Yortepa — Oʻzbekistondagi madaniy meʼros obyekti. Arxeologiya yodgorligi. Obyekt davri: Aniqlanmagan . Namangan viloyatining Toʻraqoʻrgʻon tumanida joylashgan. Obyekt manzili: Yortepa qishloq. Koʻchmas mulkka boʻlgan huquq: Davlat mulki. Namangan viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan 2019-yil 4-oktabrda Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan — davlat muhofazasiga olingan.

Yortepa Toʻraqoʻrgʻon tumani shimolda joylashgan (6 km tuman markazidan).

Ikki qirlik oʻrtasida, chuqurlikda boʻlib, hududidan Kosonsoy soyi kesib oʻtgan.

Aholisini asosan oʻzbeklar tashkil etib, boshqa qardosh elatlar ham mavjud. Asosiy taʼlim maskani 42-umumtaʼlim makabi, ikki davlat bogʻchasi, Oʻndan ortiq xususiy bogʻcha, qishloq vrachlik punkti, Kamolxon Eshon Buva jome masjidi kabi muhim joylar mavjud.

Tarixi: Hududda toʻrtta tepalik boʻlgani uchun toʻrtepa deb atalgan, tojikchasiga chortepa deb yuritilib, bora-bora jortepa-yortepa nomlariga aylangan deb taxmin qilinadi. Manbalar

Turkum:Oʻzbekistondagi arxeologiya yodgorliklari