Viktor Alekseyevich Orlov (1936-yil 9-aprelda tugʻilgan) — oʻzbekistonlik sobiq professional futbolchi, yarim himoyachi ampulasida oʻynagan. SSSR quyi dvizion jamoalarida murabbiylik qilgan.
Futbolchilik faoliyati 1954-yilda futbolchilik faoliyatini Ashxobodning „Spartak“ jamoasida boshlagan, keyinchalik jamoa nomi „Kolxozchi“ deb oʻzgartirgan. Viktor Kolxozchi klubida jamoa sardori edi. 1960-yilgi mavsumda Toshkentning „Paxtakor“ jamoasiga taklif qilingan. 1964-yilgi mavsumda Toshkent viloyatining Yangibozor shaharchasi sharrafini himoya qiladigan „Politotdiel“ jamoasiga oʻtgan. Faoliyatini yakunida Toshkent viloyatining boshqa bir jamoasi, „Oqqoʻrgʻon“ klubida oʻynab, futbolchilik faoliyatini yakunlagan.
Murabbiylik faoliyati Futbolchilik faoliyatini yakunlagach, murabbiylik faoliyatini boshlagan. Dastlab Oqqoʻrgʻon klubida yoshlar futbolchilarni tayyorlash va ularga taʼlim berishda yordam bergan. 1972-yilda „Zarafshon Navoiy“ klubida murabbiy yordamchisi boʻlib ishlagan. 1976-yilda Samarqandning „Dinamo“ klubini boshqargan. 1989-yilda Köpetdag Ashxobod jamoasiga rahbarlik qilgan.
Manbalar
Havolalar
Viktor Orlov Footballfactsru saytida
Turkum:1936-yilda tugʻilganlar Turkum:SSSR erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Kopetdag futbol klubi futbolchilari Turkum:Paxtakor jamoasi futbolchilari Turkum:Doʻstlik Toshkent futbolchilari Turkum:SSSR futbol murabbiylari Turkum:Oʻzbekistonlik futbol murabbiylari Turkum:Oqqoʻrgʻon klubi murabbiylari Turkum:Zarafshon futbol klubi murabbiylari Turkum:Kopetdag futbol klubi murabbiylari Turkum:Navbahor klubi murabbiylari Turkum:Dimitrovchi futbol klubi murabbiylari Turkum:Dinamo Samarqand futbol klubi murabbiylari Turkum:Buxoro futbol klubi (1960) murabbiylari