Ona salomatligi — homiladorlik, tugʻish va tugʻruqdan keyingi davrdagi onaning salomatligi. JSSTning taʼkidlashicha, onalik ona uchun hissiy boʻlgan qoniqarli tabiiy tajriba sifatida qabul qilingan boʻlsa-da, ona boʻlgan ayollarning yuqori foizida sogʻliq muammolari paydo boʻladi va hatto ularning vafot etishlari kuzatiladi. Shu sababli, onalarning sogʻligʻiga katta eʼtibor qaratilishi kerak (Amiri and Ulf-G 13). Ona salomatligini yahshilash investitsiyalari turli yoʻllar bilan amalga oshirilishi mumkin, jumladan, sogʻliqni saqlash xarajatlarini subsidiyalash, onalar salomatligi boʻyicha oʻqitish tizimi, oilani samarali rejalashtirishni ragʻbatlantirish, bolali ayollar salomatligini bosqichma-bosqich tekshirishni taʼminlash. Onalar kasallanishi va vafoti, ayniqsa, rangli ayollar va past yoki oʻrtacha daromadli mamlakatlarda yashovchi ayollarda koʻproq kuzatiladi.

Onalar kasallanishi va vafoti

JSST hisob-kitoblariga koʻra, 2017-yilda 295 mingga yaqin onalar oʻlimi sodir boʻlgan. Bu sabablar ogʻir qon ketishdan tortib to qiyin tugʻruqqacha oʻzgarib turadi. Bundan tashqari, onalar oʻlimining bilvosita sabablari kamqonlik va bezgakni oʻz ichiga oladi. Onalar oʻlmi oqibatida zaif oilalar vujudga keladi va koʻpincha ularning omon qolgan chaqaloqlari, ikki yoshga kirmasdan vafot etishi ehtimoli kuzatiladi.

2010-yilda AQShning Sogʻliqni saqlash tashkilotlarini akkreditatsiya qilish boʻyicha qoʻshma komissiyasi onalar oʻlimini „kutilmagan hodisa“ (tibbiy xizmat koʻrsatuvchi shaxsning katta xatolari va beparvoligi tufayli yuzaga kelishi mumkin boʻlgan va sogʻliqni saqlashni nazorat qiluvchi organlar tomonidan yaqindan tekshiriladigan hodisa) deb taʼriflagan.

Sogʻliqni saqlash xarajatlarini kamaytirish ayollar salomatligini yaxshilashga yordam beradi. AQSh, Buyuk Britaniya va boshqa mamlakatlarda hukumat va nodavlat organlari homilador ayollar yoki homiladorlik bilan bogʻliq sogʻliq muammolari boʻlgan ayollar uchun toʻlanadigan har qanday toʻlovni kamaytirish va hatto bekor qilish uchun hizmat qiluvchi qonunlarga ega. Agar ayollar oʻz farzandlarini sertifikatlangan tibbiy muassasalarda juda oz miqdorda pul toʻlab yoki toʻlamasdan bolani dunyoga keltirsa, ular oʻz pullarini chaqaloqning ovqatlanishiga, kiyim-kechagiga va boshqa ehtiyojlariga sarflashga motivatsiya oladilar (Onarheim, Iversen va Bloom np). Shuningdek, ayollar poliklinikalarga bepul tashrif buyurishsa va ularga bepul qoʻshimcha imkoniyatlar berilsa, ularning sogʻligʻi saqlanib qoladi va bu hukumatning sogʻliqni saqlashga sarmoya kiritadigan pul mablagʻlarini kamaytiradi. Oʻz navbatida, onalar oʻlimi darajasi bilan birga onalar kasallanishi ham kamayadi.

