Germaniya Ayollar Bundesligasi (nemischa: Frauen-Bundesliga, yaʼni Ayollar Federal Ligasi; homiylik sabablariga koʻra hozirda „FLYERALARM Frauen-Bundesliga“ nomi bilan tanilgan) Germaniyadagi ayollar futbol assotsiatsiyasining eng yuqori darajadagi ligasi. 1990 yilda Germaniya futbol assotsiatsiyasi (DFB) erkaklar Bundesligasi modeli asosida Germaniya ayollar bundesligasini tashkil qildi. Germaniya Ayollar Bundesligasida dastlab shimoliy va janubiy divizionlarga boʻlingan holda oʻynalgan, ammo 1997-yilda ushbu ikki divizion yagona ligani tashkil qilish uchun birlashtirildi. Hozirda Germaniya Ayollar Bundesligasi oʻn ikkita jamoadan iborat boʻlib, mavsumlar odatda yoz oxiridan bahor oxirigacha (qishda tanaffus bilan) davom etadi. Germaniya Ayollar Bundesligasi jamoalari raqobatbardoshligiga va xalqaro maydonda yaxshi nufuzga ega boʻlishida qaramay, Germaniya Ayollar Bundesligasiyarim professional hisoblanadi.
UEFA Ayollar Chempionlar Ligasida Germaniya Ayollar Bundesligasi jamoalari eng muvaffaqiyatli natijalarga erishgan (toʻqqizta chempionlik). Xususan, Frankfurt FFC jamoasi UEFA Ayollar Chempionlar Ligasida eng koʻp chempionlikni qoʻlga kiritgan.
Musobaqa formati Germaniya Ayollar Bundesligasi oʻn ikkita jamoadan iborat. Mavsum oxirida birinchi oʻrindagi klub Deutscher Meister unvonini qoʻlga kiritib, chempion boʻladi va 11 va 12-oʻrinlarni egallagan klublar Germaniya 2-Ayollar Bundesligasi (quyi liga)da birinchi va ikkinchi oʻrinni egallagan tegishli jamoalar bilan almashtiriladi. Germaniya Ayollar Bundesligasi mavsumi ikki davra, jami 22 oʻyindan iborat. Germaniya Ayollar Bundesligasida har bir klub bir-biriga qarshi ikkitada oʻyin oʻynaydi: bir davrada maʼlum bir klubga qarshi uy oʻyini, ikkinchisida esa mehmonda oʻynaydi. Germaniya Ayollar Bundesligasi mavsumlari, odatda, avgust yoki sentabrda boshlanadi, birinchi davra oʻyinlari dekabrda tugaydi. Ikkinchi davra odatda fevral oyida boshlanadi va may yoki iyun oylarida tugaydi, lekin baʼzida ikkinchi davraning birinchi oʻyinlari dekabr oyida ham oʻtkaziladi. Jahon chempionati oʻtkaziladigan yillarda (har toʻrt yilda bir) Germaniya Ayollar Bundesligasi turnir jadvalini oʻzgartirishi mumkin.
Germaniya Ayollar Bundesligasi reytingi klublarning mavsum davomida toʻplagan ochkolari asosida aniqlanadi. Gʻalaba 3 ochko, durang 1 va magʻlubiyat 0 ochko hisoblanadi. Taybreyklarda esa toʻplar farqi, urilgan gollar va jamoalarning oʻzaro oʻyinlardagi natijalarining nisbati hisobga olinadi. Agar turnir jadvalida durang holati kuzatilsa, taybrek statistikasi hisobga olinadi.
Joriy klublar
Jamoa Joylashgan shahar Uy stadioni Uy stadionining sigʻimi Werder Bremen Bremen Weserstadion Platz 12 1,000 SGS Essen Essen Stadion Essen 20,000 Eintracht Frankfurt Frankfurt Stadion am Brentanobad 5,500 SC Freiburg Freiburg Möslestadion 18,000 1899 Hoffenheim Hoffenheim Dietmar-Hopp-Stadion 6,350 Carl Zeiss Jena Jena Ernst-Abbe-Sportfeld 10,800 1. FC Köln Cologne Südstadion 11,748 Bayer Leverkusen Leverkusen Jugendleistungszentrum Kurtekotten 1,140 Bayern Munich Munich FC Bayern Campus 2,500 Turbine Potsdam Potsdam Karl-Liebknecht-Stadion 10,786 SC Sand Willstätt Kühnmatt Stadion 2,000 VfL Wolfsburg Wolfsburg AOK Stadium 5,200
Germaniya Ayollar Bundesligasi chempionlari roʻyxati
Mavsum Chenpion Ikkinchi oʻrin 1990-1991 TSV Siegen FSV Frankfurt 1991-1992 TSV Siegen Grün-Weiß Brauweiler 1992-1993 TuS Niederkirchen TSV Siegen 1993-1994 TSV Siegen Grün-Weiß Brauweiler 1994-1995 FSV Frankfurt Grün-Weiß Brauweiler 1995-1996 TSV Siegen SG Praunheim 1996-1997 Grün-Weiß Brauweiler FC Rumeln-Kaldenhausen 1997-1998 FSV Frankfurt SG Praunheim 1998-1999 1. FFC Frankfurt FCR Duisburg 1999-2000 FCR Duisburg 1. FFC Frankfurt 2000-2001 1. FFC Frankfurt 1. FFC Turbine Potsdam 2001-2002 1. FFC Frankfurt 1. FFC Turbine Potsdam 2002-2003 1. FFC Frankfurt 1. FFC Turbine Potsdam 2003-2004 1. FFC Turbine Potsdam 1. FFC Frankfurt 2004-2005 1. FFC Frankfurt FCR Duisburg 2005-2006 1. FFC Turbine Potsdam FCR Duisburg 2006-2007 1. FFC Frankfurt FCR Duisburg 2007-2008 1. FFC Frankfurt FCR Duisburg 2008-2009 1. FFC Turbine Potsdam FC Bayern Munich 2009-2010 1. FFC Turbine Potsdam FCR Duisburg 2010-2011 1. FFC Turbine Potsdam 1. FFC Frankfurt 2011-2012 1. FFC Turbine Potsdam VfL Wolfsburg 2012-2013 VfL Wolfsburg 1. FFC Turbine Potsdam 2013-2014 VfL Wolfsburg 1. FFC Frankfurt 2014-2015 FC Bayern Munich VfL Wolfsburg 2015-2016 FC Bayern Munich VfL Wolfsburg 2016-2017 VfL Wolfsburg FC Bayern Munich 2017-2018 VfL Wolfsburg FC Bayern Munich 2018-209 VfL Wolfsburg FC Bayern Munich 2019-2020 VfL Wolfsburg FC Bayern Munich 2020-2021 FC Bayern Munich VfL Wolfsburg 2021-2022 VfL Wolfsburg FC Bayern Munich
Germaniya Ayollar Bundesligasi chempion jamoalari reytingi Reyting Jamoa Chempionlik Ikkinchi oʻrin1 1. FFC Frankfurt 7 62 VfL Wolfsburg 7 33 1. FFC Turbine Potsdam 6 44 TSV Siegen 4 15 FC Bayern Munich 3 66 FSV Frankfurt 2 17 FCR Duisburg 1 78 Grün-Weiß Brauweiler 1 39 TuS Niederkirchen 1 0
Xalqaro musobaqalarda Germaniya Ayollar Bundesligasida har bir mavsum chempioni hamda ikkinchi o‘rinni egallagan jamoa keyingi mavsumda ayollar o‘rtasidagi UEFA Chempionlar Ligasiga yo‘llanma oladi. 2021-2022-yilgi mavsumdan boshlab Germaniya Ayollar Bundesligasida eng yaxshi natija koʻrsatgan uchta jamoa UEFA ayollar chempionlar ligasiga yoʻllanma oladi.
Germaniya Ayollar Bundesligasini translatsiya qilish Davlat/MintaqaLiga oʻyinlarini translatsiya qiladigan telekanallarEurosport 1 telekanali (haftasiga bitta oʻyin)Janubiy Amerika mamlakatlariSky Sports telekaniMagenta Sport (haftasiga 3 ta oʻyingacha)Eurosport 1 (haftasiga bitta oʻyin)
NENT telekanaliEurosport 1 (haftasiga biitta oʻyin)GolablDFB
Yana qarang
Ayollar futboli bo‘yicha Germaniya chempionlari ro‘yxati DFB-Pokal (ayollar) Ayollar sporti
Manbalar
Izohlar
Havolalar
Turkum:Yevropadagi eng yuqori darajadagi ayollar futbol ligalari Turkum:Frauen-Bundesliga Turkum:Germaniyadagi ayollar futbol ligalari Turkum:Germaniyadagi professional futbol ligalari