„Zolotiye oblaka“ (, yaʼni „Zarhal bulutlar“) — „Ivanushki International“ rus guruhi ijro etgan qoʻshiq. Guruhning 2002-yil eʼlon qilingan „Oleg, Andrey, Kirill“ nomli studiyaviy albomiga ikkinchi trek oʻlaroq kiritilgan. Shuningdek, tarona guruhning „Luchsheye v nashey jizni“ (2015) terma albomiga ham kiritilgan. „Zolotiye oblaka“ guruh repertuaridagi eng taniqli qoʻshiqlardan biridir.

Qoʻshiq matnini shoir Aleksandr Shaganov yozgan, kuyini esa guruh produseri Igor Matviyenko bastalagan. Qoʻshiq uchun rejissyor Dmitriy Zaxarov klip suratga olgan. Klip 2002-yilning aprel oiyida Moskva shahrining Domodedovo xalqaro aeroportida tasvirga olingan.

Manbalar

Havolalar

Turkum:Ivanushki International qoʻshiqlari Turkum:2002-yil qoʻshiqlari Turkum:Rus tilidagi qoʻshiqlar Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqlar