Chad Marshall — amerikalik futbolchi hisoblanib, „Columbus Crew“ va „Seattle Sounders“ klublari va AQSh terma jamoasida oʻynagan.

Jamoalardagi faoliyati Marshall futbolchilik faoliyatini Stanford universiteti futbol jamoasida oʻynashdan boshlagan.

Marshall 2004 MLS Super loyihasida „Columbus Crew“ tomonidan tanlangan. Birinchi mavsumda Chad jamoa faxriysi Robin Freyzer bilan birga chempionlik uchun eng ishonchli himoya chizigʻini tashkil etgan. U „Yilning eng yaxshi yangi futbolchisi“ nominatsiyasiga nomzod boʻlgan edi, ammo Klint Dempsiga yutqazib qoʻydi. 2007-yilda Chad miya chayqalishi tufayli atigi 12 uchrashuvda qatnashdi, bu jarohat uning faoliyatiga jiddiy tahdid soldi. 2008-yilda Marshall MLS kubogini yutishda yordam berdi. U finalda „New York Red Bulls“ga qarshi oʻyinda gol urgan va yilning eng yaxshi himoyachisi deb topildi va mavsum oxirida MLS yulduzlar jamoasiga kiritilgan.

2019-yil 22-may kuni Chad Marshall futboldagi faoliyatini yakunlaganini eʼlon qildi.

Xalqaro faoliyati 2003-yilda Marshall BAA yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida yoshlar jamoasi tarkibida oʻynagan.

2005-yil 10-martda Chad Kolumbiyaga oʻrtoqlik oʻyinida AQSh terma jamoasi safida debyut qilgan. Oʻsha uchrashuvda u terma jamoadagi ilk golini urgan. 2009-yilda Marshall KONKAKAF Oltin Kubogida ishtirok etgan. U Gonduras, Meksika, Grenada va Panamaga qarshi oʻynagan. Marshall Oltin kubokning kumush medali sohibiga aylangan.

Marshall AQSHning 2010-yilgi Jahon chempionatining dastlabki roʻyxatiga 30 nafar futbolchi kiritilgan, ammo 23 nafar futbolchidan iborat yakuniy roʻyxatga kiritilmagan.

2017-yilning 6-yanvarida Marsyal 29-yanvar kuni Serbiya va 3-fevral kuni Yamayka bilan o‘tkaziladigan o‘rtoqlik o‘yinlari oldidan o‘tkazilgan o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida deyarli yetti yil ichida birinchi marta terma jamoaga chaqiruv olgan.

Statistikasi KlubMavsumMLSPlayoff bosqichidaKubogChempionlar LigasiJamiOʻyinGollarOʻyinGollarOʻyinGollarOʻyinGollarOʻyinGollarColumbus Crew20042802000—3002005301—00301200626100261200712200122200829442003362009184200020224201024220303032220113201000—3302012242—00242201330100301Jami25317112305027219Seattle Sounders FC20143114030—3812015290311010341201630460002038420172815000—33120183041000413552019800000—80Jami15610191407118612Jami409273037012145831

Yutuqlari „Columbus Crew“

MLS kubogi — 2008 Supporters’ Shield sohibi— 2004, 2008, 2009

„Sietl Sounders“

MLS kubogi — 2016 Supporters’ Shield sohibi — 2014 AQSh ochiq futbol kubogi — 2014

Xalqaro yutuqlari

AQSh

KONKAKAF Oltin kubogi — 2009

Shaxsiy yutuqlari

MLSda yilning eng yaxshi himoyachisi — 2008, 2009, 2014 MLS ramziy jamoasi aʼzosi — 2008, 2009, 2014, 2018

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Amerikalik erkak futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar