Pyotr Olegovich Gumennik (2002-yil 11-aprel, Sankt-Peterburg, Rossiya) — yakka holda konkida uchish boʻyicha musobaqalarda qatnashadigan rossiyalik figurali uchuvchi. Rostelecom Cup musobaqasining Gran-pri bosqichi sovrindori (2020), Gran-pri bosqichining bronza medali sovrindori, oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatining bronza medali sohibi (2020), oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri finalining kumush medali sovrindori (2018).

Faoliyati Pyotr 2015-yil avgust oyida oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran pri seriyasida debyut qildi. Rigada (Latviya) oʻtkazilgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri bosqichida oltinchi, Torun shahrida (Polsha) oʻtkazilgan musobqada esa toʻrtinchi oʻrinni egalladi. Oʻsha paytda u murabbiylar Aleksey Mishin, Oleg Tataurov va Tatyana Mishina qoʻl ostida figurali uchish boʻyicha shugʻullangan.

Pyort 2019-yil fevral oyida oʻsmirlar oʻrtasidagi Rossiya chempionatida kumush medalni qoʻlga kiritdi. Oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida qisqa dasturda toʻrtinchi va erkin dasturda oʻn birinchi boʻlib, yakuniy bosqichda oʻninchi oʻrinni egalladi.

Pyotr yangi mavsumda Chelyabinskda oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri musobaqasining birinchi bosqichida birinchi oʻrinni egalladi. Italiyada boʻlib oʻtgan ikkinchi bosqichda, ikkinchi oʻrinni egalladi. Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri finalida u unchalik yaxshi natija koʻrsatmadi va beshinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi.

Pyotr Gumennik 2020—2021-yilgi mavsumda „kattalar“ darajasida musobaqalarda chiqish qila boshladi. Moskvadagi Rossiya kubogining birinchi bosqichida u bronza medalini qoʻlga kiritdi. Noyabr oyida Rostelecom Cup Gran-pri bosqichida qatnashib, qisqa dasturda Moris Kvitelashvilidan keyin ikkinchi oʻrinni egalladi. Erkin dasturda xatolarga yoʻl qoʻydi va turnir yakunida bronza medalini qoʻlga kiritdi. Moskvadagi Rossiya kubogining ikkinchi bosqichida u oltin medalni qoʻlga kiritdi.

Shuningdek, 2021-yil noyabr oyida Pyotr Varshavada boʻlib oʻtgan „Chellenjer“ — Warsaw Cup musobaqaning turkumiga kiruvchi xalqaro turnirida ishtirok etib, 242,91 ball bilan bronza medalini qoʻlga kiritdi.

Pyotr Rossiya chempionatida qisqa dasturda chiqish qilganidan soʻng yettinchi oʻrinni egalladi, erkin dasturda esa toʻrtinchi oʻrinni egallab, umumiy hisob bilan beshinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi.

Natijalari MusobaqaXalqaroGran-pri bosqichi: Rostelecom Cup3Gran-pri bosqichi: Italiya8Challenger: Denis Ten xotirasi1Challenger: Warsaw Cup23Skate Helena1MilliyRossiya chempionati775Rossiya kubogi finali2Oʻsmirlar oʻrtasida Rossiya chempionati569822Rossiya chempionati (yoshlar)11Rossiya kubogi bosqichlari. I bosqich7 3 3 Rossiya kubogi bosqichlari. II bosqich2 3Rossiya kubogi bosqichlari. III bosqich5 1 Rossiya kubogi bosqichlari. IV bosqich1Rossiya kubogi bosqichlari. V bosqich1Xalqaro (oʻsmirlar)Oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionati103Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri finali25Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri: Polsha4Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri: Rossiya41Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri: Sloveniya1Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri: Italiya2Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri: Latviya6Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri: Estoniya5Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri: Kanada1Yoshlar Olimpiya festivali1Icechallenge1Volvo Open Cup1Sportland Trophy1 J-oʻsmirlar darajasi

Manbalar

Turkum:Sankt-Peterburgda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:2002-yilda tugʻilganlar Turkum:11-aprelda tugʻilganlar

Turkum:Rossiyalik figurali uchuvchilar