Onalar salomatligi bilan bogʻliq turli masalalar boʻyicha taʼlim berish ayollar salomatligini nazorat qilish va yaxshilash uchun muhim ahamiyatga ega. Resursga ega boʻlgan ayollar, oʻzlaridagi mavjud bilimlari tufayli kasalikka chalinish ehtimoli kam. Bunday ayollar oilani rejalashtirish, ularning moliyaviy imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda tugʻish uchun eng yaxshi vaqt tanlash, tugʻruqdan oldin, tugʻruq paytida va tugʻruqdan keyingi ovqatlanish boʻyicha toʻgʻri qaror qabul qiladilar. „Gannon“ gazetasi 1946 — 1953-yillarda onalar oʻlimi darajasi 70 % ga kamaydi, deb xabar bergan, chunki ayollar onalik maktabini oʻtashni boshlagan edilar. Tadqiqot chekka hududlarda yashovchilar va 18 yoshgacha boʻlgan qizlarga alohida eʼtibor qaratishni tavsiya qilgan. Hukumat ushbu ikki toifadagi odamlar orasida istalmagan va rejalashtirilmagan homiladorlikni kamaytirishga muvaffaq boʻlganda, ona salomatligi muammosi va u bilan bogʻliq xarajatlarni kamaytirish osonroq boʻlishi isbotlangan.

Onalar salomatligiga taʼsir etuvchi omillar

Qashshoqlik, tibbiy xizmatdan foydalanish

UNFPA hisobotiga koʻra, ijtimoiy va iqtisodiy holat, madaniyat meʼyorlari va qadriyatlari onalar oʻlimini koʻpaytiradi va onalar vafoti xavfi (homiladorlik yoki tugʻish paytida) rivojlangan mamlakatlarga qaraganda Afrikada 175 baravar yuqoriroq va homiladorlik bilan bogʻliq kasalliklar hamda tugʻruqdan keyin salbiy oqibatlarga olib keladigan xavf yanada baland koʻrsatkichlarga ega.

Qashshoqlik, onaning salomatligi va bolaning holati bir-biri bilan bogʻliq. Qashshoqlikdan aziyat chekuvchi hududlarda yashovchi ayollar ortiqcha vaznga moyil va ular sigaret chekish hamda giyohvand moddalarni isteʼmol qilish kabi nosogʻlom xatti-harakatlar bilan shugʻullanishadi, ular hatto qonuniy prenatal (tugʻruqqacha) parvarishidan foydalanish imkoniyatiga ega emaslar va bunday hududlarda ona va bola uchun salbiy oqibatlar kelib chiqish xavfi sezilarli darajada yuqori. Keniyada oʻtkazilgan tadqiqot shuni koʻrsatdiki, qashshoqlikdan aziyat chekuvchi hududlarda onalar sogʻligʻining keng tarqalgan muammolariga qon ketish, kamqonlik, gipertenziya, bezgak, erta tugʻruq, uzoq muddatli / murakkab tugʻruq va preeklampsiya kiradi.

Prenatal parvarish

Umuman olganda, toʻliq prenatal parvarish homiladorlik davrida tibbiy yordam, ovqatlanish, taʼlim va ijtimoiy xizmatlarini oʻz ichiga oladi. Shuningdek, prenatal parvarish skrining testlarini, qon bosimini nazorat qilish yoki homilaning qanday oʻsayotganini baholash uchun bachadon oʻlchanishini oʻz ichiga olishi mumkin. Ayollar prenatal parvarish bilan shugʻullanmaslikni tanlaganining turli sabablar mavjud boʻlsa-da, AQSh milliy tadqiqotida kam taʼminlangan ayollarning 71 foizi tugʻruqdan oldin parvarishlash xizmatidan foydalanishda qiyinchiliklarga duch keladi. Bir nechta tadqiqotlar davomida ayollar va yosh qizlar kerakli prenatal parvarish ololmasligining eng keng tarqalgan toʻsiqlari sifatida yetarli mablagʻ va transport yetishmasligidan shikoyat qilishgan. link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/d/d7/Total_Fertility_Rate_Map_by_Country.svg/300px-Total_Fertility_Rate_Map_by_Country.svg.png|right|thumb| Aholi soni boʻyicha maʼlumot byurosiga koʻra, tugʻilish darajasi boʻyicha mamlakatlar xaritasi (2020). Daromad tugʻruqdan oldingi parvarish sifati bilan chambarchas bogʻliqdir. Baʼzan, sogʻliqni saqlash muassasalaring joylashgan hududi va transportdan foydalanish ayollarning prrenatal parvarishlash imkoniyatiga ega yoki ega emasligiga sezilarli taʼsir koʻrsatadi. Malida onalar salomatligi xizmatlari boʻyicha oʻtkazilgan tadqiqiot shuni koʻrsatdiki, qishloq joylarida yashovchi boʻlajak onalar, shaharlarda yashovchi onalarga qaraganda prenetal parvarish xizmatini qabul qilish imkoniyati kamroq. Shuningdek, xizmat ko‘rsatishning sifatsiz darajasi onalar kasallanishi va o‘limini ko‘payishiga sabab boʻlmoqda.

