Yuliya Valeryevna Antipova (ruscha: Юлия Валерьевна Антипова; 1997-yil 18-dekabr, Zelenograd, Moskva, Rossiya) — juftlikda konkida uchish boʻyicha musobaqalarda qatnashgan sobiq rossiyalik figurali uchuvchi. Yuliya Valeryevna Antipova Nodari Maisuradze bilan sport juftligida 2014-yilgi jahon chempionatida ishtirok etib, sakkizinchi oʻrinni egallagan. 2014-yil avgust oyida bu juftlik Xalqaro konkida uchish ittifoqi (ISU) reytingida 19-oʻrinni egallagan.
Faoliyati Yuliya Antipova 1997-yil dekabr oyida Zelenogradda tugʻilgan. Koʻp yillar davomida u 10-sonli oʻsmirlar sport maktabida (Zelenograd) figurali uchish bilan shugʻullangan.
Yuliya 2012-yil bahorida murabbiy Natalya Pavlova guruhida juftlikda konkida uchishga oʻtgan. U Nodari Maisuradze bilan juftlikda chiqishlar qila boshlagan. Juftlik 2014-yilgi jahon chempionatda murabbiyi Artur Dmitriyev bilan qatnashgan. Oʻsha yilning yozida Yuliya ogʻir kasal boʻlib qolgan va yangi mavsumga tayyorgarlik koʻrma olmagan. 2014-yil oktyabr oyida Yuliya ota-onasi bilan Isroilga davolanish uchun ketishgan. Antipova Petah Tikva shahridagi Yitzhak Rabin nomidagi Shnayder tibbiyot markazining pediatriya boʻlimiga anoreksiya tashxisi bilan yotqizilgan. Oʻsha paytda qizning vazni 25 kg edi. 2014-yilning 28-noyabrida Isroil OAVlari sportchining ahvoli yaxshilangani haqida xabar tarqatdi.
Yuliya Antipova 2015-yilning bahorida tuzalib, klinikani tark etdi va yozda Moskvaga qaytib keldi. 2015-yil dekabr oyida Yuliya mashgʻulotlarni qayta boshlagani va sportga qaytishni rejalashtirayotgani haqida izoh bergan. Biroq, u sportga qaytmagan.
Dasturlar Mavsum Qisqa dastur Erkin dastur 2013 — 2014 Beethovenʼs Five Secrets The Piano Guys Money Pink Floyd The Great Gig in the Sky Pink Floyd Back in Black AC/DC 2012 — 2013 Kalinka Take Five Hit the Road Jack
Natijalari Natijalar Xalqaro Musobaqa 12/13 13/14 Jahon chempionatlari 8 Rostelecom Cup 5 Bavarian Open 2 1 Nitsa kubogi 4 Milliy Rossiya chempionati 4 4
Manbalar
Havolalar YU. Antipova va N. Maisuradze
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1997-yilda tugʻilganlar Turkum:18-dekabrda tugʻilganlar