Daniel Kenny Andrew () (1990-yil 23-dekabrda tugʻilgan) — ingliz futbolchisi.
Asosan chap qanot himoyachisi boʻlgan Daniel Andrew markaziy himoyada ham harakat qila oladi. Daniel Andrew oʻz faoliyatini „Peterborough United“ klubida boshlagan va „Tamworth“, „Kidderminster Harriers“ va „Cheltenham Town“ klublarida futbolchilik faoliyatini davom ettirgan. Undan soʻng, Daniel Andrew „Mansfield Town“, „Cambridge United“, „Glouster City“, „Macclesfield Town“, „Grimsby Town“ va „Doncaster Rovers“ klublarida oʻynagan.
Klublardagi oʻyin faoliyati
Peterborough United Daniel Andrew "Peterborough United' klubining yoshlar jamoasida tarbiyalangan. Keyinchalik Daniel Andrew "Peterborough Unitedʼ klubining asosiy jamoasiga qabul qilingan. 2009—2010-yilgi mavsumda Daniel Andrew "Peterborough United' klubi asosiy tarkibida ikkita oʻyinda maydonga tushgan. Mavsum tugaganidan soʻng, "Peterborough Unitedʼ klubi Daniel Andrewga yangi shartnoma taklif qilmadi. Shuning uchun Daniel Andrew "Peterborough United' klubini tark etdi.
Cheltenham Town 2010-yil iyun oyida Daniel Andrew „Cheltenham Town“ klubi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi.
2012-yilning 9-martida Daniel Andrew mavsum oxirigacha favqulodda ijara asosida Milliy Liga jamoasi „Mansfield Town“ klubi bilan shartnoma imzoladi.
2012-yil 13-sentyabrda Daniel Andrew „Cambridge United“ klubiga bir oylik ijara asosida qoʻshildi. 2012-yil 13-dekabrda Daniel Andrew dastlab bir oylik ijara asosida „Gloucester City“ jamoasiga qoʻshildi. 2013-yil yanvar oyida Daniel Andrew „Cheltenham“ klubi bilan imzolangan shartnomasini bekor qilishga rozi boʻldi va mavsum oxirigacha doimiy ravishda „Gloucester City“ klubi bilan shartnoma imzoladi.
Macclesfield Town Daniel Andrew 2013-yil iyul oyida „Macclesfield Town“ klubi bilan qisqa muddatli shartnoma imzoladi.
Fleetwood Town 2014-yilning 29-mayida Daniel Andrew nomaʼlum toʻlov evaziga „Fleetwood Town“ jamoasiga qoʻshildi. Daniel Andrew klubning asosiy tarkibida harakat qildi.
Daniel Andrewning 2015—2016-yilgi mavsum oxirida „Fleetwood Town“ jamoasi bilan imzolagan shartnoma muddati nihoyasiga yetdi.
Grimsby Town 2016-yilning 8-iyunida Daniel Andrew ikkinchi liga vakili „Grimsby Town“ klubi bilan bir yillik shartnoma imzoladi.
Doncaster Rovers 2017-yil 1-iyunda Daniel Andrew „Doncaster Rovers“ klubining menejeri Darren Ferguson bilan ikki yillik shartnoma imzoladi.
Fleetwood Town 2018—2019-yilgi mavsum oxirida „Doncaster Rovers“ klubi Daniel Andrewga yangi shartnoma taklif qildi, biroq Daniel Andrew bu shartnomaning oʻrniga uch yillik shartnoma asosida „Fleetwood Town“ klubiga qoʻshilishga qaror qildi. 2021—2022-yilgi mavsum oxirida „Fleetwood Town“ klubi Daniel Andrewga yangi uzoq muddatli shartnoma taklif qildi .
Faoliyat statistikasi
KlubMavsumLigaFA kubugiLiga kubugiBoshqaUmumiyDivisionOʻyinGollarOʻyinGollarOʻyinGollarOʻyinGollarOʻyinGollarPeterborough United2008—2009Birinchi liga00000000002009—2010Chempionat200000—20Umumiy2000000020Tamworth (ijara)2009—2010Premer Konferensiya5000—0050Kidderminster Harriers (ijara)2009—2010Premer Konferensiya8000—0080Cheltenham Town (ijara)2009—2010Ikkinchi liga100———100Cheltenham Town2010—2011Ikkinchi liga4341010104642011—2012Ikkinchi liga1000010301402012—2013Ikkinchi liga1000000010Umumiy644102040714Mansfield Town (ijara)2011—2012Premer Konferensiya50——1060Cambridge United (ijara)2012—2013Premer Konferensiya60———60Gloucester City (ijara)2012—2013Premer Konferensiya81———81Gloucester City2012—2013Premer Konferensiya183———183Macclesfield Town2013—2014Premer Konferensiya46551—10526Fleetwood Town2014—2015Birinchi liga70000010802015—2016Birinchi liga90001000100Umumiy160001010180Grimsby Town2016—2017Ikkinchi liga460101020500Doncaster Rovers2017—2018Birinchi liga40002000602018—2019Birinchi liga464602120565Umumiy504604120625Fleetwood Town2019—2020Birinchi liga3523010634552020—2021Birinchi liga4521030105022021—2022Birinchi liga396101020436Umumiy1191050509313816Umumiy3932718113020344431
Manbalar
Turkum:Angliyalik erkak futbolchilari Turkum:1990-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar