Palicourea elataIlmiy tasniflashOʻsimliklarYuksak oʻsimliklarGulli oʻsimliklarIkki urugʻpallalilarAsteridsGentianalesRubiaceaePalicoureaP. elataBinar nomiPalicourea elata(Sw.) BorhidiSinonimlar Psychotria elata (Sw.) Hammel link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/e/e9/Psychotria_elata_-_FLOR_BESO.jpg/220px-Psychotria_elata_-_FLOR_BESO.jpg|thumb| Psychotria elata „qizil lablar“ ga oʻxshash gullashdan oldin Palicourea elata, Psychotria elata, odatda qiz oʻpichi va labios de puta deb nomlanuvchi tropik oʻsimlik boʻlib, Meksika, Kosta-Rika, Ekvador, Panama va Kolumbiyada oʻsadi. Palicourea elata sharoitga oʻta sezgir va oʻsishi uchun oʻziga xos iqlim talab etiladi, tropik oʻrmonlar iqlimi bu oʻsimlik uchun eng mos keladi. U oʻzining lab shaklidagi gʻunchasi bilan ajralib turadi va shuning uchun „Issiq lablar“ laqabini olgan. Yorqin qizil gʻunchalar uning eng mashhur xususiyati hisoblansa-da, ular oʻsimlikning haqiqiy gullari emas, balki ekstravagant barglari; Palicourea elata gullari „qizil lab“ barglari ichida yotadi. P. elata yaxshi oʻrganilgan unig foydalu xususiyatlari haqida eski qoʻlyozmalarda yozib qoldirilgan. Dorivor xususiyativa chiroyli koʻrinishi tufayli u haddan tashqari koʻp miqdorda yigʻib olingan. Endilikda bu tur xavf ostida.
Tavsif link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/d/dc/Psychotria_elata%2C_the_Hairless_Hotlips_%289381777100%29.jpg/220px-Psychotria_elata%2C_the_Hairless_Hotlips_%289381777100%29.jpg|thumb| P. elata gul ochadi Palicourea elata Rubiaceae oilasiga mansub boʻlgan buta. Rubiaceae oilasi oddiy, qarama-qarshi barglari orqali tanib olinadi. Oilaning hayotiy shakllariga P. elata kabi quruqlikdagi daraxtlar, oʻtlar, lianalar yoki butalar kiradi. Bu oʻsimlik odatda tropuk oʻrmonlarining pastki qatlamida oʻsadi. Bu tur 1-3 metrgacha oʻsishi mumkin, vaqti-vaqti bilan boʻyi 4 metrga yetadi. Oʻsimlikning morfologiyasi juda oʻzgaruvchan boʻlishi mumkin, chunki unga yaqin atrofdagi oʻsimliklarning qoʻshni tuzilishi va oʻsimlikning umumiy yorugʻlik mavjudligi bevosita taʼsir qiladi. Ushbu oʻzgaruvchilar, shuningdek, oʻsimlik uchun mavjud boʻlgan umumiy resurslar P. elata ning biomexanikasi, allometriyasi va shoxlanishiga taʼsir koʻrsatishi koʻrsatilgan, bu esa, oʻz navbatida, barglarning balandligi va soniga taʼsir qilishi mumkin.
P. elataning eng oʻziga xos xususiyatlari uning qizil gʻunchalari. Uning gullari gullashdan oldin, bir juft odam lablariga oʻxshash shaklga ega boʻladi. P. elata gullari dekabrdan martgacha gullaydi va ularni mayda, yulduzsimon gullar deb taʼriflash mumkin. P. elata Palicoura turkumiga mansub va bu turkumning koʻplab oʻsimliklari kabi, hid bermaydi. Hidi boʻlmagani tufayli oʻsimlik kapalaklar va kolibri kabi changlatuvchilarni jalb qilish uchun faqat oʻzining shaklidan foydalanadi. Changlanish va urugʻlanish sodir boʻlgandan soʻng, P. elata mayda qora yoki toʻq koʻk rezavorlar hosil qiladi. Bu rezavorlar keyin qushlar orqali tarqaladi.
Xususiyatlari link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/5/52/Strictosidine_skeletal.svg/220px-Strictosidine_skeletal.svg.png|thumb| Striktosidinning kimyoviy tuzilishi Palicourea elatada topilgan asosiy fitokimyoviy moddalardan biri striktosidindir.
Foydalanish P. elataning poʻstlogʻi va barglari xalq tabobatida quloq ogʻrigʻida, yoʻtalda, terining qichishi yoki toshmasida qoʻllanadi. Panama va Kolumbiyada yashovchi Kuna xalqi odatda bu gulni nafas qisilishiga qarshi vosita sifatida ishlatishgan. Nikaragua qabilalarida oʻsimlik ilon chaqishi natijasida yuzaga keladigan nojoʻya taʼsirlarga yordam berish uchun ishlatilgan; oʻsimlikning barcha qismlari bu maqsadda ishlatilganligi maʼlum. Dorivor maqsadlarda foydalanishning eng keng tarqalgan usuli kerakli qismlarini ichish uchun qaynatma tayyorlash.Yuqorida aytib oʻtilganidek, oʻsimlik tibbiyotda qoʻllanishi mumkin, lekin asosan mahalliy jamoalarda marosimlarda qoʻllanadi. Oʻsimlikning yalligʻlanishga qarshi xususiyatlari bilan bir qatorda mikroblarga qarshi xususiyatlarga ham ega ekanligi ham qayd etilgan.
Manbalar
Turkum:Oʻsimliklar Turkum:Manzarali o‘simliklar