Rustam Shaymardanov (; 1976-yil 4-sentyabrda tugʻilgan) – oʻzbekistonlik sobiq professional futbolchi, faoliyati davomida oʻng qanot himoyachisi ampulasida oʻynagan. Oʻzbekiston terma jamoasi sobiq aʼzosi.

Faoliyati Rustam Oʻzbekiston oliy divizionidagi debyutini 1996-yili Toshkent viloyatining „Doʻstlik“ klubida oʻtkazgan. 1998-yilda „Paxtakor“ (Toshkent) klubiga oʻtib, ikki mavsum davomida oʻynagan va 1998-yilgi mavsumda mamlakat chempioni boʻlgan. 2000-yil „Doʻstlik“ jamoasi tarkibi qaytgan va yana ikki yarim mavsum oʻynagan. 2000-yilgi mavsumda Oʻzbekiston kubogi sohibi mamlakat chempioni boʻlgan.

2002-yilning yozida Rustam Qozogʻistonning „Esil-Bogatyr“ (Petropavlovsk) klubiga oʻtgan va u yerda toʻliq boʻlmagan toʻrt mavsum davomida oʻynagan. 2003-yil Qozogʻiston kubogining yarim finalida oʻynagan. 2005-yilning kuzida Qozogʻistonning boshqa bir klubi, „Jetisu“ (Toldiqoʻrgʻon) jamoasida oʻynagan. Vataniga qaytgach, „Metallurg“ (Bekobod) va „Qizilqum“ (Zarafshon) jamoalarida toʻp surgan boʻlsa, 2007-yilning kuzida yana Qozogʻistonda qaytgan va „Atirau“ jamoasida oʻynagan.

2008-yilgi mavsumda AGMK (Olamliq) tarkibida oʻynagan. Rustam mavsum davomida 28 ta uchrashuvda 10 ta sariq va bitta qizil kartochka olib, chempionatning eng qoʻpol oʻyinchilaridan biriga aylanganNakazaniya v chempionate Uzbekistana po futbolu. Faoliyatining oxirida „Metallurg“ (Bekobod) va „Soʻgʻdiyona“ (Jizzax) klublarida toʻp surgan.

Oʻzbekiston oliy divizionida jami 251 ta oʻyin oʻtkazib, bitta gol urgan; Qozogʻiston oliy divizionida 76 oʻyin oʻtkazgan.

Oʻzbekiston milliy terma jamoasi safida 1997-yil 9-mayda Jahon chempionati saralash turniri doirasida Yamanga qarshi birinchi oʻyinni oʻtkazgan. 1998-yilgi Osiyo oʻyinlari ishtirokchisi, turnirda 2 ta oʻyin oʻtkazgan va uning jamoasi chorak finalga chiqqan. U 1997—2000-yillarda terma jamoa safida jami 21 ta oʻyin oʻtkazgan.

Yutuqlar

Oʻzbekiston oliy ligasi chempioni : 1998, 2000 Oʻzbekiston kubogi sohibi: 2000-yil

Shaxsiy hayoti Rustam taniqli futbolchi, Paxtakor jamoasi faxriysi Toʻra Shaymardanovning jiyani hisoblanadiISTORIChYeSKAYa SPRAVKA „PAXTAKORA“ – 4 SYeNTYaBRYa.

Manbalar

Havolalar

Footballfacts.ru saytidagi profil

Rustam Shaymardanov OʻzPFL saytida futbolchi profili

Turkum:1976-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik muhojir erkak futbolchilari Turkum:Doʻstlik Toshkent futbolchilari Turkum:Paxtakor jamoasi futbolchilari Turkum:Soʻgʻdiyona Jizzax futbolchilari Turkum:Metallurg Bekobod klubi futbolchilari Turkum:Qizilqum klubi futbolchilari Turkum:AGMK futbolchilari Turkum:FC Kiziljar futbolchilari Turkum:FC Atirau futbolchilari Turkum:Jetisu klubi futbolchilari Turkum:Qozogʻiston Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Qozogʻistondagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Osiyo oʻyinlari 1998 futbolchilari