Adrian San Migel del (ispancha: Adrián San Miguel del Castillo) 1987-yilning 3-yanvarida tavallud topgan. Adrian nomi bilan mashhur ispaniyalik futbolchi Angliyaning „Liverpool“ klubida darvozabon sifatida oʻynaydi. Ispaniyaning „Real Betis“ klubi tarbiyalanuvchisi.
Andalusiyaning Sevilya shahrida tugʻilgan Adrian bolaligida hujumchi va chap qanot himoyachisi sifatida faoliyat olib borgan, keyinchalik 10 yoshida darvozabon sifatida oʻz faloiyatini davom ettirgan. Shuningdek, Adrian „Real Betis“ klubi akademiyasida shu jumladan, klubning uchinchi va ikkinchi tarkiblarida ham oʻyin yuritgan.
2008-yilda Adrian „Alkali“ klubidan shartnoma orqali kiritilgan va buning uchun 5 ta oʻyin oʻtkazgan, keyingi yili esa „Utrera“ klubida shartnoma asosida oʻyin olib borgan.
2011-2012-yilgi mavsumda „Betis“ning asosiy jamoasiga kiritildi, ammo 2011-yilning noyabr oyida baxtsiz hodisa tufayli tizzasining xoch ligamentlaridan ogʻir jarohat oldi, soʻngra shu sababli olti oyni oʻtkazib yubordi.
2012-yil 29-sentyabrda Adrian La Ligadagi debyutining „ Malaga“ga qarshi o‘tkazadi va „Betis“ darvozaboni Kasto 10-daqiqada qizil kartochka olib „Salvador Agra“ ga zaxiradan maydonga tushadi. Ozchilik boʻlishgani uchun Real Betis toʻrtta javobsiz gol oʻtkazib yuboradi. Keyinchalik „Adrian“ klubning asosiy jamoasiga yoʻl oladi. Oʻsha yilning 24-noyabrida „Real Madrid“ ga qarshi oʻyinning eng yaxshi futbolchisi deb topiladi. Umuman olganda, 2012-2013-yilgi mavsumda Adrian chempionatda „Betis“ uchun 32 ta oʻyin oʻtkazdi va ulardan11 tasida oʻz darvozasini ishgʻol qilishni uddaladi va „Real Betis“ mavsumni La Ligada 7-oʻrinda yakunladi va Yevropa Ligasiga yoʻllanmani qoʻlga kiritishni uddaladi.
2013-yil 5-iyunda Adrian Angliyaning „Vest Xem United“ klubiga erkin agent sifatida oʻtdi va klub bilan yana ikki yilga uzaytirish imkoniyati bilan uch yillik shartnoma imzoladi.
2015-yilning 15-avgustida Adrian „Leicester City“ga qarshi oʻyin oxirida burchak toʻpidan keyin Jamie Vardyga qoʻpollik qilgani uchun maydondan chetlatilgan edi. „West Ham“ bu vaqtga qadar uchta almashtirishni ham amalga oshirganligi sababli, Carl Jenkinson jamoa darvozasidan joy oldi. 2015-yilning oktyabr oyida Adrian klub bilan ikki yillik yangi shartnoma imzoladi va uni ikki yilga uzaytirishi ham mumkin edi.
2019-yil 5-avgustda esa „Liverpool“ga koʻchib oʻtadi soʻngra, 9-avgust kuni „qizillar“ safida debyut qildi va „Norvich City“ga qarshi Premer-liga oʻyinida maydonga tushdi va jarohat olgan Alissonning oʻrniga maydonga tushdi. Debyutda Adrian „Norvich“ hujumchisi Teemu Pukkidan gol oʻtkazib yubordi. 2019-yil 14-avgust kuni UEFA Superkubogi uchun Londonning „Chelsea“ jamoasiga qarshi o‘yinda penaltilar seriyasida Tommy Abrahamning zarbasini qaytardi va mersisaydliklarga g‘alaba keltirdi.
2013-yilda Adrian FIFA tomonidan tan olinmagan Andalusiya jamoasida oʻynadi.
2016-yilning 26-avgust kuni Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Xulen Lopetegi Adrianni Belgiya va Lixtenshteynga qarshi oʻyinlar uchun tarkibga kiritdi. Ikkala oʻyinda ham ispaniyaliklar darvozasini David de Xea himoya qildi va Adrian bu uchrashuvlarni zaxira oʻrindigʻida oʻtkazdi. Yutuqlari
Angliya chempioni: 2019-2020-yillar Angliya kubogi gʻolibi: 2021-2022-yillar Angliya Superkubogi sohibi: 2022-yil UEFA Superkubogi sohibi: 2019-yil Futbol Ligasi kubogi sohibi: 2021-2022-yillar FIFA klublar oʻrtasidagi jahon chempionati gʻolibi: 2019-yil
KlubMavsumLigaMamlakat kubogiLiga kubogiBoshqaJamiO`yinGolO`yinGolO`yinGolO`yinGolO`yinGolBetis C2006-2007130———1302007-2008100———100Jami230———230Betis B2007-200830———302008-2009140———1402009-2010120———1202010-2011220——202402011-2012110———110Jami620——20640Alkala 2007-20085000——50Utrera 2008-200913000——130Real Betis2012-201332000——320Vest Xem Yunayted2013-20142001050—2602014-20153804000—4202015-20163200010303602016-2017160101010190Jami10606070401230Jami24106070602610
Manbalar
Havolalar
Profile at the Real Betis website
Turkum:Ispaniyalik erkak futbolchilar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1987-yilda tugʻilganlar Turkum:3-yanvarda tugʻilganlar Turkum:Liverpool F.C. futbolchilari Turkum:Angliya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Erkak futbol darvozabonlari Turkum:Betis Deportivo Balompié futbolchilari Turkum:Real Betis futbolchilari Turkum:CD Alcalá futbolchilari Turkum:CD Utrera futbolchilari Turkum:West Ham United F.C. futbolchilari Turkum:Liverpool F.C. futbolchilari Turkum:Tercera División oʻyinchilari Turkum:Segunda División B oʻyinchilari Turkum:La Liga oʻyinchilari Turkum:Angliya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Sportchilar