Denys Leontiyovych Maliuska (; 1981-yil 19-noyabrda tugʻilgan) — ukrainalik huquqshunos, tadbirkor va siyosatchi. 2019-yil 29-avgustdan Ukraina adliya vaziriNew Cabinet formed in Ukraine The Rada appointed the new Cabinet: Avakov and Markarova remained, Ukrayinska Pravda (29 August 2019).
Hayoti Maliuska Taras Shevchenko nomidagi Kiev Milliy universitetida huquq fakultetida tahsil olgan (2004). 2016-yilda u London universitetida Huquq boʻyicha magistrlik darajasini ham olgan.
2000-yildan 2010-yilgacha Maliuska Business Law yuridik firmasida advokat boʻlib ishlagan. 2010-yildan 2019-yilgacha u Jahon banki guruhida xususiy sektor maslahatchisi sifatida ishlagan.
BRDO/Jahon banki guruhi boshqaruvi raisining oʻrinbosari lavozimida ham faoliyat yuritgan.
U 2019-yilgi parlament saylovlarida „Xalq xizmatchisi“ siyosiy partiyasining partiyaviy roʻyxatida kiritilgan boʻlishiga qaramasdan,Markaziy saylov komissiyasi maʼlumotlariga koʻra hech qanday partiyaning azosi emas. Maliuska 2019-yilda Oliy Radaga saylangan. U 2019-yil 29-avgust kuni vazir etib tayinlanganidan soʻng deputatlik mandatini topshirgan.
2019-yil 29-avgustda Maliuska Goncharuk hukumatida Ukraina adliya vaziri etib tayinlandi. 2020-yil 4-martda Shmixal hukumati tayinlanganda ham oʻz lavozimni saqlab qoldi.
Yana qarang
Honcharuk hukumati Ukraina parlamenti aʼzolari roʻyxati, 2019-24
Manbalar
Havolalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1981-yilda tugʻilganlar