Mavjud boʻlgan kasallik holatlari

Diabetlar

Homilador ayollarda homiladorlikdan oldin mavjud boʻlgan qandli diabet (pregestatsion diabet) kuzatilishi mumkin. Modda almashinuvining buzilishi qandli diabetning 1 va 2-turida deyarli bir xil boʻladi. Homilaning ona qornida nobud boʻlishi qandli diabet bilan kechadigan homiladorlikning eng ogʻir asoratlaridan biri hisoblanadi. Bundan tashqari, chaqaloqlarda tugʻma nuqsonlar, ularning vazni ortib ketishi (4,5 kg dan ortiq), oʻpka rivojlanishining orqada qolishi holatlari uchrab turadi. Amerika Qoʻshma Shtatlari va Avstraliyada olib borilgan tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, homiladorlik davrida diabetning tarqalishi taxminan 1 % ni tashkil qiladi.

OIV/OITS

Butun dunyoda onalar OIVga chalinish darajasi 1 % dan 40 % gacha boʻlib Afrika va Osiyo mamlakatlari eng yuqori ko‘rsatkichlarga ega. Onaning OIV infektsiyasi asosan bolaning sogʻligʻiga taʼsir koʻrsatsa-da, qashshoqlik yuqori va taʼlim darajasi past boʻlgan mamlakatlarda homiladorlik paytida OIV/OITS kasalligiga duchor boʻlish onaning ham sogʻligʻiga katta xavf tugʻdirishi mumkin. Rivojlanayotgan mamlakatlardagi homilador ayollarda OIV testi ijobiy natija berganda ular uchun sil va/yoki bezgak bilan kasallanish xavfi yuqori boʻladi.

Onaning vazni

Homiladorlikdan oldingi oʻrtacha vaznga ega boʻlgan ayollar homiladorlik davrida 11-16 kg gacha vaznining ortishi kuzatiladi. Gipertenziya, qandli diabet, nafas olish yoʻllari asoratlari va infektsiyalarning koʻpayishi onaning semirib ketishi holatlarida keng tarqalgan va homiladorlik natijalariga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin, cited in . Semirib ketish homiladorlik davrida paydo boʻladigan diabet (gestatsion diabet) uchun juda kuchli xavf omilidir. Homilador ayollar haftasiga kamida 150 daqiqa sport bilan shugʻullanishi, shu jumladan mushaklarni mustahkamlovchi mashqlarini bajarishlari kerak.

Ogʻiz boʻshligʻi gigiyenasi

Onaning ogʻiz boʻshligʻi salomatligi homilador onaning ham, uning tugʻilmagan homilasining ham farovonligiga taʼsir qilishi koʻrsatilgan.

