Yakov Ilyich Kaprov (1934-yil 23-iyulda tugʻilgan — 2017-yil 11-yanvarda vafot etganDen v istorii kluba ) – Sovet va oʻzbekistonlik sobqi professional futbolchisi, hujumchi ampulasida oʻynagan. Futbolchilik faoliyatini yakunlagandan soʻng Oʻzbekiston jamoalarida murabbiy sifatida ishlagan.
Futbolchilik faoliyati Futbolchilik faoliyatini 1955-yilda Toshkentning „Spartak“ jamoasida boshlagan. 1956-yilda mavsum davomida „Paxtakor“ klubi tarkibida oʻynagan, keyinchalik esa „Mehnat zahiralari“ (Toshkent) jamoasi safida toʻp surgan. Shundan soʻng u futbolchilik faoliyatini yakunlab, murabbiylikka oʻtdi. Ammo 1965—1966-yillarda futbolchilik faoliyatini tiklagan va „Sverdlovets“ jamoasida oʻynagan. 1966-yilgi mavsum soʻngida ikkinchi marta futbolchilik faoliyatini yakunlagan.
Murabbiylik faoliyati Futbolchi faoliyati yakunlangach, murabbiylik faoliyatini boshlagan. 1965-yilda Toshkent SKA (Toshkent) klubiga rahbarlik qilgan. 1967—1969-yillarda „Pomir“ (Leninobod) jamoasiga murabbiylik qilgan. 1970-yilda u „Yangier“ klubiga rahbarlik qilgan. 1971-yilda u „Pomir“ (Dushanbe) murabbiylar shtabiga qoʻshilgan Pomir klubida dastlab jamoani tayyorlashga yordam bergan, 1971-yilning iyulidan oxirigacha va 1973-yilning iyulidan sentyabriga qadar jamoani boshqargan. Samarqandning „Dinamo“ (1978), „Amudaryo“ (1979), „Xorazm“ (1981, 1985—1986), „Sohibkor“ (Xalqobod) (1989), „Nurafshon Buxoro“ (1992) va Bekobodning „Metallurg“ (199) klublarida ham bosh murabbiy boʻlib ishlagan. Shuningdek, „Chornomorets“ (Odessa), „Zvezda“ (Jizzax), „Paxtakor“ (Toshkent), „Soʻgʻdiyona“ (Jizzax), MHSK (Toshkent), Metalurg (Bekobod) va „Qizilqum“ (Zarafshon) klublarida bosh murabbiy yordamchisi boʻlib ishlaganUZBYeKISTANSKIYe KLUBI: 2003 god: VISShAYa LIGA: KIZILKUM Zarafshan – uzsoccer.narod.ru .
Yutuqlar
Shaxsiy yutuqlar
SSSR sport ustasi link=Fayl:Flag of the Tajik Soviet Socialist Republic (1953–1991); Flag of Tajikistan (1991–1992).svg|20x20px Tojikiston SSRda xizmat koʻrsatgan murabbiy
Manbalar
Havolalar
Yakov Kaprov Footballfactsru saytida Yakov Kaprov Footbook saytida
Turkum:1934-yilda tugʻilganlar Turkum:23-iyulda tugʻilganlar Turkum:2017-yilda vafot etganlar Turkum:11-yanvarda vafot etganlar Turkum:SSSR erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:SSSR futbol murabbiylari Turkum:Oʻzbekistonlik futbol murabbiylari Turkum:Sverdlovets klubi futbolchilari Turkum:Spartak Toshkent futbolchilari Turkum:Paxtakor jamoasi futbolchilari Turkum:Mehnat zahiralari klubi futbolchilari Turkum:MHSK futbol klubi bosh murabbiylari Turkum:Sohibkor futbol klubi murabbiylari Turkum:Yangiyer futbol klubi murabbiylari Turkum:Dinamo Samarqand futbol klubi murabbiylari Turkum:Aral Samali futbol klubi murabbiylari Turkum:CSKA Pamir Dushanbe klubi murabbiylari Turkum:Xonqa klubi murabbiylari Turkum:Buxoro klubi murabbiylari Turkum:Metallurg Bekobod klubi bosh murabbiylari