Javohir Esonqulov (1997-yil 20-aprelda tugʻilgan) – oʻzbekistonlik professional futbolchi, hujumchi ampulasida oʻynaydi. 2023-yil iyul oyidan Gruziyaning „Merani Martvili“ jamoasi azosi.

Futbolchilik faoliyati Javohir Esonqulov 1997-yil 20-aprelda Oʻzbekistonning Surxondaryo viloyatida tugʻilgan. 8 yoshida oilasi bilan Rossiyaga, Saratov shahriga koʻchib oʻtgan. 10 yoshida u Saratovning Sokol jamoasida futbol oʻynay boshlagan, 2013-yilgacha ushbu klubning yoshlar jamoasida oʻynagan. Birinchi murabbiy – Sergey Aleksandrovich Podmetalin.

2013-yilda Javohir Esonqulov Oʻzbekistonga qaytib, Zarafshonning „Qizilqum“ klubida mashgʻulotlarida qatnashgan, ammo shartnoma imzolamagan. Shundan soʻng 3 oy davomida Qarshining „Nasaf“ jamoasi yigʻinida ishtirok etgan boʻlsada, bu safar ham jamoagaqabul qilinmagan. Qarshi klubidagi omadsizlikdan soʻng Javohir Surxondaryoga qaytib, individual mashgʻulotlar olib bordi, baʼzan mahalla jamoalari tarkibida futbol oʻynagan. 2014-yilda Toshkentning „Bunyodkor“ jamoasiga aʼzo boʻlgan. Avvaliga „Bunyodkor-2“ klubida, keyinroq „qaldirgʻochlar“ yoshlar jamoasida oʻynagan. 2016-yil boshida esa Bekobodning „Metallurg“ klubiga ijaraga berilgan.

2019-yilgi mavsumni Qoʻqon 1912 jamoasida boshladi. 2019-yilgi mavsumda „Lokomotiv“ jamoasi bilan shartnoma imzoladi. 2020-yilgi mavsumni Qarshining „Nasaf“ klubida oʻtkazdi. 2021-yilda Termizning „Surxon“ klubi bilan shartnoma imzolagan. 2022-yil Qozogʻistonning „Kiran“ klubi bilan shartnoma imzoladi. 2023-yilgi mavsumda Qrimning „Qiziltosh Bohchasaroy“ klubi bilan shartnoma imzoladi. 2023-yil iyul oyida Gruziya ikkinchi ligasida ishtirok etuvchi „Merani Martvili“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan.

Terma jamoa 2015-yilda Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi yigʻinida ishtirok etgan, biroq hali birorta ham oʻyin oʻtkazmagan.

Manbalar

Havolalar

Javohir Esonqulov Championat.asia saytida Javohir Esonqulov Transfermarkt saytida Javohir Esonqulov Soccerway saytida

Turkum:1997-yilda tugʻilganlar Turkum:20-aprelda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Bunyodkor-2 klubi futbolchilari Turkum:Bunyodkor klubi futbolchilari Turkum:Metallurg Bekobod klubi futbolchilari Turkum:Lokomotiv Toshkent futbol klubi futbolchilari Turkum:Surxon klubi futbolchilari Turkum:Qoʻqon 1912 klubi futbolchilari Turkum:Nasaf klubi futbolchilari Turkum:FC Sokol Saratov futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik muhojir erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston 21 yoshgacha boʻlgan terma jamoasi futbolchilari