Ogʻiz boʻshligʻi gigiyenasining ona salomatligi uchun ahamiyati

2000-yilgi Jarrohlikning umumiy hisobotida (Surgeonʼs General Report) ogʻiz boʻshligʻi salomatligi insonning umumiy salomatligi va farovonligiga oʻzaro bogʻliqligi taʼkidlangan. Ogʻiz boʻshligʻi salomatligi ayniqsa perinatal davrda va bolaning kelajakdagi rivojlanishida juda muhimdir. Ogʻiz boʻshligʻini parvarishlash onaga ham, bolaga ham foyda keltiradi. Bundan tashqari, homilador ayollarda ogʻiz boʻshligʻi salomatligi haqida tushunchaning yoʻqligi ularga va bolalariga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin. Shuning uchun onalarga ogʻiz boʻshligʻi salomatligi haqida maʼlumot berish juda muhimdir. Bundan tashqari, onaning ogʻiz boʻshligʻi salomatligi bilan bogʻliq muammolarni hal qilishda turli sohalardagi shifokorlar, ayniqsa, oilaviy shifokorlar va akusherlar oʻrtasidagi hamkorlik va qoʻllab-quvvatlash muhim ahamiyat kasb etadiBrown A. 2008. Access to Oral Health Care During the Prenatal Period: A Policy Brief. Washington, DC: National Maternal and Child Oral Health Resource Center. 2007-yilda New-York shtatining Nassau okrugidagi kam taʼminlangan homilador ayollarga ogʻiz boʻshligʻini muntazam parvarish qilish uchun „Onaning ogʻiz salomatligi“ loyihasi ishlab chiqilgan. Dastur boshlanganidan keyin 2000 dan ortiq homilador ayollarni davolashgan, ularning koʻpchiligida tishlari bilan bogʻliq jiddiy muammolar mavjud edi.

Ogʻiz boʻshligʻi salomatligi umumiy salomatlik va inson hayotining sifatiga koʻplab taʼsir koʻrsatadi. Jarrohlikning umumiy hisobotida ogʻiz orqali namoyon boʻladigan turli xil tizimli kasalliklar va holatlar roʻyxati keltirilgan. Ogʻiz boʻshligʻi umumiy salomatlik holatiga taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan mikrobial infektsiyalar uchun kirish eshigi boʻlib xizmat qiladi. Bundan tashqari, baʼzi tadqiqotlar diabet, yurak-qon tomir kasalliklari, insult va homiladorlikning salbiy oqibatlarini keltirib chiqarishini taʼkidlagan. Shuningdek, nosogʻlom ogʻiz boʻshigʻi dietaga, ovqatlanishga, uyquga, psixologik holatga, ijtimoiy muloqotga, oʻqishdagi va ishdagi faollikka salbiy taʼsir qilishi mumkin.

Homiladorlik davrida ogʻiz boʻshligʻidagi fiziologik oʻzgarishlar

Ogʻiz boʻshligʻi salomatligini himoylash va nazorat qilish homiladorlikdan oldin va homiladorlik paytida ayolning sogʻligʻi va yahshi hayot sifatini kafolatlaydi. Bundan tashqari, u onadan bolaga patogen bakteriyalarning oʻtishini kamaytirish salohiyatiga ega. Ayol uchun homiladorlik bilan birga fiziologik oʻzgarishlar yuz beradi. Oʻzgarishlar, jumladan, oʻzgaruvchan gormonlar, ayolning tish bilan bogʻliq kasallik kabi ogʻiz infektsiyalariga moyilligini oshiradi. Ushbu kasallik tananing yumshoq toʻqimalarni tiklash va saqlash qobiliyatini buzadiBrown A. 2008. Access to Oral Health Care During the Prenatal Period: A Policy Brief. Washington, DC: National Maternal and Child Oral Health Resource Center. Shuningdek, u yalligʻlanish va immun reaktsiyalarini bakterial qoʻzgʻatish orqali bilvosita zarar yetkazadi. Homiladorlik davrida milkning yengil yalligʻlanishi, „homiladorlik gingiviti“ tez-tez uchraydi va davolanmasa, surunkali (periodontal) kasalliklarga olib kelishi mumkin.

Onaning tish kariyesi va uning bola salomatligiga taʼsiri