Megan McArthur (talaffuzi: Megan Makartur 1971-yil 30-avgustda tugʻilgan) — amerikalik okeanograf, muhandis va NASA astronavti. U Space Shuttle va Xalqaro kosmik stansiyada (XKS) kapsula aloqachisi (CAPCOM) boʻlib ishlagan. Megan MakArtur Crew Dragon Endeavourda bitta kosmik kema, STS-125 va bitta SpaceX Crew-2 missiyasini bajardi. MakArtur Shuttle Avionika Laboratoriyasida (SAIL) ishlagan. U hamkasbi astronavt Robert L. Behnkenga turmushga chiqqan.
Yoshlik MakArtur Gavayi orollarining Gonolulu shahrida tugʻilgan. U Kaliforniyada oʻsib ulgʻaygan. U dastavval London markaziy oʻrta maktabida oʻqigan. Keyinchalik Kaliforniyaning Mauntin shahridagi Sent-Frensisk oʻrta maktabini tamomlagan. U 1993-yilda Los-Anjelesdagi Kaliforniya universitetida aerokosmik muhandislik boʻyicha bakalavr darajasini olgan. 2002-yilda Kaliforniya universiteti qoshidagi Skripps okeanografiya institutida, okeanografiya boʻyicha fan nomzodi ilmiy darajasi berilgan.
Okeanografiya faoliyati Skripps Okeanografiya Institutida MakArtur suv osti akustik tarqalishi, ya'ni raqamli signallarni qayta ishlash boʻyicha bir qancha tadqiqotlar olib bordi. Uning tadqiqotlari genetik algoritmni inversiya qilish va geoakustik modellarni aniqlashga qaratilgan. U dengizda ma'lumotlarni yigʻish operatsiyalari paytida bosh olim boʻlib ishlagan. Shuningdek dengiz tubida asboblarni joylashtirish, choʻkindi namunalarini yigʻish operatsiyalarini rejalashtirgan va boshqargan. Scrippsda u suvda asboblarni sinovdan oʻtkazish, joylashtirish, texnik xizmat koʻrsatish va qayta tiklash, shuningdek, dengiz oʻsimliklari, hayvonlari va choʻkindilarni yigʻishda ishtirok etgan.
NASA faoliyati MakArtur 2000-yil iyul oyida NASA tomonidan missiya boʻyicha mutaxassis sifatida tanlangan. U 2000-yil avgust oyida oʻqish uchun yoʻllandi. MakArtur Ikki yillik oʻqitish va baholashni tugatgandan soʻng, Shuttle Avionika Integratsiya Laboratoriyasida (SAIL) shattl tizimlari boʻyicha texnik masalalar bilan shugʻullanadigan boʻlimiga ishga kirdi. Keyin MakArtur Xalqaro kosmik stansiyada (XKS) olti oylik missiyasi davomida Ekspeditsiya 9 ekipaji uchun qoʻllab-quvvatlovchi astronavt sifatida xizmat qildi. U, shuningdek, Koinot stansiyasi va Kosmik kemalar missiyasini boshqarish markazlarida kapsula aloqachisi (CAPCOM) sifatida ishlagan. 2006-yilda MakArtur STS-116 uchun CAPCOM edi. U, shuningdek, 2007-yilda STS-117 missiyasi uchun EVA capcomi boʻlgan.
STS-125 link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/5/51/STS-125_Megan_McArthur_works_with_the_controls_of_the_remote_manipulator_system.jpg/220px-STS-125_Megan_McArthur_works_with_the_controls_of_the_remote_manipulator_system.jpg|thumb| MakArtur, STS-125 missiyasi boʻyicha mutaxassis, sakkizinchi parvoz kunida Yer orbitasidagi kosmik kemasining orqa parvoz kemasida, masofaviy manipulyator tizimining (RMS) boshqaruvlarida ishlagan. 2009-yilda Megan MakArtur Hubble kosmik teleskopiga xizmat koʻrsatish boʻyicha STS-125 missiyasining a'zosi etib tayinlandi. MakArtur koʻtarilish va kirish boʻyicha parvoz muhandisi va missiya uchun robototexnika ekipajining yetakchi a'zosi hisoblangan. Bu missiya MakArturning koinotga birinchi sayohati edi.
2019-yilda MakArtur Astronavtlar idorasi boshligʻining oʻrinbosari etib tayinlandi.
Ekspeditsiya 65/66
Ekipaj-2 2021-yil aprel oyida ishga tushirildi va XKSga tutashdi. Ular 6 oylik missiyasini boshladi. Ekipaj 2021-yil noyabr oyida Meksika ko‘rfaziga qoʻndi.
Shaxsiy hayot MakArtur hamkasbi astronavt Bob Benkenga turmushga chiqqan va ularning Teodor Benken ismli bir oʻgʻli bor.
Havolalar
K. Megan McArthurning NASA biografiyasi 2016-yil mart Spacefacts K. Megan McArthuring tarjimai holi
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1971-yilda tugʻilganlar Turkum:Amerikalik fazogirlar Turkum:NASA Turkum:Kosmonavtlar