Vadim Valeryevich Lyubushin (1967-yil 28-iyunda tugʻilgan) – sovet va oʻzbekistonlik sobiq professional futbolchi, yarim himoyachi ampulasida oʻynagan.
Futbolchilik faoliyati Vadim Lyubushin 1967-yil 28-iyunda Toshkent shahrida tugʻilgan. Toshkent „Mehnat zaxiralari“ yoshlar sport maktabida futbol bilan shugʻullangan.
Faoliyati davomida u turli ampulalarda oʻynagan. 1985-yilda „Xiva“ tarkibida ikkinchi ligada debyut qilgan. Keyinchalik u Estoniya SSR chempionatida eng kuchli jamoalardan biri – Tallinning „Zvezda“ tarkibida (1986—1987) oʻynagan. 1986-yilda Estoniya SSR terma jamoasi tarkibida SSSR xalqlarining yozgi Spartakiadasining futbol turnirida ishtirok etgan.
1988-yilda Oʻzbekistonga qaytib, ikkinchi ligada Chirchiqning „Selmashevets“/"CHirchiq" (1989—1990) va Xalqobodning „Sohibkor“ (1989) jamoalarida toʻrt mavsum davomida 68 ta oʻyinda maydonga tushib, 3 ta gol urgan.
Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, Kosonsoyning „Kosonsoychi“ (1992), Jizzaxning „Soʻgʻdiyona“ (1993), Toshkentning MHSK (1993), Qarshining „Dinamo-Nasaf“ (1996), „Xorazm“ jamoalari safida mamlakat chempionati oliy ligasida oʻynagan. Vadim Oʻzbekiston Oliy ligasida 53 ta oʻyin oʻtkazib, 5 ta gol urgan. 1997-yilda futbolchilik faoliyatini yakunlagan.
Oila Vadim Lyubushinning otasi Valeriy Lyubushin (1940—2011)-Toshkentning „Paxtakor“ klubida oʻynagan sovet futbolchisi, sport ustasi. Keyinchalik Oʻzbekiston jamoalarida murabbiy va bosh murabbiy boʻlib ishlagan.
Manbalar
Havolalar
Vadim Lyubushin Footballfactsru saytida
Turkum:1967-yilda tugʻilganlar Turkum:28-iyunda tugʻilganlar Turkum:Toshkentda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:SSSR erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Xiva klubi futbolchilari Turkum:Chirchiq klubi futbolchilari Turkum:Sohibkor futbolchilari Turkum:Kosonsoy klubi futbolchilari Turkum:Nasaf klubi futbolchilari Turkum:Xorazm futbolchilari Turkum:Soʻgʻdiyona Jizzax futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari