratga tushish orqali kichik ekranga qaytadi.
Filmografiyasi
Film link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/4/44/Lee_Hyun-woo_at_Justin_Davis_fansigning_in_Busan%2C_4_April_2014_02.jpg/170px-Lee_Hyun-woo_at_Justin_Davis_fansigning_in_Busan%2C_4_April_2014_02.jpg|thumb| 2014-yil aprel oyida YilNomRolIzohlarHavl.2005Baribari Jjang2006HolidayA Dirty CarnivalYoung Min-ho2007Hwang Jin YiYoung Nomi2010The Loneliness of Butcher BoyTae-shikQisqa metrajli film2011GLoveKim Jin-man2013Secretly, GreatlyRhee Hae-jin2014The Con ArtistsJong-bae2015Northern Limit LinePark Dong-hyukThe Beauty InsideWoo-jinEʼlon qilinadiHeroYoo Dong-haDreamKim In-sunSuratga olinmoqdaDog Days
Kliplarda chiqishlari YilNomIjrochiHavl.2005⠀Jump⠀Haha2011⠀You and I⠀IU2012⠀First Loveʼs Melody⠀Acoustic Collabo2013⠀I Love You⠀Akdong2016⠀Ordinary Love⠀KCM2019⠀Above the Time⠀IU
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1993-yilda tugʻilganlar Turkum:Janubiy Koreyalik erkak aktyorlar Turkum:Alifbo boʻyicha aktyorlar