Yurica Vranješ () (1980-yil 31-yanvarda tugʻilgan) — xorvatiyalik sobiq professional futbolchi. U ham himoyachi, ham markaziy yarim himoyachi sifatida oʻynagan.

Faoliyati Vranješ Xorvatiyaning Osijek shahrida tugʻilgan. U 1997-yildan 1999-yilgacha mahalliy NK Osijek jamoasida oʻynagan. Baʼzi veb-saytlar Vranješ faoliyatini FK Voyvodinada boshlaganini aytishadi, lekin Vranješning oʻzi bu veb-saytlar oʻz statistikasini Voyvodinada oʻynagan boshqa oʻyinchi Mićo Vranješ bilan chalkashtirib yuborishganini aytgan.

Prva HNLda Osijek bilan oʻynaganidan soʻng, u Bayer Leverkuzenga koʻchib oʻtgan va u yerda 2003-yilda VfB Shtutgartga va nihoyat 2005-yilda Werder Bremenga oʻtgunga qadar uch mavsum oʻynagan. 2009-yilning avgustida „Werder“ klubini tark etishi mumkinligini eʼlon qilgan. 2010-yilning 29-yanvarida u „Werder“ni tark etgan va mavsumning qolgan qismida „Gençlerbirligi“ jamoasida iijara shartnomasi asosida oʻynagan.

2011-yil sentabrida Vranješ „Aris Saloniki“ jamosiga qoʻshilgan. U „Olimpiakos“ ga qarshi oʻyinda sariq rangli libosda debyut qilgan. Uning shartnomasi 2012-yilning 10-yanvarida bekor qilingan. 2012-yilning may oyida u Xorvatiyaning HNK Rijeka jamoasiga qoʻshilgan va u yerda 2012-yilning noyabrida klub bilan shartnomasi bekor qilinishidan oldin oltita oʻyin oʻtkazgan.

Xalqaro faoliyati Vranješ Xorvatiya terma jamoasi tarkibida 2002 FIFA Jahon chempionatida ikkita oʻyinda ishtirok etgan. Vranješ 1998-yilgi 18 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida Xorvatiya terma jamoasida ham oʻynagan, oʻshanda Xorvatiya uchinchi oʻrinni egallagan.

Faoliyat statistikasi

Klub +Klublardagi faoliyatiKlubMavsumLigaKubokLiga kubogiQitʼaJamiDivisionOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolNK Osijek1997—1998Prva HNL1411015100001998—19992556021336001999—20001541020184Jami54108000416611Bayer Leverkusen1999-2000Bundesliga2000202000—200121040503002001—2002200401203602002—200340202080Jami47010000190760Bayer Leverkusen II2002-2003Regionalliga Nord4040VfB Stuttgart2003-2004Bundesliga22020402802004—20051704050260Jami390600090540Werder Bremen2005-2006Bundesliga29130403612006-200725410903842007—200822030603102008—200914021201812009—20100000100010Jami90591102101216Gençlerbirliği2009—2010Süper Lig13000130Aris FC2011—2012Gretsiya Super Ligasi200020HNK Rijeka2012—2013Prva HNL600060Karyerada jami276153111053136117

Xalqaro +Terma jamoada yil boʻyicha oʻyin va gollarJurica Vranješ national team Croatian Football Federation. Milliy terma jamoa YilOʻyin Gol Xorvatiya 1999-yil 3 0 2000-yil 1 0 2001-yil 3 0 2002-yil 3 0 2003-yil 2 0 2004-yil 5 0 2005-yil 4 0 2006-yil 3 0 2007-yil 2 0 Jami 26 0

Yutuqlari

Klub Osijek

- Xorvatiya kubogi : 1999-yil

Bayer Leverkuzen

- Bundesliga 2-oʻrin sohibi: 1999—2000 2001—2002

- DFB-Pokal ikkinchi oʻrin sovrindori: 2002-yil

- UEFA Chempionlar Ligasi 2-oʻrin sohibi: 2001—2002

Werder Bremen

- Bundesliga ikkinchi oʻrin sohibi: 2005—2006, 2007—2008

- DFB-Pokal : 2009-yil

- DFL-Ligapokal : 2006-yil

- DFL-Superkubogi : 2009-yil

- UEFA kubogi sohibi: 2008—2009

Shaxsiy yutuqlari

- Xorvatiyalik eng yaxshi futbolchi : 1998-yil

Manabalar

Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Xorvatiyalik erkak futbolchilar Turkum:FIFA Jahon chempionati 2006 oʻyinchilari Turkum:Yashayotgan insonlar